-bob NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLATISH SISTEMALARI VA ULARNI TATBIQ ETISH SHAROITLARI




Download 11,69 Mb.
bet155/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

10-bob NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLATISH SISTEMALARI VA ULARNI TATBIQ ETISH SHAROITLARI



10.1. NEFT VA GAZ KONLARINI ISHLATISH METODLARI


O’zbekiston Respublikasida har bir konni ishga tushirish maxsus ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tayyorlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qabul qilingan ishlatish sistemasi umumdavlat nuqtai nazaridan ushbu kon uchun samarali bo’lishi kerak.
Neft, gaz va kondensat uyumlarini ishlatish deganda qatlamdagi suyuqliklar va gazlarning ishlatish quduqlari tubi tomon harakatlanish jarayonini boshqaradigan (quduqlarni joylashtirish, ularning miqdorini belgilash, ishlatish tartibi, rejimi va qatlam energiyasi balansini o’rnatish) chora-tadbirlar majmui tushuniladi.
Neft, gaz va kondensat uyumlarini ishlatish sistemasi deganda qatlamlardan neft,
gaz, kondensat va yo’lakay komponentlarni chiqarib olinishini ta’minlaydigan va ushbu jarayonni boshqaradigan texnologik va texnik tadbirlar majmui tushuniladi.
Kollektorlarning soni, qalinligi, turi va filtratsiya tavsifiga, har bir mahsuldor qatlamning yotish chuqurligiga, ularning o’zaro gidrodinamik bog’liqligiga ko’ra konlarni ishlatish sistemasi ularning geologik kesimida bitta, ikkita va undan ko’p ishlatish ob’ektlarini ajratish imkonini beradi. Konlarda ikkita va undan ko’p ob’ektlar ajratilganda ularning har biri uchun ishlatishning oqilona sistemasi ishlab chiqiladi va asoslanadi. Ayrim ishlatish ob’ektlarining ishlatish sistemasining o’zaro bog’liqligi konning yagona oqilona ishlatish sistemasini hosil qiladi.
Konlarni ishlatish avvaldan tuzilgan loyiha asosida amalga oshirilib, unda quyidagi ishlar ko’zda tutiladi:

  1. konning ayrim gorizontlarini burg’ilash navbati;

  2. ayrim gorizontning ishlatish sistemasini tanlash va asoslash – quduqlarni joylashtirish (quduqlarni joylashtirish to’ri shakli va ular orasidagi masofa), burg’ilash tartibi va sur’ati, qatlamga ta’sir etish tadbirlari;

  3. quduqlarni ishlatish usuli va ish rejimi;

  4. xo’jalik-texnik bazani tashkil etish va iqtisodiy hisob-kitoblar.

Uyumni ishlatishning oqilona sistemasi eng kam xarajat bilan mamlakatning neft-gazga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashi, qatlamdan neft, gazkondensat va foydali yo’lakay komponentlarni maksimal miqdorda chiqarib olishga imkon yaratishi kerak. Uyumni ishlatishning oqilona sistemasi zaminni muhofaza qilish va atrof muhitni asrash qoidalarini, rayonga xos bo’lgan tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarni, ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi, uyumning tabiiy energiyasidan oqilona foydalanilishini ta’minlashi, zaruriyat tug’ilganda qatlamga sun’iy ta’sir etish metodlaridan foydalanishni nazarda tutishi lozim.
Uyumni ishlatish masalalari ko’rib chiqqanda ko’p qatlamli konlar va ayrim neft uyumlarini ishlatish sistemalarini farqlash lozim. Ko’p qatlamli konlarni ishlatishda avvallari yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga, aralash va b. sistemalardan foydalanilgan. Keyinchalik (1975 yildan boshlab) ularni ishlatish dastlab ishlatish ob’ektlarini ajratish va keyinchalik har bir kon uchun alohida-alohida ishlatish loyihasini tuzish bilan boshlanib, bunda qatlamlarda neft va gaz uyumlarining
taqsimlanishi va ishlatish ob’ektlarining soni ham hisobga olinadigan bo’ldi.
Ayrim neft gorizontini ishlatish quyidagi elementlar bilan tavsiflanadi: quduqlarning joylashish to’rining shakli, quduqlar orasidagi masofa (quduqlar to’rining zichligi), uyumni ishlatish sur’ati, uyumni burg’ilash tartibi va qatlamga ta’sir etish metodi va b. Ushbu elementlar konni ishlatish sistemasining mazmunini tashkil etadi.
Qayd qilingan har bir element bo’yicha ishlatish ob’ektining geologik tavsifiga javob beradigan qarorlar qabul qilinadi. Kon-geologik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida ikkita-uchta tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularga asoslanib konni ishlatish texnologiyasiga mutasaddi mutaxassislar tomonidan konni ishlatishning hamma variantlari bo’yicha gidrodinamik hisoblash ishlari bajariladi va konni oqilona ishlatish sistemasi talablariga javob beradigan qulay variant tanlanadi.
Ishlatish ob’ektini belgilash va ishlatish sistemasi variantlarini tanlash loyihalarini tuzish chog’ida har bir uyum va kon uchun ishlab chiqilgan geologik modelga asoslaniladi. Geologik model kon-geologik xaritalar va sxemalar majmuidan, uyumni turli parametrlarining o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi raqamli ma’lumotlardan, grafiklar, egri chiziqlar hamda uyum xususiyatlarini ifodalovchi matndan iborat bo’ladi.
Xarita va sxemalarga quydagilar mansub: konning umumlashtirilgan litologikstratigrafik kesimi; mufassal taqqoslash sxemasi; ishlatish ob’ektining tektonik tuzilishini ifodalaydigan struktura xaritalari; neft-gazlilikning boshlang’ich chegaralari tushirilgan kollektorlar yuza xaritasi; ishlatish ob’ekti bo’yicha neft va gazning yotish sharoiti qayd qilingan geologik kesmalar; kollektorlarning tarqalish xaritasi (har bir qatlam uchun alohida tuziladi); ob’ekt bo’yicha va ayrim qatlamlar bo’yicha neft va gazga to’liq to’yingan qalinlik, foydali qalinlik xaritalari va b. Agar uyum o’ziga xos xususiyatga ega bo’lsa, qo’shimcha xarita va sxemalar (suv-neft tutash yuzasi va gaz-suv tutash yuzasi sxemasi, turli tipdagi kollektorlarning tarqalish xaritasi, temperaturalar xaritasi, nur yutish koeffitsienti xaritasi, o’tkazuvchanlik xaritasi va b.) tuziladi.
G’ovaklilik, o’tkazuvchanlik, jins-kollektorlarning boshlang’ich neft-gazga to’yinganligi; neft-gazga to’liq to’yingan foydali qalinlik; qatlamlar oralig’idagi o’tkazuvchan jinslar qalinligi, qatlam nefti, gazi, kondensati, suvining fizik-kimyoviy xususiyatlari ma’lumotlari raqamli dalillar toifasiga kiradi. Har bir parametr uchun turli metodlar yordamida aniqlangan dalillar va tadqiqotlar bajarilgan quduqlar miqdori; aniqlangan parametrlar qiymatlarining o’zgarish chegara(interval)lari aniqlanadi; ierarxiyaning hamma bosqichlari uchun qatlam tarkibining har xilligi baholanadi; yaxlit ob’ekt uchun yoki uning bir qismi uchun parametrlarning o’rtacha qiymati ko’rsatiladi.
Raqamli dalillar guruhiga, shuningdek, o’tkazuvchanlikning qatlamda taqsimlanishining statistik qatori; qatlamlarning meta va makro har xilligi (turli tipdagi kollektorlar hajmining o’zaro nisbati, qumlilik, tabaqalanish – bo’linish, uzluksizlik, qo’shilish va b. koeffitsientlari); termobarik sharoitlar; ob’ektni ishlatish chog’ida neft-gazni siqib chiqarishda foydalaniladigan omillarning laboratoriya sharoitida aniqlangan fizik-gidrodinamik tadqiqotlari natijalari ham kiradi.
Konning geologik modelini tavsiflovchi muhim raqamli dalillarga quyidagilarni kiritish mumkin: neft, gaz va kondensatlarning balans va olinadigan zaxiralari, qimmatbaho yo’lakay komponentlar; neftlilik maydoni o’lchami; uyumning kengligi, uzunligi va balandligi; uyumning ayrim qismlari - toza neft, suv-neft, neft-gaz, neftgaz-suv, gaz-suv zonalari o’lchami qiymatlari va b.
Parametrlarning o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi egri chiziqlar qatoriga neft va gazlarning fizik xususiyatlarining bosim va temperaturaga bog’liq holda o’zgarishi, o’tkazuvchanlikning fazoviy tavsifi, siqib chiqarish koeffitsientining o’tkazuvchanlikka bog’liqligi egri chiziqlari kiradi.
Uyumning geologik modelining matn qismida uning tabiiy rejimi bayon qilinadi, yuqorida qayd qilingan materiallar asosida uyumning asosiy geologik-fizik xususiyatlarini tavsiflash, konni ishlatish sistemasining texnologik echim variantlarini va ishlatish sistemasini tanlash hamda uyumni taxmin qilingan ishlatish ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Ko’p qatlamli neft konlarining va ayrim neft gorizontining ishlatish sistemalari qatlamga ta’sir etish metodlari bilan farqlanadi. Qatlamga suv bostirish metodlarining quyidagi turlari mavjud: chegara tashqarisiga suv bostirish, chegara ichra suv bostirish, chegara bo’ylab suv bostirish, maydoniy suv bostirish, tanlab suv bostirish, o’q bo’ylab suv bostirish, o’choqsimon suv bostirish va b.

Download 11,69 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob NEFT VA GAZ KONLARINING ISHLATISH SISTEMALARI VA ULARNI TATBIQ ETISH SHAROITLARI

Download 11,69 Mb.