|
Don tozalash texnologik uskunalarini tanlash va xisoblash
|
bet | 15/19 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #158178 |
Bog'liq Pomol partiyaDon tozalash texnologik uskunalarini tanlash va xisoblash
Don tozalash texnologik chizmasi chizib bo’lingandan so’ng texnologik uskunalar tanlanadi.
Tegirmonning don tozalash bo‘limidagi uskunalarni xisoblash va ularni tanlashda don tozalash bo‘limining ish quvvatini un tortish bo‘limidagiga nisbatan 20% ortiq qilib olinadi yoki
Qd.t = K* Qt
Bu erda: Qd.t - don tozalash bolimining ish quvvati (t/s).
K - zaxira koeffitsienti, K=1,2.
Qt - un tortish bo‘limining ish quvvati (t/s).
Uskunalarni tanlashda ikkita oqim (yuqori va past shaffoflikdagi donlar) uchun xisoblar parallel olib boriladi. Bunda tegirmonning bir sutkadagi quvvati - 300 t/s bulganda, don tozalash bulimining quvvati
Qd.t=1,2*300=360 t/s ga teng bulib, 1 soatdagi oqimi esa
ga teng bo’ladi.
U xolda xar bir oqimdan bir soatda tozalanadigan don xajmi
15:2=7,5 t/s.ga teng.
Avtomat tarozining ish unumdorligini xisoblash va tanlash.
Odatdagi ishlash rejimida avtomat tarozi donlarni bir minut oraligida 3 marta tortadi. Tarozining ish qobiliyati (kg/min) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
kg/min.
Ma’lumotnomadan ko’rinadiki avtomat tarozi kovushi (chumichi) ning xajmi 20, 50 va 100 kg. Avtomat tarozi bir minutda 3 marotaba tortishga muljallangan bulib, bunda tarozining ish qobiliyati kg/s ga teng. Avtomat tarozi kovushining xajmi 50 kg bo’lsa, minutiga n=50 x 3=150kg tortadi. Unda bitta avtomat tarozi qabul qilinib, uning kovushi xajmi 50 kg ga (rusumli D-50) teng bo’lishi kerak.
Don massasini engil, yirik va mayda chiqindilardan tozalash uchun separatordan birinchi otish sonini xisoblash kerak, u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda: Qt - don tozalash bolimida bir soatda tozalanadigan don massasining xajmi, t/soat.
qs - separatorning bir sutkadagi unumdorligi unumdorligi, t\s.
Bu xolda separatordan birinchi o’tishdagi don xajmi
ga teng buladi
Xisob bo’yicha xar bir oqimga bittadan A1-BIS-12 rusumli separatori qabul qilinadi.
Don massasida yuqorida qayd etib utilgan chiqindilardan tashqari mineral moddalar xam bo’lib, ular tosh ajratuvchi uskuna yordamida ajratiladi. Uning unumdorligi 9 t/soatga teng, u xolda;
Xisob bo’yicha xar bir oqimga bitta RZ-BKT rusumli tosh ajratuvchi uskuna o’rnatiladi.
Don massasidagi yovvoyi ut urug’lari va boshqa turli mayda chiqindilarni kukol ajratuvchi A9-UTK-6 uskunasi yordamida tozalanadi. Shuning uchun chizma asosidagi kukol ajratuvchi uskunaning ish qobiliyati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Xisob bo’yicha xar bir oqimga bittadan uskuna qabul qilinadi.
Xuddi shu usulda ovsyug, suli, arpa va dondan uzun bulgan chiqindilarni ovsyug ajratuvchi A9-UTO-6 uskunasi yordamida tozalash qabul qilinadi.
Donlarning ustki qismi va "sokol"lariga yopishib qolgan chang, loy va mikroorganizmlarni tozalash uchun don yuvuvchi J9-BMA uskunasiga yuboriladi. Xisob bo’yicha xar bir oqim uchun bittadan uskuna qabul qilinadi. J9-BMA uskunasining unumdorligi 10 t/soatga teng.
Don massasi yuvilib va ikkita uskunadan utish jarayonida uning meva, urug qobiqlari yumshab, bushashib qoladi, shuning uchun donlarni oqlash katta samara beradi. Donlarni oklash va ularga qoshimcha nam berish uchun A1-BSHU-1 uskunasidan foydalaniladi, uning ish unumdorligi 12 t/soatga teng, shuning uchun ikkala oqimga bittadan uskuna qabul qilinadi.
Namlangan donlarni dimlash uchun xamba (zakrom) larning xajmi Yuqori va past shaffoflikdagi donlar uchun aloxida xisob orkali topiladi. Yuqori shaffoflikdagi donlar ikki marta, past shaffoflikdagi donlar esa bir marta dimlanadi.
Yuqori shaffoflikdagi donlar uchun yana bir marta oqlash jarayonini qullash uchun birinchi dimlangan donni xambadan dozator va shnek noriyaga tushirib, sung uni 6-kavatga kutarib, A1-BSHU-1 uskunasiga yuboriladi orqali Shuning uchun bu oqimga bitta A1-BSHU-1 uskunasi urnatiladi va ikkinchi marta dimlash uchun xambalarga tushiriladi Ikkinchi dimlash muddati 6 soat deb qabul qilinib, ularning xajmlari tonnada topiladi.
Don tozalash bulimida tozalangan, namlangan va dimlangan don massasi quyidagi sifat ko’rsatkichlariga ega bulishi kerak:
- donning namligi - bugdoy uchun 15....16%;
- chiqindilar 0,4% dan ko’p bo’lmasligi, shu jumladan zararli iflos chiqindilar 0,05% dan ko’p bo’lmasligi, mineral chiqindilar umuman bo’lmasligi kerak;
- don chiqindilarining miqdori (javdar va arpa-bugdoy aralashmasida yoki arpa-javdar aralashmasida) 4% dan oshmasligi kerak.
- bugdoydan tayyorlangan navli unda xom kleykovina miqdori 26% dan kam bo’lmasligi, javdar unda esa 20% dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.
Uskunalar formula bilan xisoblab bo’lingandan sung jadval tuzilib, unga uskunalar rusumi (markasi), soni ko’rsatiladi. (3-ilova)
Chizmaning ung burchagiga shtamp (pasport) chizilib, unga talaba va raxbarning familiyasi, chizmaning nomi, qaysi masshtabda bajarilganligi ko’rsatib quyiladi. 12-jadval
|
| |