|
AYRIM NEFT UYUMINI ISHLATISH
|
bet | 158/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 10.3. AYRIM NEFT UYUMINI ISHLATISH
10.3.1. Konni ishlatish sistemasining elementlari
Quduqlarni joylashtirish to’rlari shakliga ko’ra ularning bir me’yorda joylashganlari va notekis joylashganlari farqlanadi. Bir me’yorda joylashgan to’ri uch burchak (yoki shu vaqtning o’zida olti burchak) va kvadrat shaklida bo’ladi (10.1-rasm). O’zbekiston Respublikasidagi neft konlarida quduqlarni bir me’yorda joylashtirish to’rining uch burchak shakli qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda quduqlarni joylashtirishning bir me’yorli to’ri faqat ba’zi bir erigan gaz rejimidagi konlardagina 10.1rasm. Quduqlarning joylashtirishning bir m’yorli qo’llaniladi. Ayrim konlarda to’ri sxemasi (M.A.Jdanov, 1981): a – ushburshakli mahsuldor qatlamning
(yoki oltiburshakli); b kvadrat qalinligi va kollektorlik
xususiyatlari o’zgarganda quduqlar joylashishining me’yori buzilishi mumkin. Agar mahsuldor qatlamning qalinligi kamaysa, quduqlar bir-biridan uzoq masofada joylashadi, agar qatlamning o’tkazuvchanligi kamaysa, quduqlar orasidagi masofa qisqaradi. Quduqlarning bir me’yorda joylashishida bunday o’zgarishlar Farg’ona botig’idagi, Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi neft konlarida kuzatilgan. SHuni takidlash lozimki, quduqlarning bir me’yorda joylashish tarzi ular tanasining qiyshayishi hisobiga ham buzilishi mumkin. Bunday hollarda quduq tubi og’ziga nisbatan bir necha o’n metrga suriladi. Hisoblash ishlarida buni e’tiborga olish, bir tekis drenajlanishi belgilangan maydondagi buzilishlarni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Quduqlarni notekis joylashtirish to’ri 1930 yildan boshlab qo’llanila boshlandi. Novogrozniy (Rossiya Federatsiyasi) neft konidagi XIV qatlamni ishlatish maqsadida neftlilik chegarasiga parallel joylashgan quduqlar qatori burg’ilangan, qatorlar oralig’i ham 150 m, quduqlar orasidagi masofa birinchi variantda 400 m va ikkinchi variantda 600 m qilib olingan. Suv bosimli rejimdagi qatlamlarda bu metodni 1940 yilda (I.M.Gubkin boshchiligida) qo’llanilishi katta samara berdi. V.N.SHelkachev 1945 yilda quduqlarni batareya ko’rinishida joylashtirish (halqali va chiziqli qatorlar shaklida) sxemasini nazariy jihatdan asoslab berdi. Bunday sxemadan ilk bor Rossiya Federatsiyasidagi Tuymazin neft rayonidagi devon yotqiziqlarini ishlatishda foydalanildi.
|
| |