«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet174/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Kondensat yer osti gazlarining separatsiyalangan (ajralib chiqqan) suyuq
mahsuloti hisoblanadi. Mo’’tadil sharoitdagi qatlam gazining kondensati suyuq uglevodoroddan tarkib topadi. Uglevodorodli kondensat foydali qazilma hisoblanadi.
Tarkibida ko’proq pentan va alkan, tsiklan, aren tarkibli, nisbatan og’ir uglevodorodlar mavjud. Kondensatning zichligi odatda 0,758 g/sm3, temperaturasi 2000S dan 3500S ga etganda rostmana qaynaydi.
Kondensat neft kimyosi sanoatida qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Shu sababli zaxirasiga ko’ra yirik, kondensat miqdori yuqori bo’lgan uyumlarda kondensatsiya boshlanish bosimidan yuqori bo’lgan qatlam bosimining saqlanishini ta’minlaydigan ishlatish sistemasini qo’llash o’ta dolzarb muammolardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu maqsadga qatlamga quruq gaz yoki suv haydash metodini qo’llab erishish mumkin.
Aksariyat hollarda birinchi metod qo’llanilib, unga ko’ra qatlamga ushbu uyumdan chiqarib olinayotgan kondensatdan ajralgan gaz qatlam bosimini saqlab turishga etarli hajmda haydaladi. Bunday texnologik usul saykling-jarayon deb ataladi. Qatlamga quruq gaz haydash quduqdan chiqarib olinayotgan gaz tarkibida kondensat miqdori minimumga tushguncha davom etkaziladi. Shundan keyin bu jarayon to’xtatilib, haydash quduqlari chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkaziladi, uyum oddiy gaz uyumi sifatida ishlatiladi. Bu metodni qo’llashda ayrim qiyinchiliklar ham kelib chiqadi, chunonchi, quruq gazning ko’p qismidan uzoq vaqt davomida xalq xo’jaligida foydalanilmaydi hamda jarayonni amalga oshirishda texnik murakkabliklar yuzaga keladi.
Bunday hollarda uyumga suv bostirish metodi afzal bo’lib, undan uyumni ishlatish boshlanishi bilan foydalanish mumkin. CHiqarib olinayotgan quruq gaz to’laligicha xalq xo’jaligida ishlatiladi. Shu bilan birga suv bostirish metodini qo’llash katta xarajatlar talab qiladi. Ularning asosiylari – yaxshi o’tkazuvchan qatchalarda harakatlanayotgan suvlarning quduq tubiga kirib kelishi natijasida quduqning suvlanishi va undan foydalanish muddatining qisqarishi va b. Uyumdagi yuqori qatlam bosimini suv bostirish usuli bilan saqlashda ayrim quduqlar suvlanishi mumkin, ularni ishlatish fondidan chiqarilishi uyumning ishlatish jarayoni samaradorligini pasaytirishi va yer ostida gaz va kondensat zaxiralarining ma’lum bir qismining qolib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Suv bostirish metodi gazkondensat uyumlarini ishlatishda keng qo’llanilmaydi.
Tarkibida kondensat miqdori kam bo’lgan tabiiy rejimdagi gaz va kondensat uyumlarini ishlatish loyihasini tuzish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, gaz chiqaruvchi quduqlarning loyihaviy soni uyumni uzoq vaqt ishlatish va eng ko’p miqdorda gaz olishni ta’minlashga ko’ra aniqlanadi. Gazni chiqarib olish koeffitsienti miqdorini loyihadagi ko’rsatkichga etkazish masalasi qazilgan ushbu quduqlardan foydalanib hal qilinadi. Uyumdan olinayotgan gaz miqdorining kamayishi boshlanganda qo’shimcha quduqlar burg’ilanishi to’xtatiladi. Neft uyumlarida esa loyihalangan quduqlarning ko’p qismi neft chiqarib olish koeffitsientining loyihaviy ko’rsatkichiga erishishga yo’naltiriladi. Tegilmagan neft qoldiqlari aniqlangan uchastkalarda quduqlarni burg’ilash uyumni ishlatish davrining yakuniy qismigacha davom ettiriladi.
Gaz uyumlarining geologik tuzilishi neft uyumlarinikiga nisbatan kam sonli quduqlar bilan yoritilishi mumkin. SHu sababli gaz uyumlarining geologik tuzilishini va zaxiralarini o’rganishda bilvosita metodlardan – gidrodinamik, moddiy balans va boshqalardan ham foydalaniladi.
Gaz va gazkondensat uyumlarini ishlatish sistemasini tanlashda gazni yil davomida gaz chiqarib olish dinamikasiga va konni ishlatishning hamma jarayonlariga ularning geologik-kon tavsifi ta’sir etadi.
Uyumni ishlatishda uning tabiiy rejimi qatlam bosimining pasayish sur’atiga va o’z navbatida quduq debitining kamayish tabiatiga ta’sir etadi. Bu hol chiqarib olinayotgan gaz debitining maksimal qiymatini uzoq vaqt saqlab qolishga zarur bo’lgan qo’shimcha quduqlarni burg’ilash muddatini, kon qurilishi davrini, quduqni ishlatish texnologiyasini va miqyosini aniqlash imkonini beradi. Xuddi shunday sharoitda suv bosimli rejimdagi uyumlarda qatlam bosimi gaz rejimdagiga nisbatan juda sekin pasayib boradi, chekka oblastlardagi faollikning ortishi bilan bosimning kamayishi sekinlashadi. Shu bilan birga suv bosimli rejimning ta’siri noqulay oqibatlarga olib keladi. Maydon va geologik kesim bo’yicha gazli jinslarning kollektorlik xususiyatlarini har xilligi hamda uyumning turli uchastkalarining notekis drenajlanishi yaxshi o’tkazuvchan qatchalarda suv oqimi harakatining tezlashishiga olib keladi. Bu hol gazlilikning joriy tashqi chegarasida joylashgan quduqlarni muddatidan oldin suvlanib qolishiga sabab bo’ladi.
Gaz uyumlarida neft uyumlaridagiga nisbatan suvning notekis harakatlanishiga sharoit mavjud bo’ladi. Chunki jinslarning gaz o’tkazuvchanligi neft va suv o’tkazuvchanligiga nisbatan past bo’ladi. Natijada gaz uyumlariga o’tkazuvchan qatchalar bo’ylab suvning notekis kirib kelishi uchun sharoit yuzaga keladi. Bunday holatda mahsuldor yotqiziqlarning qalinligini hisobga olgan holda chiqarib olinayotgan gaz miqdorini tartibga solish muhim ahamiyatga ega, zero bu jarayon suvning kirib kelish tezligini baravarlashtiradi. SHuningdek, quduqlarda suvlangan intervallarni ajratish ishlari bajariladi. SHu bilan birga jinslarda suvning notekis harakatlanishidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar zaminda gazlarning yo’qotilishiga sabab bo’ladi.
Mahsuldor gorizontlar tarkibining har xillik darajasi turlicha bo’lib, suv bosimli rejimdagi uyumlardan gaz chiqarib olish koeffitsienti qiymati katta intervalda o’zgaradi. Kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil uyumlarda gaz chiqarib olish koeffitsienti miqdori juda yuqori bo’lib, gaz rejimidagi uyumlarnikiga yaqin bo’ladi. Geologik tuzilishi yuqori darajada o’zgaruvchan uyumlardan gaz chiqarib olish koeffitsientining yakuniy qiymati biroz kamroq bo’ladi.
Chiqarish quduqlarini maydon bo’ylab joylashtirishda uyumning tabiiy rejimi tabiatini va yotqiziqlarning mahsuldor qismining geologik tuzilishini hisobga olish zarur.
Gaz rejimli sharoitlarda kollektorlik xususiyatlari mo’’tadil har xil bo’lgan uyumlarda quduqlarni maydon bo’ylab bir tekis joylashtirish afzaldir. Qatlamlar tuzilishi har xil bo’lib, uyum zonasida yuqori mahsuldorlikka ega bo’lsa, u holda quduqlarni faqat shu zonaga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar qatlamlarning kollektorlik xususiyatlari uyumning gumbaz qismi tomon yaxshilanib borsa, quduqlarni strukturaning eng yuqori qismiga joylashtirish lozim. Yirik konlarning markaziy qismida joylashgan quduqlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati bu tadbirning yuqori samaradorligini ko’rsatdi.
Suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarida quduqlarni joylashtirish chekka suvlarni uyum tomon bir maromda kirib kelishini ta’minlashi lozim. Shu sababli quduqlarni joylashtirish masalasi gazga to’yingan jinslarning butun qalinligi bo’yicha drenajlashga jalb qilishni nazarda tutadi. Bunday shartlarning bajarilishini bir maromda joylashgan quduqlar to’ri orqali nazorat qilish mumkin, bunday hollarda tegilmagan gaz qoldiqlarini hosil bo’lishi keskin kamayadi.
Uyumlarning geologik tuzilishi mustaqil seriyalarda quduqlar burg’ilanayotgan ishlatish ob’ektlarini ajratish masalalarini hal qilishga ta’sir etadi. Massiv tuzilishli, bir gidrodinamik sistema bilan ifodalangan, mahsuldor yotqiziqlar qalinligi katta bo’lgan (bir necha yuz metrga etadigan), gaz rejimidagi uyumlarni bir turkumda burg’ilangan quduqlar yordamida yaxlit ishlatish yaxshi natijalar beradi.
Uyumlar bir necha qatlamlardan tuzilgan bo’lib, ular orasidagi gidrodinamik bog’liqlik kuchsiz bo’lsa, gazli va suv bosimli rejimdagi gazga to’yingan qalinliklar yig’indisi katta bo’lganda ikkita, uchta va undan ko’p ishlatish ob’ektlarini ajratish maqsadga muvofiq. Bunday hollarda har bir ob’ektni ishlatishni boshqarish oson bo’ladi.
Agar uyum qatlamsimon tuzilgan bo’lib, jinslarning kollektorlik xususiyatlari bir-biriga o’xshash va qatlamlarning umumiy qalinligi kichik bo’lsa, hamma qatlamlarni bir ishlatish ob’ektiga birlashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday ob’ektlarda burg’ilanayotgan dastlabki quduqlar hamma qatlamlarni ochishi lozim, keyin kavlanadiganlari esa oldindan tanlangan qatlamlarni ochadi.
Gaz uyumlarini yotish chuqurligi kon qurilishiga va ishlatish sistemasiga ta’sir etadi. Qatlam bosimi infiltratsion tabiatga ega bo’lsa (bunday sharoitlarda faol suv bosimli rejimning namoyonlanish ehtimoli ortadi), boshlang’ich bosim qiymati mahsuldor qatlamlarning yotish chuqurligiga bog’liq holda o’zgaradi. Bu o’z navbatida quduqlarning boshlang’ich debitiga va uyumdan gazni chiqarib olish dinamikasiga ta’sir etadi.
Qatlam bosimini saqlagan holda gazkondensat uyumlarini ishlatishda ishlatish
sistemasini va uning ko’rsatkichlarini tanlash asosan geologik omillarga bog’liq. Haydash va chiqarib olish quduqlarini joylashtirishning va gazkondensat uyumiga ta’sir etishning samarasini asoslash ham o’sha geologik omillar bilan aniqlanadi va xuddi neft uyumiga suv haydash kabi – uyum o’lchamiga, uning tektonik tuzilishiga, jinslarning kollektorlik xususiyatlariga, jinslarning makro va mikro har xillik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Qatlamga quruq gaz haydashda, haydash va chiqarib olish quduqlarini joylashtirish sistemasini asoslashda uyumning chegara tashqarisi oblasti bilan aloqasi bor yoki yo’qligini, uyumning o’lchamini, jinslarning yotish burchagini hisobga olish zarur. Uyumning o’lchami kichik, jinslarning yotish burchagi katta va uyumning chegara tashqarisidagi oblast bilan (litologik tipdagi uyum bo’lib, uning asosida to’silgan − o’ralgan neftli qatlamlar mavjudligi) o’zaro aloqasi bo’lmasa, quduqlarning joylashtirish tartibi quydagicha bo’ladi: haydash quduqlari uyumning ichki qismida, chiqarib olish quduqlari uyumning tashqi qismida joylashadi. Bu variant quyidagi afzalliklarga ega: juda zich tuzilgan qatlam gazining zichligi kam quruq gaz bilan yuqoridan pastga tomon yo’nalishda siqib chiqarilishi katta samara beradi; qatlam gazining bir qismining uyum chegarasidan tashqariga siqib chiqarish uchun geologik shart-sharoitlarning yo’qligi; saykling-jarayondan so’ng haydash quduqlarini chiqarib olish quduqlari fondiga o’tkazish mumkinligi va b.
Uyum suv bosimli sistema bilan yaxshi aloqador bo’lganda, ayniqsa qatlamlar qiya yotganda haydash quduqlari uyumning chekka qismlarida, chiqarib olish quduqlari esa uyumning ichki qismida joylashgan varianti ko’proq afzallikka ega. Bunday geologik sharoitlarda uyumni ishlatishning ushbu sistemasini qo’llash bilan gazlilik chegarasidan uzoqda joylashgan chiqarish quduqlarini uzoq vaqt suvsiz ishlatish mumkin.
Haydash quduqlari joylashgan zonada qatlam bosimining ko’tarilishi uyumga chegara suvlarining kirib kelishini keskin kamaytiradi. Gazlilik maydoni qanchalik katta bo’lsa, maydon bo’ylab haydash va chiqarish quduqlarini bir maromda joylashtirish uchun shunchalik qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi, ya’ni bu sistema neft uyumlarini ishlatish sistemasiga o’xshasada, bunda quduqlar orasidagi masofa katta bo’ladi.
Gazkondensat uyumlarini suv bostirish metodini qo’llab ishlatish mumkin, bunda jins-kollektorlarning o’tkazuvchanligining yuqori bo’lishi haydash quduqlarini suyuqlik qabul qilaolish imkoniyatini ta’minlaydi. Kichik uyumlarda chegara tashqarisiga, yiriklarida – chegara ichra suv bostirishni qo’llash yoki haydash quduqlarini qatorlar ko’rinishida joylashtirish maqsadga muvofiq.
Gazkondensat uyumlarini ishlatishda qatlamlar tarkibining har xilligi har qanday ishchi omildan foydalanganda ham seziladi. Quruq gaz haydalganda uning chiqarish quduqlari tubiga kirib kelishi muddatidan avval sodir bo’lishi mumkin. Bu holat kondensatni uyumdan chiqarib olish jarayoni samaradorligini pasaytiradi, pasayish muddatining uzoq vaqt saqlanib qolishiga olib keladi, shu sababli uyumga katta hajmda gaz haydash lozim bo’ladi. Gaz haydash chog’ida qatlamlar tarkibining har xilligi sababli yaxshi o’tkazuvchan qatchalar orqali suvning muddatidan oldin kirib kelishi va chiqarish quduqlarining suvlanishi kuzatiladi.
Uyumlarning ishlatish sistemasini tanlashda, birinchi navbatda quduqlar sonini aniqlashda qatlam-kollektorlarning mustahkamligi asosiy rol o’ynaydi. Gaz quduqlari debitining yuqori bo’lishi quduq tubi zonasidagi qatlamlarning tabiiy
tuzilishini buzishi mumkin, shunga ko’ra bu jarayon neft quduqlaridan foydalangandagiga nisbatan shiddatli kechadi. Kuchsiz sementlangan terrigen jinslar va gil sementli yotqiziqlar tez buzilishga moilroqdir. Jinslarning maydalanishi quduq suvlanganda yanada tezlashadi, chunki suv ta’sirida sement ko’pchiydi va deformatsiyalanadi. Bunday jarayonlarni quduqlardagi drenajlanayotgan qatlamlar qarshisiga maxsus filtrlar o’rnatish, quduqning suvsiz ishlash muddatini cho’zish, quduq debitini cheklash kabi tadbirlar bilan to’xtatish mumkin. Oxirgi holatlarda gaz olish sur’atini saqlab qolish uchun quduqlar miqdorini ko’paytirish kerak. Gaz quduqlarini ishlatishda jinslarning buzilishi mumkin bo’lgan hajmini va bu jarayonni cheklash tadbirlari kernni va turli rejimdagi suvsiz hamda suvlangan quduqlarni o’rganish, konni tajriba-sanoat miqyosida ishlatish va razvedka qilish davrlarida asoslash lozim bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lumki, gaz va kondensat konlarini ishlatish sharoitlarini va sistemalarini tanlashga geologik omillar kuchli ta’sir etadi, lekin ular asosida faqat texnologik echimlarning dastlabki tavsiyalarinigina ishlab chiqish mumkin bo’ladi. Demak, gaz uyumlarining ishlatish sistemasini tanlashda quyidagi omillar ta’siri kuchli bo’ladi: konni ma’lum bir sur’atda ishlatish, unga mos keluvchi qatlam bosimining pasayish tezligi, konni izlashga zarur bo’lgan inshootlar va ularni qurish muddatlari, quduqlarni joylashtirishning turli variantlari, qatlamga gaz yoki suv haydashning texnik imkoniyatlari va b.
Neft konlarida bo’lganidek, gaz konlarining hamma geologik omillarini hisobga oluvchi eng qulay ishlatish sistemalari bir necha variantlarda bajarilgan gidrodinamik hisob-kitoblar orqali asoslanadi, bunda konning kon-geologik tavsifi to’liq o’rganilib, hisobga olinadi, eng yaxshi variant texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash asosida tanlanadi. Bu masalalar «Neft va gaz konlarini ishlatish» fani o’qitilganda chuqur o’rganiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.