|
Zaharli moddalarning chegaraviy mumkin bo`lgan miqdori haqida tushuncha
|
bet | 2/2 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 40 Kb. | | #118891 |
Bog'liq 1-mavzu (1)Zaharli moddalarning chegaraviy mumkin bo`lgan miqdori haqida tushuncha
Atmosfera havosiga tushayotgan turli iflos moddalarning zaharlilik darajasini ularning 1 m3 havodagi mg lar (mg/m3) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi. Aerozollar tarkibidagi changning miqdori esa bir birlik yuzaga chiqayotgan g lar (g/m2) miqdorini aniqlash yo’li bilan aniqlanadi.
Zaharli moddalarning insonga, hayvonlar va o`simliklarga eng minimal ta`sirini aniqlash uchun 200 xil modda uchun chegaraviy mumkin bo`lgan miqdor (ChMM) ishlab chiqilgan.
ChMM asosan quyidagi ko`rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan:
1. U yoki bu moddaning chegaraviy mumkin bo`lgan miqdori deb, uning shunday
miqdorini tanlab olinadiki, shu miqdordagi hap qanday modda insonga ta`sir ko`rsatganda, uning ish qobiliyatini kamaytirmaydi va salomatligi, kayfiyatiga hech qanday ta`sip ko`rsatmaydi.
2. Zaharli moddalarga moslashish noxush hisoblanib, o’rganilayotgan miqdorning
mumkin emasligining isboti hisoblanadi.
3. Zaharli moddalarning o`simliklarga, iqlimga, atmosfera havosining tiniqligiga va aholining yashash sharoitlariga noxush ta`sir ko`rsatayotgan miqdorini mumkin bo’lmagan miqdor deb belgilangan.
Har bir modda uchun tegishli ChMM qabul qilingandir.
Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi
Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi natijasida ularning miqdori bir muncha kamayadi, lekin bu hozirgi zamonda samara bermaydi.Balki zamonaviy tozalash moslamalari o’rnatilishi zaryr ekanligini taqozo etadi.Moddalarni atmosfera havosida tarqalishini aniqlash ularning yer yuzasiga yaqin joylashgan atmosfera qatlamidagi miqdorini hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi - C (mg/m3). Zaharli moddaning yer yuzasi sath konsentratsiyasining maksimal miqdori ChMM dan katta bo’lmasligi zarur
|
| |