|
Mavzu: Pomol partiyalarini tarkibini xisoblash usullarini o’rganish. Ishdan maqsad. «Pomol partiya»
|
bet | 1/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #158178 |
Bog'liq Pomol partiya
Mavzu:Pomol partiyalarini tarkibini xisoblash usullarini o’rganish.
Ishdan maqsad. «Pomol partiya»lari tuzishni hisoblash usullarini o‘zlashtirish.
Dastlabki tushunchalar: Tegirmonlarga kelib tushayotgan bug‘doyning texnologik xususiyatlari uning turi, navi, etishtirilgan rayonning (joyning) iqlim va tuproq sharoitlari bilan belgilanadi. Don partiyalarining turli sifatligi ularga qayta ishlov berish jarayonining samaradorligini pasaytiradi va murakkablashtiradi. Texnologik sistemaning ish rejimini qayta – qayta tashkil etishni talab etadi hamda turli sifat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan unlar ishlab chiqarishiga olib keladi.
SHuning uchun zavodni 10…15 kecha-kunduz davomida bir xil, muvozanatli ish bilan ta’minlovchi «pomol» partiyalari shakllantiriladi.
Buning uchun muhim bo‘lgan tayyorlov jarayonini to‘g‘ri tashkil etish yuqori sifatli donlarni tejash va past sifatli donlarni ketma-ket ishlatish bilan donlardan unumli foydalanishga olib keladi.
«Pomol» partiyalari tarkibini hisoblash navlarning % miqdori, komponentlarning massalari, «pomol» partiyasining sifat ko‘rsatkichi zavodlarning ishlab chiqarish quvvatidan, maydalash turidan, donning va tayyor mahsulotning sifatidan kelib chiqadi. «Pomol» partiyalari turli tipli, turli rayonlarda etishtirilgan, yangi va eski xususiyatli past va me’yoriy sifatga ega bo‘lgan donlarni aralashtirish bilan tuziladi. Komponentlar shunday tanlanadiki, bunda dondan un olishning va unning mahsuldorlik xususiyatlarining yuqori bo‘lishini ta’minlash zarur.
Donlar quyidagi sifat ko‘rsatkichlar hisobiga olingan holda aralashtiriladi: shaffofligi, kleykovinasi, kul moddasi miqdori, namligi va ifloslanganlik darajasi.
Turli namlikka ega bo‘lgan donlarni aralashtirilishda namliklar farqi 1,5% dan oshmasligi kerak.
Yuqori va past kuldorlikka ega bo‘lgan donlar aralashtirilganda hosil bo‘lgan aralashamaning kul moddasi 1,97% dan oshmasligi kerak. «Pomol» partiyalarining o‘rtacha shaffofligi 50-60% bo‘lishini hisobga olib, shaffoflikka ega bo‘lgan donlar aralashtiriladi. Asosiy e’tiborni «pomol» partiyasiga kerakli miqdor va sifatga ega bo‘lgan kleykovinani ta’minlab berishga qaratish lozim, chunki ishlab chiqarilayotgan un ana shu xususiyati bilan tavsiflanadi. Navli un tarkibida kleykovina miqdori 25% dan kam bo‘lmasligi, sifati II sinfdan past bo‘lmasligi; chiqindilar miqdori 2% dan oshmasligi, donli chiqindilar 5% dan oshmasligi talab etiladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar. «Pomol» partiyalari tarkibini hisoblashning bir necha uslublari mavjud. «Pomol» partiyasidagi don aralashmasiga qo‘yiladigan sifat me’yorlarning o‘rtacha aniqlangan sifat ko‘rsatkichlariga mosligi va hisob-kitobning to‘g‘riligi tekshiriladi.
Sifat ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati quyidagi formula orqali topiladi:
(18)
bu erda: x1, x2,…xp – aralashmadagi komponentlari ko‘rsatkichlarining aniq qiymati, %
m1, m2, …mn aralashmadagi komponentlarning nisbatlari, % yoki har bir komponentning massasi, kg:
- «pomol partiya»sining massasi, kg yoki 100%
bundan tashqari saralashni to‘g‘riligini tekshirishda laboratoriya uskunasida bug‘doyni tahlil qilgan holda dondan un chiqishini va unning sifatini aniqlash kerak.
«Pomol partiya»si tuzish hisobi
Hisoblashning quyidagi usullari mavjud: tenglamani echish, teskari proporsiya tuzish, grafigini (chizma) qurish, EHM orqali hisoblash.
Tenglamani echish usuli. «Pomol» partiyasi tarkibini hisoblashda tenglamalar sistemasidan foydalanish mumkin, bunda noma’lumlar sifatida saralanuvchi har bir komponentning foizlardagi ulushi yoki vazni belgilanadi. Tenglamalar sistemasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Agar «pomol» partiyasi ikki komponentdan tashkil topgan bo‘lsa, u holda sistema echimi quyidagicha bo‘ladi:
m2=M-m1 (19)
Agar 3 komponentli bo‘lsa, ikkitasining massaviy tenglamalrini ishlash bilan masala echimi topiladi:
; m3=M-( ) (20)
bu erda M-don «pomol» partiyasining massasi;
Murakkab «pomol» partiyalarini tuzishda asosiy hisob uslubi o‘zgarmaydi. Don aralashmasi tarkibida 4 va 5-komponentlarning miqdori kam bo‘lgani uchun (10%gacha), ular natijaviy hisoblarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Misol. O‘rtacha shaffofligi 55% bug‘doy donidan navli un olish uchun ikki komponentdan birining o‘rtacha shaffofligi 71 va ikkinchisiniki esa 43%, ularning kleykovinalari nisbati 27 va 24% bo‘lgan don partiyasidan massasi 1000 t (100%) ga teng bo‘lgan «pomol» partiyasi tuzish talab etiladi. SHunda %
deb qabul qilamiz, unda har bir komponentning massasi m’1=430 t; m’2=570 t. ni tashkil qiladi SHaffoflikning o‘rtacha ifodasini S va kleykovina miqdorini K (%) bilan belgilab, hisoblarning to‘g‘riligini aniqlaymiz:
%
%
|
| |