|
asosiy qism suv chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi nasos turini tanlash
|
bet | 1/7 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #246970 |
Bog'liq asosiy qism suv chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi nasos
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………..…2
2.ASOSIY QISM
2.1 SUV CHIQARISH QURILMASINING TEXNOLOGIK SXEMASI…...4
2.2 NASOS TURINI TANLASH……………………………………………..…5
2.3 QURILMA SUV QUVURINI XISOBLASH VA ULARNI TANLASH................................................................................................................9
2.4 SUV CHIQARISH QURILMASINING TASHQI TARMOQ XARAKTERISTIKASI………………………………………………………....12
2.5 ELEKTR YURITGICH TURINI TANLASH VA ELEKTR ENERGIYA SARFI……………………………………………………………..18
2.6 NASOSXONA VA SUV YIG’GICHNING GEOMETRIK O’LCHAMLARI…………………………………………………………...……21
3. SUV CHIQARISH QURILMA ASOSIY USKUNALARINI XAVFSIZLIK VA TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH QOIDALARIGA ASOSAN JOYLASHTIRISH………………………..……24
XULOSA………………………………………………………………..……..26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….…27
1.KIRISH
Hozirgi kunda butun dunyo davlatlari iqtisodiyotini katta qismini konchilik sanoatidan olayotgan daromadi egallaydi.dunyodagi eng rivojlangan davlatlrning ham bu darajada rivojlanishiga sababchi bo’lgan omillardan biri ham konchillik sanoatidir. Albatta mana shu rivojlangan davlatlar qatoriga O’zbekiston ham yuqori o’rinlarni egallab keladi. O’zbekistonning iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish uchun konchilik sanoatining xalq ho’jligida tutgan o’rni katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston zaminida sanoat ishlab chiqarishiga jalb etilmagan juda katta qimmatbaho mineral homashyo resurslari mavjud.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek “O’zbekiston zaminida mavjud bolgan boyliklarga ega bo’lgan mamlakatlar jahon xaritasida ko’p emas. Bu boyliklarni ko’pchiligi ishga tushurilmagan” bbu so’zlar bilan Prezidentimiz O’zbekistonning kelajagi buyuk degan ma’noda so’zlaganlar.
Bu so’zlarning negizini asoslagan holda prezidentimiz SH.M.Miromonovich tashabbuslari bilan 2017-2026 yillarda Navoiy KMK da 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 5 gidrometallurgiya zavodi ularning eng muhimlaridan biridir. Umumiy qiymati 396 million AQSh dollari bo’lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300ga yaqin ish o’rni yaratish imkonini beradi. SH. Mirziyoyev yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy- ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Sh.Mirziyoyev Auminzo-Amantoy oltin konlarida o’zlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdilar. Tadbirni videokonferensiya orqali Tomdi tumanida 5-gidrometallurgiya zavodi bunyod etiladigan hududda kuzatib turgan kombinat mutaxasislari konni porlatdi. 2017-2026-yillarda Navoiy KMKda 27 loyiha amalga oshiriladi. Qiymati 3milliard 63 million dollar bo’lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 % ga ortadi. Qo’shimcha 31 mingga yaqin ish o’rni yaratiladi.
Respublikamizning industrial rivojlanishi kon sanoatining o’sishi bilan uzviy bog’langan. O’z navbatida, kon sanoatining rivoji ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning ko’payishi yangi shaxta, karier va razrezlarni ishga tushirish, eskilarini ta’mirlash bilan amalga oshiriladi. Bu borada ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asosida foydali qazilmalarni qazib olish texnologiyasining ilg’or usullariga suyaniladi.
Zamonaviy shaxtalar qudratli elektromexanik xo’jaligi bilan ta’minlangan bo’lib, bular jumlasiga suv chiqarish, ventilyator va pnevmatik qurilmalari kiradi. Bu qurilmalar muayyan joyga o’rnatilib ishlatilishi bilan boshqa qurilmalardan farqlanadi va turg’un qurilmalar deb ataladi. Turg’un qurilmalarning ravon ishlashi texnologik jarayonlarga ijobiy ta’sir qiladi va ish unumdorligining ortib borishini ta’minlaydi.
Suv chiqarish, ventilyator qurilmalarining nazariy asoslari ish uslubi va tuzilishidagi umumiylik bu qurilmalarni bir-biridan ajratmasdan o’rganish imkonini beradi. Bu fanni o’rganish matematika, umumiy fizika, gidravlika, nazariy mexanika, kon elektro mexanikasi kabi fanlardan olingan bilimlarga asoslanadi. Suyuqlikni harakatga keltirishga mo’ljallangan qurilmalar ko’hna tarixga ega. Suv ta’minotini yo’lga qo’yish ishlari eramizdan avvalgi 5 minginchi yillardan boshlangani ma’lum. Jamoalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash qadimda Bobil, Hindiston, Misr, Xitoy kabi mamlakatlarda boshlandi. Suv ta’minoti quduqlar va korizlar qazishdan boshlangan.
Aksariyat hollarda suvni balandliklar farqi hisobiga harakatlantirilgan. Suv ko’tarish mexanizmlarining ixtirosi nasos qurilmalarining ibtidosi deb qaralsa bo’ladi. Oddiy charxpalak bizga ma’lum bo’lgan eng qadimiy suv ko’tarish mexanizmidir. Uning unumdorligi 8-10 m3/soat va suv ko’tarish balandligi 3-8 metrni tashkil etadi. Zanjirli nasoslar (zanjirga cho’michlar biriktirilgan) eramizdan 1700 yil avval ma’lum bo’lgan. Qohirada shunday nasos vositasida 91.5 metr chuqurlikdan suv olingan.
O’zbekiston cho’l va sahrolarida quduqdan suv chiqarishda arqonli va tasmali nasoslardan foydalanish ham shunday qadimiy tarixga ega. Eramizdan 200 yil avval Iskandariyada (Misr) qurilgan porshenli nasos shu turdagi zamonaviy nasoslarning bobokoloni desa bo’ladi. Taxminlarga ko’ra Ktbius yaratgan bu nasos porshenli nasoslarning deyarli hamma konstruktiv elementlariga ega (Plunjr, sharnirli klapinlar, plunjerning ekssentrik yuritkichi va h.k.).
|
| |