|
-rasm. Uyumni chegara ishra suv bostirib ishlatish sxemasi
|
bet | 165/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi10.8-rasm. Uyumni chegara ishra suv bostirib ishlatish sxemasi. a – gumbaz bo’ylab (yoki o’q bo’ylab) suv haydash; b – markaziy suv bostirish 1 – uyumning yuqori chegarasi; 2 – neftlilik chegarasi; 3 – haydash quduqlari; 4 – ishlatish quduqlari
bostirish birinchi marta AQSh ning Uisson (Arkanzas) va Kelli-Snayder (G’arbiy Texas) shtatlarida mos holda 1948 va 1954 yillarda amalga oshirilgan. Bu konlarda qatlam bosimini saqlash uchun neftlilik chegarasining uzun o’qi bo’ylab haydash quduqlari qatori burg’ilangan. Kelli-Snayder konidagi haydash quduqlari qatorining uzunligi 23 km, haydash quduqlari soni 53 ta bo’lgan. Qatlamga ta’sir etishning ushbu metodini tanlashda uyum o’tkazuvchanligining pastligi va konning chekka qismlarida qatlamning yer yuzasiga chiqishi hisobga olingan.
Uyumni ishlatishning ushbu sistemasi Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o’lkasidagi Novodmitriy konidagi qum gorizontini hamda G’arbiy Sibirdagi Ust-
Balik konidagi A guruhidagi qatlamlarni ishlatishda qo’llanilgan.
Markazdan suv bostirish – neft uyumining eng yuqori – gumbaz qismiga suv bostirish. Bu metod dastlab Apsheron yarimorolidagi ayrim konlarda chegara tashqarisi zonasidagi jinslarning kollektorlik xususiyati past va neft qovushqoqligi yuqori bo’lganda qo’llanilgan. Haydalgan suv Binagada maydonining ayrim uchastkalarida tutash front bo’ylab 30 m/oy tezlikda harakatlangan. Ta’sir samarasi yaxshi bo’lib, bir qator ishlatish quduqlaridan qo’shimcha neft olingan.
O’choqsimon suv bostirish – asosiy (chegara ichi yoki chegara tashqarisiga) suv bostirish usullarini jonlantirish uchun qo’llanilib, burg’ilangan suyuqlik chiqaruvchi quduqlarga suv haydash orqali uyumni ishlatishda uning kuchsiz qatnashayotgan qismini ishga solib yuborishga yo’naltiriladi. Bu metoddan ayrim linzalardagi neft zaxiralarini chiqarib olishda ham foydalaniladi. SHuningdek, quduqlarni o’choqsimon ko’rinishda joylashtirish metodi qatlamlar uzilib-uzilib yotganda yoki o’tkazuvchanligiga ko’ra har xil tarkibli bo’lganda va uyumning ayrim qismlari haydalgan suv ta’sirida neft siqib chiqarish jarayoni bilan qamrab olinmaganda qo’llaniladi.
| Gumbaz (o’q) bo’ylab suv bostirish – burmaning o’q qismida joylashgan haydash quduqlaridan suv haydash metodi. Bu metod asosiy suv bostirish usulini jonlantirish uchun qo’llaniladi, ya’ni flyuid chiqarib olinadigan quduqlarga suv haydash orqali uyumni ishlatishda kuchsiz qatnashayotgan qismini ishga solib yuborishga yo’naltiriladi (10.8-rasm). Bunday usulda suv
|
| |