|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 171/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiSirt-faol moddalarning (SFM) suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish. OP-10 tipidagi sirt-faol moddalar eritmalari ko’p qo’llaniladi. SFM ni haydalayotgan suvga qo’shish orqali uning yuvish xususiyatlari yaxshilanadi: neft bilan chegaradosh zonalardagi suv tarangligi pasayadi, chekka namlanish burchagi kamayadi va b. Bu metod uyumdagi qatlamlarning suvga to’yinganligi 15% gacha, neft qovushqoqligi 5-30 mPa·s, qatlam o’tkazuvchanligi 0,03-0,04 mkm2, qatlam temperaturasi 70oS gacha bo’lganda qo’llaniladi. Ushbu metoddan foydalanib neftning chiqarib olish koeffitsientini 3-5% ga oshirish mumkin.
Mitsellyar eritmalar yordamida neftni siqib chiqarish. Bu metodda siqib chiqaruvchi omil sifatida qatlamga mitsellyar eritma haydaladi (uyumdagi bo’shliqning 10% ga yaqin hajmiga), uning ingichka hoshiyasi bufer suyuqlik – polimer eritmaning keng hoshiyasi ta’sirida siljiydi, keyingi hoshiya esa ishchi omil – suv yordamida harakatlanadi.
Mitsellyar eritma engil uglevodorodli suyuqlik, chuchuk suv, sirt-faol moddalar
va barqarorlashtirgichlardan tarkib topgan. Eritma mikroemulsiyadan iborat bo’lib, suv molekulalari agregatlari (mitsell) va uglevodorodlardan iborat. Bu metod yordamida qatlam nefti, mitsellyar eritma va bufer suyuqlik qovushqoqligi qiymatlari bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Metod suv bostirilgan qatlamlardagi qoldiq neftni chiqarib olishga mo’ljallangan. Mitsellyar eritmalarni bir xil tarkibli, karbonat sementi yo’q, g’ovak tipli terrigen kollektorlardagi neft uyumlarida qo’llash tavsiya etiladi. Ma’lumki, eritma turli tarkibli kollektorlarda va uning karbonatlar bilan tutashgan joylarida harakatlanganda strukturasi buziladi. Qatlamning o’rtacha o’tkazuvchanligi 0,1 mkm2 dan katta bo’lishi darkor. Qatlamning qoldiq neftga to’yinganligi texnologik jihatdan metodni qo’llashni cheklamaydi, lekin metodni qimmatbaholigi uning miqdori 25-30% dan ko’p bo’lgandagina qo’llashni taqazo etadi. Qatlam neftining qovushqoqligi 3 dan 20 mPa·s gacha bo’lganda ushbu metoddan foydalansa bo’ladi, chunki qovushqoqlik juda yuqori bo’lsa, eritmaning va bufer suyuqligining ham qovushqoqligi yuqori bo’lishi talab etiladi. Tuzlarning eritma strukturasiga salbiy ta’sir etishidan ushbu metodni chegara ichra chuchuk suv haydalayotgan ishlatish ob’ektlari uchun qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qatlam temperaturasi 70-900S dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Qatlamga yer yuzasidan turib issiqlik (bug’ yoki qaynoq suv) yuborishga asoslangan metod.
Neftni bug’ yordamida siqib chiqarish. Yuqori qovushqoqlikka – 40-50 mPa·s ega bo’lgan uyumlarni ishlatishga asoslangan metod bo’lib, oddiy suv bostirish metodidan foydalanib bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Sobiq Ittifoqda va O’zbekistonda qatlamga suv bostirish bilan birga bug’ ham yuborib ta’sir etish jarayoni nazariy jihatdan asoslangan. Qatlamga yuborilayotgan bug’ uyum bo’shlig’i hajmining 20-30% ni egallab, unda yuqori haroratli hoshiya hosil qiladi va qatlamga haydalayotgan suv bilan aralashadi. Ushbu metodni qo’llash natijasida neftni chiqarib olish koeffitsienti miqdori 0,4-0,6 va undan yuqoriroq bo’ladi.
Ushbu metod samarasi qatlam nefti qovushqoqligining pasayishida, bug’ tarqalgan zonada neftning tozalanishida, jins-kollektorlar g’ovaklari devoriga yopishgan smola, asfaltenlar va boshqalarning erishi va oqizib ketilishida ko’rinadi.
Kon-geologik tavsifiga ko’ra, ushbu metodni qo’llash mumkin bo’lgan uyumlarni tanlashda birinchi navbatda bug’ quduqda, so’ngra qatlamda harakatlanayotganda kam yo’qolishi hisobga olinadi. Bu metoddan qatlamning yotish chuqurligi 1000 m gacha bo’lganda foydalanish samarali hisoblanadi, chunki chuqurlik qanchalik katta bo’lsa, issiqlikning yo’qolishi ham shuncha ko’p bo’ladi. Neftga to’yingan qatlamning qalinligi 10-40 m bo’lsagina metod naf beradi. Agar qalinlik kam bo’lsa, mahsuldor qatlamning ustidagi va ostidagi qatlamlarga issiq o’tib ketishi mumkin.
Neftga to’yingan qatlamning qalinligi juda katta bo’lsa, issiqlik bilan uning bir qismigina qamrab olinishi mumkin, bunday hollarda qatlam ob’ektlarga ajratiladi.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlari yuqori (g’ovaklilik koeffitsienti 0,2% dan yuqori, o’tkazuvchanligi 0,5 mkm2 dan katta) bo’lganda metoddan foydalanish foydali hisoblanadi, chunki bunday hollarda mahsuldor qatlam jinslarini qizdirishga issiqlik kam sarflanadi. Boshlang’ich neftga to’yinganligi yuqori bo’lgan uyumlarni ishlatishda bu jarayon yaxshi samara beradi, chunki qatlamdagi suvlarni qizdirishga juda oz issiqlik sarflanadi.
Jins kollektorlarning turg’unligi past bo’lsa, qatlamga bug’ haydalganda uni buzib yuborishi, natijada jins zarralari suyuqlik chiqaruvchi quduqlardan yer yuzasiga chiqishi hamda qatlamdagi gil jinslarning bo’kishi natijasida g’ovaklar o’lchami kamayishi va o’z navbatida o’tkazuvchanligi pasayishi mumkin. SHu
sababli ob’ektlarni tanlashda qatlamdagi jinslar turg’unligi yuqori, gilliligi (10%dan) kam bo’lgani ma’qul. Metodni qo’llashga eng qulayi monomineralli kvartsli qumtoshlar, kamroq qulayi polimiktli (gil jinslar bo’laklari bo’lgan) qumtoshlar hisoblanadi. Metodni qo’llash quduqlar oralig’i 200-300 m bo’lganda samara beradi.
|
| |