• 10.2.1. Neftli svitani ishlatish qavatlariga va ob’ektlariga ajratish
  • 10.2.2. Konni ishlatish sistemalari
  • KO’P QATLAMLI NEFT KONLARINI ISHLATISH




    Download 11,69 Mb.
    bet156/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    10.2. KO’P QATLAMLI NEFT KONLARINI ISHLATISH


    Ko’p qatlamli neft konlarini ishlatishni loyihalashda mahsuldor kesimni va uning ayrim qatlamlarini avvaldan o’rganib chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun gidrodinamika, kon geofizikasi va kon geologiyasi metodlari yordamida mahsuldor kesimning har bir qatini mufassal o’rganish va olingan natijalarni tahlil qilish kerak. Ayrim qatlarning mahsuldorligini baholash uchun uni sinash ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Bajarilgan tadqiqotlar asosida neftli svita ishlatish qavatlariga va ishlatish ob’ektlariga ajratiladi.
    10.2.1. Neftli svitani ishlatish qavatlariga va ob’ektlariga ajratish

    Ishlatish qavati deganda alohida quduqlar turkumi (majmuasi) yordamida ishlatiladigan bir ishlatish ob’ekti yoki guruhi tushuniladi.
    Ishlatish ob’ekti deb bir quduq bilan bir vaqtda (birgalikda) ishlatiladigan bir yoki bir nechta qatlamga aytiladi.
    Quduqlar turkumi (majmuasi) deganda ajratilgan ishlatish qavati uchun loyihalangan quduqlar guruhi tushunilib, uning tarkibida bir yoki bir nechta ishlatish ob’ekti bo’ladi. Ajratilgan qavatlar soniga ko’ra uyumlarni ishlatish bir, ikki va undan ko’p quduqlar turkumi yordamida amalga oshiriladi.
    Quduqlar to’ri bir ishlatish ob’ektidagi mahsuldor maydon chegarasida burg’ilanadigan quduqlar soni va ularning joylashishini belgilaydi. To’r zichligi bir quduqqa to’g’ri keladigan maydonni (km2) tavsiflaydi.
    Neftli svitani ishlatish qavatiga ajratishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilmoq lozim:

    1. Neftli svita chegarasida ishlatish qavatlari va tegishli quduqlar turkumini hamda konlarning samarali ishlatilishini texnik-iqtisodiy nuqtai-nazardan ta’minlash maqsadida alohida ishlatish ob’ektlari va quduqlar to’rini ajratish.

    2. Ishlatish qavatini tanlashda eng ostki (asos) qatlamni shunday tanlash lozimki, toki uning unumdorligi ushbu qavatdagi yuqorida joylashgan (qaytish) ob’ektining unumdorligidan birmuncha yuqori bo’lsin. Natijada asos gorizontni ishlatish yuqorida joylashgan gorizontlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi, ularga qaytish esa asos gorizontning zaiflashishiga qarab amalga oshiriladi.

    Ko’p qatlamli konlarning ishlatish samaradorligini oshirish maqsadida qatlamlarni bir-biri bilan oqilona biriktirish va ularni birgalikda ishlatish lozim bo’ladi. Qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga to’g’ri birlashtirish quduq unumdorligini oshirish va undan foydalanish muddatini uzaytirish imkonini beradi. Qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish lozim:

    1. bir-biriga birlashtirilayotgan qatlamlarning neft sifati texnologik nuqtai

    nazardan bir xil bo’lishi kerak;

    1. qatlamning litologik-fizik xususiyatlari (litologik tarkibi, qalinligi, g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi) bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. CHaqiq jinslardan (qum, qumtosh, konglomerat) iborat mahsuldor qatlamni g’ovakli dolomit, ohaktosh va boshqa karbonat jinslardan tarkib topgan neftli qatlamlar bilan birlashtirish maqsadga muvofiq emas. Litologik va kollektorlik xususiyatlari o’xshash bo’lgan qatlamlarni birlashtirish ulardan neftning bir tekis chiqishini (sizishini) ta’minlaydi. Lekin amaliyotda turli qalinlikka, g’ovaklilikka, o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan qatlamlar bilan ishlatishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda qatlamga ta’sir etishning ular orasidagi bunday farqlarni keskin kamaytiradigan zamonaviy metodlaridan foydalanish zarur. Umuman olganda kollektorlik xususiyatlariga ko’ra keskin farqlanadigan qatlamlarni birlashtirish maqsadga muvofiq emas;

    v) qatlamlarning energetik xususiyatlari, ularning ish rejimi, qatlam bosimlari o’xshash bo’lishi lozim. Bir xil ish rejimidagi qatlamlarga ta’sir etganda ularda energetik xususiyatlar turlicha namoyonlanishi mumkin;
    g) birlashtirilayotgan qatlamlar unumdorligining kon-geologik ko’rsatkichlari
    o’xshash bo’lishi kerak. Masalan, suvsiz neft qatlamini neftli va suvli qatlam bilan birlashtirish to’g’ri emas, chunki uyumni ishlatish chog’ida suvsiz neft qatlami suvlanib qolishi mumkin. Shunga ko’ra, neftlilik chegaralari taxminan bir xil bo’lgan neftli qatlamlarni birlashtirish yaxshi natija beradi. Agar pastdagi qatlamning suvlilik chegarasi yuqoridagi qatlamning suvlilik chegarasidan kam bo’lsa, buning aksi ham bo’lishi mumkin. Bunday hollarda pastki qatlamdagi suv quduqqa etib kelganda sementlanib, yuqoridagi qatlamdan foydalanish davom ettiriladi.
    Yuqori debitli qatlamni past debitli qatlam bilan birlashtirish ham maqsadga muvofiq emas. Debitdagi farq katta bo’lsa qatlamlarni birlashtirish masalasi ularni ayrim va birgalikda tajribaviy sinash natijalariga asoslanib hal qilinadi.
    Mahsuldor maydon bo’ylab to’liq tarqalmagan, o’zidan suyuqlik o’tkazmaydigan gil jinsli to’siq bilan bo’lingan qatlamlarni (yoki gil jins maydonning hamma qismiga tarqalib, uning ayrim joylarida uzilishlar uchrasa hamda bu erlarda yuqoridagi va pastdagi qatlamlar tutashgan bo’lsa) ularni mustaqil ishlatish ob’ekti sifatida ajratish maqsadga muvofiq. Shuningdek, gil to’siq suyuqlik o’tkazuvchan bo’lsa yoki qatlamlar tektonik buzilishlar orqali bir-biri bilan aloqada bo’lsa ham bunday ob’ektlarni ajratish mumkin emas.
    Agar neftli svita yupqa, g’ovakli gil va neftli qatlarning qavatlanishidan iborat bo’lsa, ishlatish ob’ektlarini nafaqat karotaj diagrammalaridan, shuningdek, mavjud geologik va kon materiallaridan foydalanib ham ajratish lozim. Ajratilgan neftli ob’ektda suvli qatlar mavjud bo’lsa, mustahkamlash quvurlarini teshib, ularni ochish mumkin emas. Agar neftli qatlar ichida yupqa suvli qatlar ham mavjud bo’lsa, ular neftli qatlar bilan birgalikda ishlatiladi. Bunda belgilangan ish rejimi quduqqa kelayotgan suvlarning to’liq chiqib ketishini ta’minlashi lozim. Keyinchalik ishlatish jarayonida yangi ob’ektlarni ajratish zaruriyat tug’ilsa, mustahkamlash quvurida yangi teshiklar ochiladi.
    Ba’zan mahsuldor jinslardagi yupqa qatli pachkalarni juda uzun filtrlar bilan ishlatish samara bermaydi, chunki ishlatishga jalb qilingan hamma qatchalarning drenajlanishini ta’minlab bo’lmaydi. Lekin shunga qaramay, bunday masalalar aniq bir sharoitda geologik va iqtisodiy nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi.
    Yuqorida qayd qilingan mezonlarga konning geologik tuzilishi va xalq xo’jaligi rejasi sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar, kerak bo’lsa, qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Shunga ko’ra qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirishda va ishlatish qavatlariga ajratishda bu mezonlardan foydalaniladi.
    O’zbekiston Respublikasida neft konlarini ishlatishda yangi texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Qatlamlarni ishlatish jarayonini boshqarishda qo’llanilayotgan texnika vositalari ko’p qatlamli konlar kesimida ishlatish ob’ektlarini ajratish usullarini o’zgartirish imkonini berdi, ya’ni turli tabiiy gidrodinamik rejimdagi (erigan gaz rejimiga o’tuvchi faol suv bosimli va tarang-suv bosimli) qatlamlarni birlashtirish amaliyotda qo’llanila boshlandi. Ko’pincha turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan va har xil tarkibli jinslardan tuzilgan qatlamlar bir ishlatish ob’ektiga birlashtiriladi. Ayrim vaqtlarda turli tipdagi: karbonat jinslar bilan qavatlangan terrigen, g’ovak-darzli yoki darzli kollektor qatlamlar yagona ishlatish ob’ektiga birlashtiriladi, lekin ulardan hamma vaqt ham ijobiy natijalar olib bo’lmaydi.
    Ko’p qatlamli ob’ektlarni ishlatishda turli kon-geologik xususiyatlarga ega bo’lgan qatlamlardan neftni maksimal miqdorda chiqarib olishda turlicha suv bostirishlar asosiy vosita sanaladi. Suv bostirilishi zarur bo’lgan ishlatish ob’ektlarini ajratishda qatlamni qatchalar bilan bo’linganligi va neftning qovushqoqligi ham hisobga olinadi. Ob’ektlarni ishlatish tajribasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ob’ektni suv bostirish bilan qamrab olish darajasi ob’ektning tabaqalanishiga bog’liq ekan (uch, to’rt qatlamga bo’linishi, neft qovushqoqligining 5 MPa·s dan katta bo’lishi).
    Demak, neftchi-geologning asosiy vazifasiga bir quduq bilan ikkiga bo’lingan ob’ektni bir vaqtda ayrim-ayrim ishlatish kiradi. Ob’ektlarni shunday yo’l bilan ishlatish Baku, Grozniy rayonidagi hamda Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi konlarda ijobiy natijalar berdi.
    Konlarni ishlatishning bunday usuli eski, avvaldan foydalanilayotgan konlarda ahamiyatli hisoblanadi, chunki ko’pgina konlarda yuqoridagi gorizontlarga qaytilganda pastdagi ishlatish ob’ektlari (ularda ko’p miqdorda neft bo’lsa ham) sementlab tashlanadi.
    Yuqorida qayd qilingan talablar qatlamlari bir ishlatish ob’ektiga birlashtiriladigan gaz konlariga ham taalluqlidir. Bunday konlarda yuqori bosimli qatlamlardagi gazning past bosimli qatlamlarga oqib o’tishining oldini olish maqsadida, ular birgalikda ishlatilganda quduq tubi bosimi qiymati bosimi eng past qatlamnikidan kichik qilib tanlanadi.
    Neft (gaz) zaxiralari katta, debiti yuqori bo’lgan qatlamlar ayrim-ayrim ishlatilishi lozim. Agar ularga gazlilik chegarasi kichik bo’lgan uyumlar qo’shib ishlatilsa, bunday konlardan foydalanishda murakkabliklar kelib chiqadi va ularning ishlatish sharoitlarini kuzatish qiyinlashadi. Sanoat ahamiyatiga molik neft hoshiyali gaz uyumlarini amalda faqat qatlamdan neftning asosiy zaxiralari chiqarib olingandan so’ng boshqa gaz yoki gaz-neft uyumlari bilan birgalikda ishlatish uchun birlashtirish mumkin.
    10.2.2. Konni ishlatish sistemalari

    Ko’p qatlamli yoki yirik konni samarali ishlatish jarayonini ta’minlovchi texnologik va texnik tadbirlar majmuasi. Konni ishlatish sistemasi ishlatish ob’ektlarini ajratish, ularni o’zlashtirish tartibi, ob’ektlarning ishlatish sistemasini tanlash vazifalarini ratsional hal etishga asoslanadi.
    Ko’p qatlamli konlarda qatlamlarni ketma-ket ishlatishning turli variantlari qo’llaniladi.
    Konni ishlatishning yuqoridan-pastga sistemasining mazmuni shundayki, bunda konni burg’ilashda pastda joylashgan mahsuldor qatlamlar yuqoridagilari to’liq burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishlatishga jalb qilinadi. Konni ishlatishning yuqoridan-pastga sistemasi sobiq SSSR da 1930 yilgacha qo’llanib kelindi.
    Quduqlarni aylanma burg’ilash usulida gil eritmasidan foydalanib qazish mumkin bo’lgach, konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasi qo’llanila boshlandi. Quduq tanasini gil eritmasi bilan yuvish, sementlash ishlarini bosim ostida bajarish va sh.k. yuqorida joylashgan gorizontlarni to’liq ishlatib bo’linishini kutmasdan, pastdagi gorizontlarni ishlatishga kirishish imkonini yaratdi. Burg’ilash sohasidagi texnika taraqqiyoti ishlanayotgan pastki gorizontlardan u yoki bu sabablarga binoan ishlatishga jalb etilmagan va yuqorida joylashgan gorizontlarga qaytish masalalarini hal qilishga yordam berdi.
    Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasi geolog M.V.Nikitin tomonidan
    1930 yilda taklif etildi va dastlab Ilich buxtasida (Rossiya Federatsiyasi) qo’llanildi.
    Bu sistemaga muvofiq birinchi navbatda pastki-asos(tub) – gorizont ishga tushiriladi, undan so’ng yuqorida joylashgan – mahsuldor gorizontlarga qaytiladi va ular pastdagi gorizont to’liq burg’ilab bo’lingandan so’ng ketma-ket ishga tushiriladi. Konni ishlatishning pastdan-yuqoriga sistemasidan foydalanishda dastlab razvedka
    ishlari bajarilishi va neftli svita to’liq o’rganilgan bo’lishi shart.
    Uyumni ishlatishning murakkab sistemasi quyidagi tartibda bajariladi: a) har bir qavatdagi qatlamlar mustaqil quduqlar turkumi bilan burg’ilanadi; b) har bir qavat ichidagi qatlamlar pastdan-yuqoriga sistemasi bo’yicha burg’ilanadi; v) qavatlarni burg’ilash tartibi turlicha: yuqoridan  pastga, pastdan  yuqoriga yoki bir vaqtning o’zida yuqoridan  pastga va pastdan  yuqoriga bo’lishi mumkin.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KO’P QATLAMLI NEFT KONLARINI ISHLATISH

    Download 11,69 Mb.