-rasm. Chekka suvlar bosimidan foydalanib neft uyumini ishlatish sistemasi
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
N eft uyumini chekka suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema tabiiy suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejimdagi qatlam tipidagi neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunga ko’ra ishlatish quduqlari neftlilikning chegarasi ichiga parallel holda, uyumning neftli qismida halqasimon qatorlar shaklida joylashtiriladi. Quduqlar imkon qadar shaxmat tartibida joylashtiriladi (10.11-rasm). neftga to’yingan qatlamlar qalinligi bo’yicha teshiladi. Quduqlarning bunday joylashtirilishi va teshilishi uyumga chekka suvlarning kirib kelishini va undan suyuqlikni chiqarib olishni ta’minlaydi. Uyumning suv-neftli qismidagi neft suv ta’sirida siqilib, quduq tomon harakatlanadi. Uyumni ishlatish jarayonida neftlilik chegarasi tortilib, kichrayib boradi, uyum o’lchami kamayadi. Shunga ko’ra dastlab quduqlar qatorining tashqi halqasidagi quduqlar suvlanadi va ishdan chiqadi, ma’lum vaqt o’tgach esa keyingi qatorlardagi quduqlar ham ishdan chiqadi. Neft uyumini ostki suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema massiv tipidagi (odatda uyumning hamma maydoni ostida ostki suvlar mavjud bo’lganda) neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunday uyumlar suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejim bilan tavsiflanadi. Uyumlar ishlanganda neftning suv ta’sirida siqilishidan hamma joyda suv-neft tutash yuzasi sathi ko’tariladi, ya’ni bir xil gipsometrik balandlikda joylashgan uyumlar oralig’i ketma-ket suvlana boshlaydi va uyumlar o’lchami kichrayadi.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa -rasm. Chekka suvlar bosimidan foydalanib neft uyumini ishlatish sistemasi
|