• 10.6.1. Fizik-kimyoviy metodlar
  • NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI VA ULARNI TATBIQ ETISHNING GEOLOGIK SHAROITLARI




    Download 11,69 Mb.
    bet170/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    10.6. NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI VA ULARNI TATBIQ ETISHNING GEOLOGIK SHAROITLARI


    Uyumni ishlatishning yangi metodlari deganda qatlamga ta’sir etishning amaliyotda keng qo’llaniladigan suv bostirish metodlaridan farqlanadigan hamma metodlari tushuniladi. Suv bostirish metodi bilan ishlab bo’lmaydigan neft konlarida hamda an’anaviy suv bostirish metodlari bilan neft chiqarib olishning yuqori koeffitsientlarini ta’minlab bo’lmaydigan ishlatish ob’ektlarida yangi metodlardan foydalaniladi.
    Yangi metodlarni qo’llash natijasida neft chiqarib olish koeffitsienti qiymati oshiriladi.
    Yangi metodning fizik-kimyoviy asoslari, ularning qo’llanish texnologiyasi va qatlam-kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonlari «Neft va gaz konlarini ishlatish» qo’llanmasida keng yoritilgan. Ushbu qo’llanmada qatlamga ta’sir etishning yangi metodlarini qo’llash uchun tanlanadigan uyumlarning geologik mezonlariga asosiy diqqat-e’tibor qaratiladi.
    Uyumni ishlatishning yangi metodlari (neftni chiqarib olish koeffitsientini oshirish) qo’llaniladigan jarayonlar turiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
    − fizik-kimyoviy metodlar – qatlamdan neftni kimyoviy reagentlarning suvli eritmalari (polimerlar, sirt-faol moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsellyar eritmalar va boshqalar vositasida siqib chiqarish;
    − teplofizik metodlar – qaynoq suv yoki bug’larni qatlamga haydash;
    − termokimyoviy metodlar – neftning qatlam ichra yonish jarayonini qo’llash – quruq, namli yoki yuqori namlikda yonish, shuningdek, ishqorlar, oksidatlar (yuqori temperaturali havo) va sh.k. ta’sirida yonish;
    − neftni u bilan aralashadigan omillar – erituvchilar va yuqori bosimdagi uglevodorod gazlari ta’sirida siqib chiqarish metodlari.
    Uyumni suv bostirish metodlaridan farqli o’laroq, yuqorida qayd qilingan yangi metodlar ma’lum bir geologik-geofizik sharoitlarda qo’llangandagina yaxshi samara berishi mumkin. SHu sababli u yoki bu yangi metodni qo’llash uchun unga mos keluvchi ishlatish ob’ektini tanlash zarur. Metodlarni kon sharoitida sinab olingan ma’lumotlardan ma’lumki, laboratoriya va nazariy tadqiqotlar natijasida olingan ko’rsatkichlar ko’pincha aslidan birmuncha yuqori bo’ladi. SHunga ko’ra ob’ektlarni tanlashda eksperiment natijalari bilan bir qatorda turli kon-geologik sharoitlarda bajarilgan sinash ishlari ma’lumotlarini ham hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda yangi metodlarni qo’llash ularning qimmatbaholigi, noyob reagentlar yoki murakkab asbob-uskunalardan foydalanish zarurligi sababli keng rivojlanmagan. SHu sababli yangi metodlarni loyihalash va amaliyotga joriy qilishda ularning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligiga e’tibor beriladi.
    10.6.1. Fizik-kimyoviy metodlar

    Kimyoviy reagentlardan foydalanib suv bostirish. Bu yangi metodlar guruhi mahsuldor qatlamga quyuqlanishi 0,02-0,2% bo’lgan kimyoviy moddalarning suvli eritmasini haydashga asoslangan. Haydalayotgan eritmalar uyumdagi bo’shliqlarning umumiy hajmining 10-30% ni egallaydi va neftni siqib chiqaruvchi hoshiya hosil qiladi. So’ngra hoshiyani harakatga keltirish uchun qatlamga ishchi omil − suv yuboriladi. Ushbu metodlar oddiy suv bostirish usulida ishlatiladigan quduqlar to’rida bajarilishi mumkin. Ular yordamida qatlam nefti qovushqoqligi qiymatini keskin o’zgartirishi (50-60 mPa·s gacha) mumkin, keyin esa oddiy suv bostirish metodlari qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida neftni chiqarib olish koeffitsienti qiymati oddiy suv bostirishga qaraganda birmuncha ortishi (3-10% ga) mumkin. Quyida eng mashhur va ko’p qo’llaniladigan metodlar tavsifi beriladi.
    Polimerlarning suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish. Bu jarayonda poliakrilamid eritmasini qo’llash yaxshi natija beradi. Poliakrilamidni haydalayotgan suvga qo’shsa, uning qovushqoqligini orttiradi, qatlam neftining esa nisbiy qovushqoqligini kamaytiradi (μons). Bu suv va neft oralig’idagi bo’luvchi chegara (siqib chiqarish fronti) turg’unligini orttiradi, natijada suvning neftni siqib chiqarish xususiyati kuchayadi va uyumning to’liq hajmi ishga tushiriladi.
    Ushbu metod qatlam nefti qovushqoqligi yuqori −10-50 mPa·s bo’lgan uyumlarda qo’llaniladi. Haydash quduqlarining suyuqlik qabul qilish imkoniyati eritma qovushqoqligi ortganda va uyumni ishlatish sur’ati sust bo’lganda pasayishi mumkin, shu sababli bu usuldan jins-kollektorlarning o’tkazuvchanligi juda yuqori
    (0,1 mkm2 dan katta) bo’lganda foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, g’ovak, bir xil tarkibli jinslardan tarkib topgan mahsuldor qatlamlarda ham bu metod yaxshi natija beradi.
    Jinslarning g’ovakli muhitida eritma harakatlanganda bo’shliqlar devorida polimerlarning yutilishi kuzatiladi. Bu jarayonning shiddati qatlamdan eritmaning birinchi qismi sizib o’tganda hamda qatlam minerallashgan suvga to’yinganda va jins-kollektorlarda gil fraksiya miqdori yuqoriligida kuchli bo’ladi. Polimerlarning yutilishi ikki yo’nalishda bir vaqtda sodir bo’layotgan siqib chiqarish jarayonining samarasiga ta’sir etadi, shunga ko’ra bu jarayon har bir ob’ektda maxsus tadqiqotlar yordamida o’rganilishi lozim. Shu bilan birga bu metoddan yangi uyumlarni ishlatishda (qatlamlar suvga nisbatan kam to’yinganda) va kollektorlarda gil miqdori kam (8-10% gacha) bo’lganda foydalanish mumkin. YUqori temperaturada polimerlarning suvni quyuqlashtiruvchi xususiyati yo’qoladi, shu sababli bu metodni qatlam temperaturasi 70-90oS gacha bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiq.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI VA ULARNI TATBIQ ETISHNING GEOLOGIK SHAROITLARI

    Download 11,69 Mb.