• 9.2-rasm. Neft uyumini ushburshakli (a) va xalqali (b) chegaralash sxemalari.
  • rasm. Neft uyumini kesmali chegaralashning printsipial sxemasi




    Download 11,69 Mb.
    bet153/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    9.1 rasm. Neft uyumini kesmali chegaralashning printsipial sxemasi. Quduqlar: 1 – sanoat miqyosida neft bergan, 2 – birinshi navbatda neft bergan, 2 – ikkinshi navbatdagisi, 3 – ushinshi navbatdagisi; III – III – quduqlar guruhi yordamida uyumni chegaralashga misol

    Kesmalardagi quduqlar oralig’idagi masofa konning geologik tuzilishi xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi.
    Nisbatan sodda, tektonik yoriqlar bilan buzilmagan yoki biroz buzilgan

    9.2-rasm. Neft uyumini ushburshakli (a) va xalqali (b) chegaralash sxemalari. Shartli belgilarni 9.1 rasmdan qarang
    strukturali konlar uchun neft-gazli qatlamlar qalinligining maydon bo’ylab izchillik darajasi va kollektorlik xususiyatlari quduqlar oralig’idagi masofani belgilashda aniqlovchi omil hisoblanadi.
    Platforma oblastlarida razvedka quduqlari oralig’idagi masofa 1000 m dan 5000 metrgacha, burmalangan oblastlarda esa 1000 metrdan 2000 metrgacha etadi.
    Kuchli tektonik buzilishlarga duchor bo’lgan konlarda chegaralovchi quduqlarning joylashishi va ular oralig’idagi masofa konning tektonik tuzilishini aniqlashga (yoriqli buzilishlarning holati va ular tipini, jinslarning siljish amplitudasini) va ayrim tektonik bloklardagi neft uyumlari zaxirasini aniqlashga imkon beradigan qilib belgilanadi. Bunday sharoitda quduqlar oralig’idagi masofa 500 metrdan 1000 metrgacha etadi.
    Tektonik jihatdan tuzilishi murakkab bo’lgan strukturalar va qatlamlari tik zonalarda joylashgan neft va gaz uyumlari uchun quduqlar oralig’idagi masofa qisqartiriladi: uzilmali buzilishlar sodir bo’lgan zonalarda buzilish xarakteri hamda ayrim tektonik bloklar holati va ularning o’lchamlarini aniqlash maqsadida buzilishlar yo’nalishiga ko’ndalang holda qo’shimcha quduqlar qaziladi.
    O’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan neft va gaz uyumlarini, masalan ko’rfazsimon va shoxobchasimon (Maykop neft rayoni), rif massivi (Ishimboy rayoni) va sh.o’. uyumlarni chegaralashda yuqorida qayd etilgan printsiplardan foydalaniladi, ammo bunda uyumning shakli va tuzilishi inobatga olinadi. Masalan, Apsheron neft konida (Maykop rayoni) ponasimon-kesma deb ataladigan chegaralash sxemasi qo’llanilgan. Bunday sxemada neft bergan quduq kesmasidan uyumning taxmin qilinayotgan yo’nalishi bo’yicha old tomonga ikkita quduq burg’ilash loyihalashtirilgan. Neft bergan quduqlar kesmasida uyum chegarasini aniqlash uchun chegaralovchi quduqlar soni ko’paytirilgan. Natijada chegaralovchi quduqlarni ponasimon shakli tarkib topgan. Uyumning old tomonida burg’ilangan quduqlar pona shaklning cho’qqi qismi bo’lib, chegaralovchi quduqlardan iborat bo’ladi.
    Neft uyumlarini chegaralashning kesmali sistemasi Grozniy neft rayonida,
    Apsheron yarimorolida, Kuban-Qora dengiz rayonida va boshqa joylarda keng miqyosda qo’llanilgan. SHuningdek, ishlatish maydonlarini tez ko’payib borayotganligi munosabati bilan Apsheron yarimorolida (Surxon, Qora-CHuqur, Kalinsk, Bibi-Eybat konlarida) uchburchakli va halqasimon chegaralash sistemalaridan ham foydalanilgan (9.2-rasm). Geologik nuqtai nazardan qaralganda, qayd etilgan chegaralash sistemalari kesma metodiga nisbatan kam foyda keltiradi. Kesma metodida uyumni chegaralash bilan bir vaqtda konning strukturasini o’rganish ham mumkin. Bu metod chegaralashning boshqa sistemalaridan ustun turadi.
    Keng va yassi struktura (ko’tarilma)larda joylashgan neft uyumlarini halqasimon sistema bilan ham chegaralash mumkin. Bunda uyumning chekka qismida quduqlarning yangi halqalari ketma-ket ko’paytirib boriladi. Uyumni bunday chegaralash sistemasidan Volga-Ural neft-gazli provintsiyasidagi ba’zi bir konlarda foydalanilgan. Ammo konlardagi tog’ jinslarining litologik tarkibi va qalinligini keng miqyosda o’zgarib turishi o’lchami katta konlarda ham uyum chegarasini ko’p sonli quduqlar bilan chegaralashni taqazo etadi. Quduqlar oralig’idagi masofa kam bo’ladi. Yirik konlarni razvedka qilish tajribasi uyumlarning chegaralashni ikki
    bosqichda bajarish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Birinchi bosqichda chegaralash quduqlari faqat katta uyumlarni chegaralash uchun qazilib, bir-biridan uzoq masofada joylashadi, bunda uyumning umumiy o’lchami va neftlilikning ichki va tashqi chegaralarining holati taqriban aniqlanadi va, shuningdek, neft zaxirasi baholanadi. Olingan ma’lumotlar asosida uyumni ishlatishning boshlang’ich loyihasi tuziladi va konlar jihozlanadi.
    Ikkinchi bosqichda neftlilik chegarasini, shuningdek, mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlari va qalinligining o’zgaruvchanligini aniqlash maqsadida chegaralovchi quduqlar oralig’idagi masofa avval qazilgan quduqlarni inobatga olgan holda bir-biridan kam masofada joylashtiriladi. Uyumlarni chegaralashda bajariladigan ishlar sur’ati shunday tanlanishi kerakki, toki u ikki-uch yil keyin burg’ilanadigan ishlatish quduqlar fondini ta’minlasin.
    Shunday qilib, konni chegaralashda faqat yuqorida qayd etilgan umumiy tamoyillarga rioya qilibgina qolmay, balki neftli gorizontlarning litologik tarkibini, qalinligini, mahsuldor gorizontlarning linzasimon yotishining o’zgaruvchanligini, quduqlar fondiga bo’lgan talablarga binoan tanlangan ish sur’atini ham hisobga olish zarur.
    Ma’lum neft uyumi uchun burg’ilanadigan ishlatish quduqlari fondini orttirish uchun bajariladigan chegaralash ishlari va yangi neftli maydonlarni yoki gorizontlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan qo’shimcha razvedka izlanishlarining muvaffaqiyati mavjud geologik ma’lumotlarni hisobga olgandagina ko’rinadi.
    Konni tasdiqlangan ishlatish sistemasiga ko’ra burg’ilashga tayyorlangan ishlatish quduqlari soni bo’yicha maydonning neftliligi baholanadi. Tayyorlangan quduqlar fondining sifati bo’yicha quduqlarning quyidagi shartli turkumlari farqlanadi:

    1. yuqori debitli quduqlar  neftning sutka mobaynidagi boshlang’ich debiti har bitta quduq uchun 25 tonnadan ortiq;

    2. o’rtacha debitli quduqlar  debiti bir sutkada 7-25 tonna; 3) kam debitli quduqlar  debiti sutkada 7 tonnadan kamroq.

    Quduqlar fondlari razvedka qilinganlik darajasiga qarab zaxiralar bo’yicha Davlat komissiyasi qo’llanmasiga binoan quyidagi toifalarga bo’linadi:
    A  konni ishlatish va undan foydalanish bo’yicha qamrab olingan uchastkalar fondlari. Bularga ishlatilayotgan quduqlar, shuningdek, razvedka qilinib, ishlatish maqsadidagi burg’ilashga tayyorlangan uchastkalardagi fondlar mansub;
    V  razvedka burg’ilashi bilan chegaralanmagan, ammo ularning sanoat miqyosidagi gaz-neftliligi razvedka quduqlaridagi sinash ishlari bilan yoinki uyumning geologik tuzilishi aks ettirilgan karotaj diagrammalari ma’lumotlari asosida aniqlangan uchastkalar fondlari;
    S1  fondi yuqori toifali maydonlarga yondoshgan uchastkalar fondlari.
    Bularning sanoat miqyosidagi gaz-neftliligi geologik jihatdan o’xshash maydonlarga qarab yoki bitta quduqdan sanoat miqyosida neft chiqarib olinishiga qarab tasdiqlanadi.
    Gaz konlaridagi sanoat razvedkasi metodlari asosan neft konlaridagi singaridir. Ammo bunda gaz uyumlarining xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Bunday xususiyatlarga gaz qovushqoqligining neft qovushqoqligiga nisbatan juda kamligi, zichligining ozligi va tarangliligining yuqoriligi kiradi. Gazning bunday xususiyatlari uyumlarni kam sonli quduqlar bilan qisqa vaqtda razvedka qilish imkoniyatini beradi. Gaz uyumlarini ochish uchun burg’ilanayotgan quduqlar oralig’idagi masofa neft uyumlarini ochish uchun qazilayotgan quduqlar oralig’idagi masofadan qariyb
    1,5 marta ortiq bo’ladi. Faqat tarkibi bir xil bo’lmagan qatlamlar va uzilishlar bilan murakkablashgan strukturalarni burg’ilashda gaz quduqlari oralig’idagi masofa neft uyumlari uchun belgilangan miqdorga teng qilib olinadi.
    Gaz uyumlarini razvedka qilishda gaz qovushqoqligining eng yuqori emasligi va harakatlanishining tezligi sababli uyumning chegaraorti va chegaraoldi qismlari atroflicha razvedka qilinmaydi.
    Gaz uyumlari mavjud maydonlarda (shu jumladan chegaraoldi zonalarida ham) atroflicha bajarish shart emas, chunki gazning qovushqoqligi va tarangligi kam bo’lganligi bois u uzoq uchastkalardan ishlatish quduqlari tomon harakatida qatlam energiyasini ozroq yo’qotishi mumkin. SHu sababdan gaz uchun sanoat miqyosida razvedka qilishni loyihalashtirishda va bajarishda gaz berish ehtimoli bor razvedka quduqlari soni uyumdan foydalanish uchun zarur bo’lgan ishlatish quduqlari sonidan ortib ketmasligi kerak.
    Gazni yuqorida qayd etilgan o’ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda, razvedka quduqlaridan olingan ma’lumotlarni uyumdagi qisqa muddatli tajriba tariqasidagi ishlatishdan olingan dalillar bilan to’ldirish lozim. Bunday ishlar uyumning holatini dastlabki baholash va bosimni pasaytirish metodi vositasida gaz zaxirasini aniqlash uchun bajariladi.
    Gaz uyumini tajriba tariqasidagi ishlatish asosida boshlang’ich bosimdan uyumning ishlatish zonasidagi qatlam bosimi faqat 0,1-0,2 MPa ga pasayganda hisoblangan zaxirasi miqdori har doim ham natija berolmaydi. SHunday yo’l bilan hisoblangan gaz zaxirasining miqdori faqat uyumning o’lchami kichik, kollektorqatlam bir tarkibli bo’lganda zaxiraning haqiqiy miqdoriga to’g’ri keladi. Kollektorining tarkibi har xil bo’lgan yirik gaz uyumlarida shunday yo’l bilan aniqlangan zaxiralar miqdori haqiqiy zaxiralardan keskin farqlanishi mumkin.
    Gaz uyumini chegaralashda gaz-suv tutash yuzasi holatini ortiqcha chegaralash
    quduqlarini burg’ilamasdan hisoblash yo’li bilan aniqlash kerak (8 bob, 2-§ ga qarang).

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    rasm. Neft uyumini kesmali chegaralashning printsipial sxemasi

    Download 11,69 Mb.