|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 172/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiQaynoq suv yordamida neftni siqib chiqarish. Bu metod yuqori qovushqoqlikka ega bo’lagan neft uyumlarini ishlatishda, shuningdek, yuqori parafinli neft uyumlaridan neft chiqarib olish koeffitsientini oshirishda qo’llaniladi.
Bu metodda ham neftni chiqarib olish koeffitsientini oshirishda qatlamga bug’ haydash metodida qayd qilingan omillardan foydalaniladi. Lekin qaynoq suv yordamida qatlamdan neftni siqib chiqarish metodi kam samarali bo’lib, qatlamni qizdirishga juda katta miqdorda suv haydashni talab qiladi. Qatlamning qizish zonasi neftni siqib chiqarish frontidan kechikkanligi sababli mahsuldor qatlamga undagi bo’shliq hajmidan 3-4 marta ko’p hajmdagi qaynoq suv haydaladi.
Ushbu metod uyumni ishlatish chog’idagi temperaturaning ozgina pasayishi natijasida qatlamda parafinning cho’kishi va jins g’ovaklarining bekilib qolishi mumkin bo’lgan sharoitlarda qo’llaniladi. Parafinning cho’kishining oldini olish maqsadida temperaturasi qatlam temperaturasidan yuqori bo’lgan qaynoq suv qatlamga haydaladi (suv quduq tubiga etib borguncha temperaturasining yo’qotishi hisobga olinadi).
Shuningdek, ob’ektlarni tanlashda xuddi qatlamga bug’ haydashdagi kabi qaynoq suv haydashda ham quduqda va qatlamda issiqlik yo’qotilishi hisobga olinadi.
10.6.3. Termokimyoviy metodlar
Mazkur metodlar qatlamga kislorod (havo) haydalganda uning qatlamdagi neft bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida katta miqdorda issiqlik (qatlam ichra yonish) ajralib chiqishiga asoslangan. Bu metodlar quduq tubida neftning yonishi natijasida to’plangan issiqlikning qatlam ichiga siljishidan mahsuldor qatlamda issiqlik to’planishiga asoslanadi. Qatlamga haydalgan havo yonish zonasini qatlam ichra harakatlantiradi. Neft uyumlarini ishlatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
To’g’ri yo’nalgan «quruq» yonish, havo haydaladigan quduq tubida neft yondiriladi va yonish zonasi haydalayotgan havo bilan aralashib, suyuqlik chiqarib olish qudug’i tomon siljiydi;
To’g’ri yo’nalgan nam yonish yoki o’rta nam yonish, bunda qatlamga ma’lum bir nisbatda havo va suv haydaladi. Natijada yonish fronti oldida qaynoq suv hoshiyasi hosil bo’ladi, ya’ni yonish fronti oldidagi zonaga issiqlik kirib keladi, bu o’z navbatida haydalayotgan havo sarfini keskin kamaytirgan holda neftni chiqarib olish koeffitsientining ortishiga olib keladi.
Ikkinchi jarayon nisbatan samarali hisoblanadi. Bunda ham neftni siqib chiqarishda qatlamga bug’ haydalgandagi kabi hamma omillardan foydalaniladi, bundan tashqari bu jarayonga xos bo’lgan qo’shimcha omillar (karbonat angidrid gazining suv bilan aralashmasi, sirt-faol moddalar va b. yordamida neftni siqib chiqarish) ham qo’llaniladi.
Qatlam qanchalik katta chuqurlikda yotsa, havoni haydash bosimi ham shunchalik yuqori bo’ladi, shu sababli yuqori bosimli kompressorlardan foydalaniladi. Bu metoddan foydalanishda 1500-2000 m chuqurlikdagi uyumlarni tanlash ijobiy natija beradi. Uyumdagi qatlamning qovushqoqligi 10 dan 1000 mPa·s bo’lganda ham bunday metodlardan foydalanish mumkin. Bunday neftlar tarkibida og’ir fraksiyalari miqdori ko’p bo’lib, yonish jarayonida yoqilg’i vazifasini o’taydi. YOnish jarayonining texnologik imkoniyatlariga va iqtisodiy ko’rsatkichlariga ko’ra uni jins o’tkazuvchanligi 0,1 mkm2 dan katta va neftga to’yinganligi 30-35% dan yuqori bo’lganda qo’llash tavsiya etiladi.
Ishlatish ob’ektining o’rta qismidagi jinslarning o’tkazuvchanligi yaxshi, neftga to’yingan qalinlik 70-80 m va undan katta bo’lganda bu metodlarning afzalligi seziladi. Ob’ektning o’rta qismidagi yonish jarayoni ta’sirida uning yuqorisida va ostida yotgan kam o’tkazuvchan jinslar ham qiziydi.
Quruq yonish jarayonida temperatura 7000S ga etadi, shu sababli bu metoddan terrigen kollektorlarda foydalanish mumkin, karbonat kollektorlar esa bunday haroratda emiriladi. Nam va o’ta nam jarayonlarda yonish tegishli ravishda 400-500 va 200-3000S temperaturada sodir bo’ladi, shu sababli ularni terrigen va karbonat kollektorlarda baravar qo’llash mumkin.
Quruq yonish jarayoni quduqlar joylashishining zich to’rida va teplofizik metodlarni qo’llashda ham samara beradi. Nam yonish jarayonida agar yonish fronti oldidagi qizdirilgan zona o’lchami katta bo’lsa, quduqlarning joylashish to’ri zichligi
16-20 ga/quduq bo’ladi.
10.6.4. Aralashmalar yordamida neftni siqib chiqarish metodlari
Bunday metodlar guruhiga qatlamdagi neft bilan unga haydalayotgan karbon ikki oksidi (CO2), suyultirilgan neft gazi (propan), boyitilgan metan gazi, yuqori bosimli quruq gazlar qo’shilishidan hosil bo’lgan aralashma ta’sirida neftni siqib chiqarilishi mansub. Qo’llaniladigan har bir metod ma’lum bir bosimdagi, tarkibdagi va fazoviy holatdagi neftni siqib chiqarishda samara berishi mumkin. Qatlam bosimi 20 MPa dan yuqori bo’lgan uyumlardan neftni yuqori bosimli quruq gaz bilan, 10-20 MPa bosimda – boyitilgan gaz bilan, 8-14 MPa bosimda – suyultirilgan gaz bilan siqib chiqarish samarali hisoblanadi. Ushbu metodlarni qatlam o’tkazuvchanligi har xil qiymatga ega bo’lgan uyumlarda qo’llash mumkin, lekin amaliyotda ularni o’tkazuvchanligi past qatlamlarda, oddiy suv bostirish metodini qo’llash mumkin bo’lmagan uyumlarda ham amalga oshirish mumkin.
Neftni suyultirilgan propan gazi bilan siqib chiqarishda qatlam temperaturasi 96970S dan ko’p bo’lmasligi lozim, chunki undan yuqori temperaturada u gazsimon holatga o’tadi.
Yuqori bosimdagi boyitilgan gazlar bilan neftni siqib chiqarish qatlamning neftga to’yinganligi yuqori – 60-70% dan ortganda amalga oshiriladi. Suyultirilgan gazlar va karbonat angidrid gazlari bilan siqib chiqarish metodlari neftga to’yinganlik
35-40% bo’lganda ham qo’llanishi mumkin, ayniqsa bu metodlardan qatlamga uzoq vaqt suv bostirilgandan so’ng foydalanish afzalroqdir.
|
| |