|
1-Mavzu. Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning chegaraviy mumkin bo’lgan miqdorini hisoblash
|
bet | 1/2 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 40 Kb. | | #118891 |
Bog'liq 1-mavzu (1)
1-Mavzu. Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning chegaraviy mumkin bo’lgan miqdorini hisoblash
Atmosfera havosining sun’iy ifloslanishdan saqlash uchun nimalar qilishi kerak? Hozirgi zamonda atmocfera havosini zaharli gazlarbilan ifloslanishini kamaytirish maqsadida ko’pincha balandligi 100m.dan 400m.gacha bo`lgan tryablardan foydalaniladi. Ushbu tadbir aytarli samara bermasa ham, lekin chiqindi hosil bo’layotgan va tashlanayotgan yerlarda uning miqdorini chegaraviy mumkin bo`lgan miqdorgacha (ChMM) tushirish imkonini yaratadi. Trubkalar balandligini oshirish o’sha yerning o’zida iflos moddalarni mezomashtab va uzoq tarqalish zonalariga tushishini ta`minlaydi, ya`ni yaqin (mahalliy) tarqalish xonasida uning miqdorini kamaytiradi. Masalan, 200m. li trubadan tashlanayotgan chiqindi moddalar 75-250 m. li radiusda tarqaladi. Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1. Shaharlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarinijoylashtirish mumkin emas (masalan: kimyoviy, metallurgiya va h.k.).
2. Qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq
joyga shamol yo’nalishini hisobga olgan holda joylashtirish kerak va uning atrofida sanitar himoya zonalarini barpo qilish zarur.
3. Havoga chiqarilayotgan gazlarning zaharlilik darajasiga qarab sanoat korxonalari 5 sinfga ajratilgan va ularning hap biriga quyidagi sanitar himoya zonalarini belgilangan:
I - 1000 m, II - 500 m, III - 300 m, IV - 100 m, V - 50 m.
Ushbu himoya zonalari maydoni ko’kalamzorlashtirilgan bo`lishi kepak. Chunki
1 m2 barg yuzasi 1,5-3,0 g gacha changni va 1 ga yashil o`simlik maydoni esa 8 kg/soat CO2 gazini yutishi mymkin.
4. Sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi esadigan yerlarga joylashtirilishi kepak.
5. Zaharli gazlarni tashlaydigan trubalarning balandligi 250 - 300 m. Bo’lishi kepak.
6. Yoqilg’ilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish kerak.
7. Yoqilg’i sifatida foydalanilayotgan neft va gaz tarkibidagi oltingygyrtni tozalash uchun ularga maxsus ishlov berish kerak.
8. Atmosfera havosini himoya qilishning eng asosiy chora-tadbirlardan biri tozalagich moslamalarini va inshootlarni qurishdir.
Lekin yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishidan saqlash uchun yetarli emasdir. Buning uchun eng avvalo sanoat korxonalarida hosil
bo’layotgan chiqindilarning miqdorini keckin kamayishiga erishishimiz zarurdir. Zaharli gazlarni miqdorini kamaytirishning texnologik choralari texnologik va konstruktiv o’zgartirishlar yig’indisidan tarkib topgandir. Ular quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Texnologik jarayonlarni borishi davomida zaharli moddalarni hosil bo’lish mexanizmini o’rganish.
2. Asosiy inshootlar konstruksiyasini takomillashtirish.
3. Xom ashyo sifatida ishlatiladigan zaharli moddalarni kam zaharli yoki umuman toza turlarini bilan almashtirish.
4. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish. Yuqoridagi texnologik tadbirlar ichida zaharli moddalarni hosil bo’lish mexanizmini o’rganish eng asosiy o’rin egallaydi.
Masalan, azot oksidlarini hosil bo’lish jarayoni mexanizmi bilan tanishib chiqsak, u quyidagi jarayon hisobiga hosil bo’ladi.
N2 + O2
2 NO - 43 kkal
Azot oksidlari asosan IES 60%, avtotransport - 38%, boshqa kimyoviy korxonalarda - 2% hosil bo’ladi. Azot oksidining konsentrasiyasi O2 ning konsentrasiyasi va temperaturasining ortib borishi bilan oshib boradi, asosan yonish zonasida hosil bo’ladi. Trubalar orqali atmosferaga tushgandan so`ng esa yana oksidlanish quyidagicha davom etadi:
2 NO + O2
2 NO2 + 45 kkal
Ushbu jarayon tezligi temperaturani kamayishi va O2 ning konsentrasiyasini ortishi bilan ortib boradi. Demak, azot oksidlarini miqdorini kamayishi uchun yonish zonasiga berilayotgan O2 ning miqdorini va temperaturasini boshqarish zarurdir. U quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
1. Yonish natijasida hosil bo’layotgan mahsulotlarni qaytadan yonish zonasiga yuborish ya`ni retsirkulyasiya qilish, natijada yonish zonasi temperatyrasi bir oz kamaytiriladi.
2. Yonilg’ini 2 bosqichda yoqishni tashkil qilish ya`ni birinchi yonish zonasiga kerak bo`lgan miqdordan kamroq miqdorda havo yuboriladi, natijada bir oz temperatyra kamayib, hosil bo’lish tezligi sekinlashadi. Temperatyrani kamayishiga erishilishi hisobiga ikkinchi bosqichdagi yonish jarayoni ortiqcha O2va ancha past temperatura sharoitida boradi. Hatijada 2 yonish zonasida ham hosil bo’layotgan azot oksidlari 2-3 baravar kam miqdorda bo’lishiga erishiladi.
3. NO ning sintezi reaksiyasiga ingibitorlarni qo’shish ya`ni yonish zonasiga suv
bug’larini yuborish:
2 N2O + 2 S + O
2 N2 + SO + SO2
Lekin, ko’p miqdorda suv bug’lari berilishi CO ning miqdorini oshirib yuborishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-Mavzu. Atmosfera havosida zaharli moddalarning tarqalishi va tashlanayotgan chiqindilarning chegaraviy mumkin bo’lgan miqdorini hisoblash
|