|
Mavzu: Pomol partiyalarini tarkibini xisoblash usullarini o’rganish. Ishdan maqsad. «Pomol partiya»
|
bet | 4/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #158178 |
Bog'liq Pomol partiyaIshning bajarilish tartibi. Tozalanadigan don massasidan 2 kg miqdorda namuna olinadi. Bundan ikkita naveska olinadi: bittasi 1 kg, separatordan o‘tkazish uchun va ikkinchisi 50 g, aralashmalar miqdori aniqlash uchun (S1).
1 kg naveskani separatordan o‘tkaziladi, keyin C2 ni aniqlash uchun 50 g naveska olinadi. Olingan ma’lumotlar 3jadvalga E (1) formula bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek natijalar ishchi jadvalga yoziladi.
Bu malumotlarga asosan mashinalarni texnologik samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlr hisoblanadi va olingan ma’lumotlarga asosan ish hulosa qilinadi.
3-Jadval
Havo-elakli separatorning berilgan ma’lumotlari va ish ko‘rsatkichi.
№
|
Dondagi aralashmalar miqdori, %
|
Aralashmalarni ajratishdagi texnologik samaradorligi, %
|
Tozalanishdan oldin
|
Tozalangandan keyin
|
Yirik
|
Mayda
|
Engil
|
Jami
|
Yirik
|
Mayda
|
Engil
|
Jami
|
Yirik
|
Mayda
|
Engil
|
umumiy
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O‘rtacha
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Shuningdek, separatorga qo‘yilgan yuklama, havo oqimi tezligi va boshqa parametrlarni o‘zgartirish mumkin.
Nazorat savollari
1.Chiqindi tarkibidagi yaroqli donlar necha foizni tashkil etadi
2.Tozalanmagan don massasidan qancha miqdorda namuna olinadi
3.Qanday markali separatorlar mavjud
4.Separatorda qanday parametrlarni rostlash yoki o’zgartirish mumkin
5.Separator uskunasi qamday moslama bilan harakatga keltiriladi
5 – AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu:DON MASSASIDAN ENGIL CHIQINDILARNI TOZALASH R3-BAB, R3-BSD DUOSPIRATOR USKUNASINI TEXNOLOGIK JARAYONINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Tayyorlov bo‘limining texnologik uskunalarning ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish. Bu nazorat natijasida uskunalarning ish tartibiga aniqlik kiritilib va don tozalash uskunalarini tanlanadi .
Uskuna va asboblar: laboratoriya elakli havo separatori, tahlil qilish uchun taxtachalar, shpatellar va birinchi darajali aniqlikdagi texnik tarozilar
Bu uskunalar donni chiqindilardan va qobiqdan tozalaydi. Uskunalarning ishlash tartibi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ular yuqori samaradorlik bilan ishlaydi.
Elakli havo separatorining ishini nazorat qilish. havo separatorining don tozalash jarayonini o‘zlashtirish.
Umumiy holat. Separator don massasini engil chiqindilardan tozalash uchun mo‘ljallangan. Bu chiqindilarning o‘lchami donlar hajmidan keskin farq qiladi. Dumaloq va cho‘zinchoq shakllardagi elaklar yordamida donlardagi yirik va mayda chiqindilar elanish jarayonida tozalanadi. Separatorga tushgan don aerodinamik xususiyatiga ko‘ra engil chiqindilardan oson ajraladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Elakli havo separatorining asosiy ish ko‘rsatkichi donni chiqindidan tozalash unumdorligidir.
Elash jarayonidagi samaradorlik (E%) quyidagi formula bilan topiladi:
(1)
Bu erda:
E-chiqindilar miqdori, %
S1-donni tozalashdan oldingi chiqindilar, %
S2-donni tozalashdan keyingi chiqindilar, %
Sinov 3 marta takrorlanib, tahlilning o‘rtacha ifodasi E topiladi.
Tahlil natijasida E 10% dan oshib ketsa, unda E namuna hisobdan chiqarilib yuborilib, qolgan tahlil raqamlari bilan E ning o‘rtacha kattalik miqdori topiladi. Olingan E texnik shartlar bilan taqqoslanib, havo separatorining samaradorligi aniqlanadi. Agar aniqlangan E hajmi sharoitlari to‘gri kelmasa , unda separaiorning ishlash tartibiga ijobiy o‘zgarishlar kiritiladi. Masalan separatorning elak nomerlari havo oqimining bosimi tezligini o‘zgartirish kabi texnikaviy choralar amalga oshiriladi. Bu tadbirni talabalar ilmiy tadqiqot sistemasida qo‘llashlari ham tavsiya etiladi.
Ishni bajarish tartibi.
Har bir guruh talabalarga turli miqdorda ifloslangan namunalar beriladi. Talabalar ularni yuqoridagi usulda separatorlar yordamida chiqindilardan tozalab, topilgan ko‘rsatkichlardan grafigini tuzadilar. Tahlillar turli ko‘rsatkichlarda bo‘lishi uchun separatorning parametrlari (yuk, havo oqimining tezligi)ni o‘zgartirib, sinovni amalga oshirish mumkin.
Ishni bajarish muddati 3-4soat, uni ikkita talaba bajaradi.
|
| |