|
Mavzu: Pomol partiyalarini tarkibini xisoblash usullarini o’rganish. Ishdan maqsad. «Pomol partiya»
|
bet | 14/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #158178 |
Bog'liq Pomol partiyaNazorat savollari
1.Uch navli un deyilgan terminni izoxlang
2.Xampalarni aniqlash formulalarini tushuntiring
3.Donni tozalashdan keyin namlashda nechta xampa joylashtiriladi
4.Xampalarni to‘ldirish koefitsenti qancha
5.Bug‘doy donining natura og‘irligi qanchani tashkil etadi
11 – AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: UCH NAVLI UN ISHLAB CHIQARISH UCHUN UNUMDORLIGI 300 T/SUTKAGA TENG BO’LGAN TEGIRMONNING DON TOZALASH BO’LIMINING USKUNALARINI HISOBLASH VA TEXNOLOGIK JARAYON TIZMASINI TUZISH.
Topshiriq. 3-navli 78 (20+40+18) % un ishlab chiqaradigan, bir kecha - kunduzda (sutkada) gi kuvvati 300 t/s ga teng bulgan tegirmon don tozalash bulimining uskunalarning xisoblash va ularni tanlab chizmasini chizish.
Ushbu topshirik yuzasidan berilgan chizmada donlarga sovuk konditsion usulda ishlov berish va ularni mexanik usulda transportirovka kilish kursatilgan
Don tozalovchi uskunalarni tanlash va ularning chizmasini tuzish
Tegirmonlarda texnologik jarayonlarni boshkarish va ularni tashkil etishda koidaga amal kilish;
- shu soxaga oid adabiyotlardagi chizmalardan foydalanish.
Ishni bajarish tartibi. 1-rasmda Yuqori va past shaffoflikdagi donlarni bir vaktda tozalash chizmasi kursatilgan.
Elevatordan tegirmonning don tozalash bulimiga keladigan bugdoy don massasi kuyidagi sifatlarga ega bulishi tavsiya etiladi:
don namligi - 12,5 %, don chiqindilari – 5,0 %.
I-III tipli donlar - 13,5 %.
Iflos chiqindilar – 2,0 % dan kup bulmasligi kerak.
«Pomol» partiyasi tuzilgandan sung elevatordan kelayotgan tozalanmagan don massasi ikki aloxida oqimga bulinib (Yuqori va past shaffoflikdagi donlar), tegirmonning don tozalash bulimidagi DN-1000-2 rusumli avtomat tarozi (1) orkali RZ-BKSH-350 rusumli konveyerdan (2) utib, «tozalanmagan don» silosi (3) ustiga kelib tushadi. U erdan URZ-1 rusumli dozatorda (4) baravar taksimlanib, RZ-BKSH-200 (5) yordamida donlar yaxshi aralashib, 1a va 21 noriyalarga (6) kelib tushadi. Bu noriyalardan don massasi VI kavatga kutarib, u erdan don oqimi xolida U1-BMP rusumli magnit (7) uskunalardan utib (metall chiqindilardan tozalanib), AD-50 rusumli avtomat tarozida (8) mikdorlari aniklanib, A1-BIS-12 rusumli don massasini engil chiqindilardan tozalaydigan separatorlarga (9) kelib tushadi. Separatorlarda donlar Yuqori kavatdagi elaklar yordamida engil chiqindilardan va pastki elaklar (1,7-2,0mm) yordamida esa kum, mayda tosh va boshka chiqindilardan tozalanib, sung RZ-BKT tosh ajratuvchi uskunaga (10) tushadi. U erda don massasi zichligiga karab (mineral chiqindilardan) ajratiladi. Tozalangan don massasi, dondan kichik bulgan (koramug va yovvoyi ut uruglari) dan A9-UTK-6 rusumli kukol ajratuvchi uskunaga (11) tushadi. Undan sung don massasida bugdoy donidan uzun bulgan don aralashmalaridan iflos aralashmalarni ajratish uchun (suli, arpa va boshkalar) A9-UTO-6 ovsyug ajratuvchi uskunaga (12) kelib tushadi. Yuqorida aytib utilgan chiqindilardan tozalangan don massasi 2a va 22 noriyalar orkali 6 kavatga kutariladi. U erda don massasi yirik va mayda chiqindilardan tozalanish uchun A1-BZK-9 rusumli konsentratorga (14) tushadi. Konsentratordan utgan don massasi, metall chiqindilardan tozalanish uchun U1-BMP-01 rusumli magnit kurilmasidan (7) utib, sirtki qismlariga ishlov berish uchun R3-BMO-6 oklash uskunalariga (15) tushadi. Uskunada donga ishlov berish jarayonida xosil bulgan aralashmani engil chiqindilardan don kobigi ajratish uchun R3-BAB rusumli aspirator uskunasiga (16) yuboriladi. Aspiratordan utgan toza don massasi 3a va 23 noriyalarga kelib tushadi(17). Ular esa donni 6-kavatga chikarib, undan 5-kavatda joylashgan don yuvuvchi J9-BMA rusumli uskunasiga uzatiladi(18). YUvilgan, namlangan don esa 4a va 24 (19) noriyalarga tushadi. U don massasini 6-kavatga kutarib, R3-BKSH uskunasiga (5), u esa don massasini 1- dimlash bunkeriga (20) uzatadi. U erda don massasiga suv va issiklik bilan ishlov berish natijasida uning tarkibida fizik va kimyoviy uzgarishlar yuz beradi. Dimlangan don UR3-2 taksimlovchi uskuna (21) orkali taksimlanib, RZ-BKSH-200 rusumli shnekka (5) kelib tushadi. Undan don 5a va 25 noriyaga (22) etkazib beriladi. Noriyalar don massasini 6-kavatga chikarib beradi. U erda don massasi dimlash va namlash jarayonlaridan utib, 2-dimlash bunkeriga (23) tushadi. Dimlangan don massasi URZ-2 taksimlovchi (22) orkali RZ-BKSH-350 ga etkazib beriladi. Yuqorida ikkita don oqimi xolida tozalangan, dimlangan va namlangan don partiyalari birlashib, bir oqim bulib RZ-BKSH-200 uskunasiga tushadi. Birlashgan oqimdagi don massasi 5a va 25 noriyaga (22) tushadi. Don massasini 6 etajdan birinchi marotaba namlangan va dimlangan don massasi noriya 5a va 25 lar yordamida RZ-BKSH-200 (5) uskunasiga tushadi. U erda don shaffofligiga asosan namlanib 2- dimlash uchun bunkerlarga (23) tushib u erda sifatiga karab dimlanadi. Dimlangan don vakti utgandan sung RZ-BKSH-350 orkali noriya 6a (24) tushadi, u esa don massasini 6-kavatga chikarib beradi. Don massasi magnit kurilmasi (7) orkali utib, kuruk usulda ishlov beradigan RZ-BMO-12 (25) uskunasiga tushadi. U erda kobigidan ajralgan toza don «sxod» bulib, uskuna elagidan utib chiqindiga yuboriladi. Tozalangan don va kobiklar esa oxirgi marotaba namlanib, A1-BSHU-2 uskunasi (26) orkali aspirator RZ-BAB-12 ga (16) tushadi. Aspiratordan utgan don 7a noriyaga (27) tushib, 6-kavatga chikarib beriladi. Don massasi RZ-BKSH-350 uskunasida aralashib, I mayd.s oldingi bunkerga boradi (28). Bunkerdan utgan don AD-100-2E rusumli avtomat taroziga (8)tushib, sung U1-BMP-01 magnit uskunasida (7) oxirgi marotaba metall chiqindilardan tozalanib, sung don tortish valetsiga (29) tushib maydalanadi.Tozalangan,namlangan don massasi quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
11-jadval
№ p/p
|
Ko‘rsatkichlar
|
Bug‘doy
|
1.
|
Namlik
|
15-16
|
2.
|
Don chiqindilar mikdori
|
4,0
|
3.
|
Iflos aralashmalar mikdori (kup bo’yamasligi kerak)
|
0,4
|
4.
|
SHu jumladan zararli chiqindilar (ko‘p bo‘lmasdigi kerak)
|
0,05
|
5.
|
Kul moddasi
|
0,07% don kuldorligidan kam bo‘lipsh kerak
|
Don tozalash jarayonida don massasini yuqori va past shaffofligi bulib, aloxdda oqim sifatida tozalanadi. Bu xolda don massasini tozalashning asosiy maksadi donlarni turli mikdorlarda namlab ularga turli vaqtlarda dimlash jarayoni olib boriladi. Bunda donlarni sifatlari ijobiy tomonga o’zgarib, natijada unning umumiy «vixodi» opshshiga olib keladi. Donlarni maydalash jarayoni uchun sarf bulayotgan elektr quvvati kamayib boradi. Unning sifati yaxshilanib, kul moddasi kamayadi.
|
| |