|
Mavzu: Pomol partiyalarini tarkibini xisoblash usullarini o’rganish. Ishdan maqsad. «Pomol partiya»
|
bet | 17/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #158178 |
Bog'liq Pomol partiyaChiqindilarni xisoblash
Tegirmonning don tozalash bo‘limidagi chiqindilar bilan ishlash “qoida”ga asoslanib don massasining don tozalash bo‘limida tozalash jarayonida umumiy tozalanayotgan don massasiga nisbatan 6% miqdorda don va iflos chiqindilar ajraladi.
yoki quydagicha hisoblanadi.
155 - 100%
X - 6%
tsga teng.
155 - don tozalash tegirmonining unumdorligi, ts.
Bir kecha kunduzda (sutkada) 9,3t chiqindi (I, II va III-toifa) hosil bo‘ladi.
X=9,3 tonnaga teng. Yani bir kecha kunduzda (sutkada) 9,3 tonna chiqindi hosil bo‘ladi.Uning bir soatlik oqimi esa
Tegirmonning don tozalash bo‘limida hosil bo‘lgan don chiqindilarni tozalash va nazorat qilish
Don massasini tozalashda hosil bo‘ladigan chiqindilar quyidagi uskunalarda ajratib olinadi:
– yirik chiqindilar separatori yuqori elagida, mayda chiqindilar esa pastki elagida;
- kalta va uzun chiqindilar trierlarda;
- minerallar (mayda toshlar) va oyna siniqlari tosh ajratuvchi uskunalarda;
- metallomagnit xusisiyatga ega bo‘lgan chiqindilar esa magnit separatorlarda ajratib olinadi va ularning miqdori aniqlanadi.
Hosil bo‘ladigan chiqindilarning tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari bir xil emas.
Donlarni dastlabki tozalash jarayonidagi chiqindilar fakat mineral changlardan, don massasiga suv bilan ishlov bergandan so‘ng oxirgi tozalashda esa organik chiqindilar (donlarning qobiq zarrachalari, va boshqalar) dan iborat bo‘ladi.
3-rasmda don tozalash sexida xosil buladigan chiqin dilarni ajratish texnologik chizmasi va ularni nazorat kilish jarayoni kursatilgan.
3-rasm. Don tozalash sexida xosil buladigan chiqin dilarni ajratish va nazorat kilish. 1-burat, III toifa chiqindilari uchun;
2-burat I va II toifali chiqindilar uchun; 3-magnit separator; 4-bolgali maydalovchi; 5-avtomat tarozi; 6-chiqindilar bunkeri; 7-kukol ajratuvchi uskuna; 8-ovsyug ajratuvchi uskuna; 9-donni ushlab koluvchi moslama, 10-shnekli kurituvchi;
Rasmda berilgan buratga birinchi va ikkinchi separatordan o’tgan (proxod), oddiy don tortish chizmasida esa, oqlash uskunasida xosil buladigan donning meva qobiglari kelib tushib, III toifali chiqindilarni xosil qiladi. 2-buratga don tozalash uskunalarining oxirgi bosqichida xosil buladigan chiqin dilar (separatorlarning oxirgi elaklaridan otganlari), uchinchi separatorning aspiratsion kanalida to’plangan chiqindilar, oqlash, tozalash uskunalarining chiqindilari va xokazolar kelib tushadi.
1- buratning birinchi elaklaridan utgan chiqindilar - qum, mineral moddalar, kam miqdordagi organik zarrachalaridan iboratdir.
2- buratning birinchi elagidan o’tgan organik zarrachalar I va II toifali chiqindilarga qushiladi. 1 va 2-buratlarning 5 mm sim elaklaridan o’tgan chiqindilar (proxod) omixta еm olish uchun ishlatiladi , ular mayda don, yovvoyi o’simlik urug’laridan iborat. 1 va 2- buratlarning elaklaridan o’tmay qolgan massadan xavo separatori yo’rdamida engil chiqindilarni ajratib olib donlar umumiy oqimga qushib yuboriladi.
Kalta chiqindilar kukol ajratuvchi (7) va uzun chiqindilar ovsyug ajratuvchi (8) uskunalarda nazoratdan o’tkaziladi. Tozalangan, ajratilgan ovsyug, suli, arpalar I va II toifali chiqindi xisoblanadi kukol va ovsyug esa aloxida ajratilib, so’ng yo’q qilib yuboriladi. Xavo separatori tozalangan donlar magnit separatori (3)ga o’tib, bo’lgali maydalovchi uskuna (4)da maydalanib, avtomat tarozi (5)da tortilib, chiqindilar bunkeri (6)ga yuboriladi. Tosh ajratuvchi uskunalarda xosil bo’lgan chiqindilarga vibropnevmatik tosh ajratuvchi uskuna yordamida ishlov berilib, ulardan toza donlar ajratib olinadi va umumiy oqimga qo’shib yuboriladi. Yuqorida aytib o’tilgan xamma chiqindilar avtomat tarozida tortilib miqdori aniqlanadi va korxona laboratoriyasi jurnaliga yozib qo’yiladi.
Donni yuvish jarayonida xosil bo’lgan kanalizatsion suvlarni maxsus moslamalarda (3) elakdan o’tkaziladi, iflos suvlar shaxar kanalizatsiya tarmog’iga yuborilib, elak ustida qolgan massa (singan va nimjon don, don qobigi) B6 – BPO uskunasida (4) presslanib, so’ng quritish uskunasida (5) quritilib, keyin 2 buratga yuboriladi. (9-rasm)
Pnevmoseparatorlardagi don massasi engil chiqindilardan tozalanib, keyin uskunaga uzatiladi. Chiqindilar esa siklon razgruziteldan o’tgandan so’ng 2- buratga yuboriladi.
|
| |