-rasm. Qatlamga shiziqli suv bostirish sxemasi




Download 11,69 Mb.
bet166/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

10.9-rasm. Qatlamga shiziqli suv bostirish sxemasi. 1 – ishlatish quduqlari; 2 – haydash quduqlari; 3 – haydash quduqlari sifatida ishlatilayotgan ishlatish quduqlari

10.10-rasm. Qatlamga maydoniy suv bostirish sxemasi. a – besh nuqtali; b – etti nuqtali. Shartli belgilar 10.9 rasm-dagidek
Maydoniy suv bostirish – o’tkazuvchanligi yomon, lekin nisbatan bir tarkibli qatlamlarda neft kamayganda maydon bo’ylab suv bostirish yo’li bilan neft olish metodi. Bunda haydash va ishlatish quduqlari maydon bo’ylab bir xil joylashtiriladi. Odatda bu sistemada quduqlar chiziqli (10.9-rasm), yohud besh nuqtali, etti nuqtali va b. ko’rinishda joylashtiriladi (10.10-rasm).
Maydoniy suv bostirishda haydash quduqlari tubidan qatlamga kirib borayotgan suv g’ovaklar orasidagi neftni qatlam bosimi past bo’lgan tomonga, ya’ni ishlatish quduqlari tomonga harakatlantiradi, ya’ni siqib chiqaradi. Qatlamga maydoniy gaz haydash usulidan farqli o’laroq, bu metodda ishlatish quduqlari maydon bo’ylab bir tekis joylashtiriladi, haydash quduqlari esa ularning atrofini o’rab turadi. Quduqlarning bunday joylashuvida neft olish jarayoni jadal kechadi, chunki haydash quduqlari soni ishlatish quduqlari soniga teng yoki undan ikki-uch baravar ko’p bo’ladi. Agar qatlam har xil tarkibli bo’lsa, qatlamning o’tkazuvchan uchastkalaridagi suvning ishlatish quduqlariga barvaqtroq kirib borishi kuzatiladi, natijada uning samarasi keskin pasayadi.
Tanlab suv bostirish – maydoniy va o’choqsimon suv bostirishning bir turi bo’lib, bu metod mahsuldor qatlamning qalinligi keskin o’zgaruvchan va neft uyumlaridagi kollektorlarning tarkibi har xil bo’lganda qo’llaniladi. Bunday

hollarda uyum bir maromda joylashgan uchburchak yoki kvadrat to’r bo’yicha kavlangan quduqlar bilan ochiladi va hamma quduqlar ishga tushiriladi. So’ngra quduqlarni tajribaviy ishlatish va ularning geologik kesimlarini taqqoslash asosida burg’ilangan quduqlar orasidan suv haydashga yaroqli qatlamlar tanlab olinadi. Ushbu haydash quduqlarining geologik kesimida o’tkazuvchan jinslarning qalinligi katta, o’tkazuvchanligi yuqori va qo’shni quduqlar bilan aloqasi yaxshi bo’lishi va suv bostirilganda uyumning katta maydoni qamrab olinishi lozim.
Uyumni tanlab suv bostirish sistemasi Tataristondagi quyi karbon davri yotqiziqlaridagi yuqori qovushqoqlikka (18-20 mPa·s) ega bo’lgan neft konlarida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.
G’ovakli tipdagi, karbonat kollektorli neft qatlamlari o’zining gidrodinamik tavsifiga ko’ra terrigen kollektorli qatlamlarga juda yaqin turadi, shu sababli bunday qatlamlarga suv bostirish sistemasi umuman olganda qumli kollektorlar uchun yuqorida qayd qilingan sistemalardan farq qilmaydi.
Karbonat kollektorlardagi neft uyumlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularda suv bosimli sistema bilan uyum oralig’idagi gidrodinamik bog’liqlik juda qiyin kechadi, shu sababli karbonat kollektorlardagi uyumlarning chegara tashqarisiga suv bostirib ishlatish samara bermaydi. Bunday uyumlarni ishlatishda chegara ichra suv bostirish usuli qo’llaniladi. Mahsuldor karbonat qatlamlarning suyuqlikni singdiruvchanlik ko’rsatkichi past, kollektor har xil tarkibli jinslardan tuzilgan va qatchalar uzuq-uzuq shaklda bo’lganligi sababli uyumga chegara ichra suv bostirish sistemasini qo’llash samarali hisoblanadi.
Xulosa qilib aytish kerakki, suv bostirish metodini qo’llash samarasi ko’proq neftning qovushqoqligiga bog’liqdir, chunonchi: 1) neft qovushqoqligi 25-30 mPa·s bo’lganda, tozalanmagan suvdan foydalanish, sirt-faol moddalar va boshqa kimyoviy reagentlar bilan ishlov berilgan qatlam suvini uyumga haydash mumkin; 2) neft qovushqoqligi 25-30 dan 50-60 mPa·s gacha bo’lganda, haydalayotgan suvga neft va suv qovushqoqligi nisbatini pasaytiruvchi kimyoviy reagentlar va quyultiruvchi moddalar bilan ishlov beriladi; 3) neft qovushqoqligi 60-70 mPa·s bo’lganda uyumga suv bostirish naf bermaydi, shu sababli uyumni ishlatishda qovushqoqlikni keskin pasaytiruvchi issiqliq va boshqa ta’sir metodlaridan foydalaniladi. Suv bostirish metodlari samarasi faqat neft qovushqoqligigagina bog’liq bo’lmay, shuningdek, qatlamning asosiy geologik-fizik ko’rsatkichlariga – uning litologik-fizik tavsifiga, kollektorlik xususiyatlariga, ayniqsa o’tkazuvchanligiga, tarkibining bir xilliligiga va boshqalarga bog’liq.

Download 11,69 Mb.
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qatlamga shiziqli suv bostirish sxemasi

Download 11,69 Mb.