kesimning mahsuldor qismini ochish uyumning filtratsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Agar neft qovushqoqligi past − 1-2 mPa·s gacha, o’tkazuvchanligi yuqori va mahsuldor qatlamning tuzilishi bir tarkibli bo’lsa, bunday sharoitlarda neftga to’yingan jinslarning yuqori qismida neft ochilishi mumkin, u pastda joylashgan neftli qatlamdan yuqoriga siqib chiqarilgan bo’ladi. Neft qovushqoqligi past bo’lib, jins-kollektor har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa yoki neft qovushqoqligi yuqori bo’lsa, u holda neftga to’yingan qalinlik asta-sekin ochib boriladi.
Neftdan gazning ajralishi hisobiga hosil bo’ladigan energiyadan foydalanib uyumni ishlatish sistemasi. Neft va gaz uyumlarini erigan gaz rejimida ishlatishda ishlatish quduqlari odatda bir maromda joylashtiriladi, quduqlarni perforatsiyalash neftga to’yingan qalinlikni to’liq qamrab oladi.
Qatlam suvlari va gaz qalpog’i gazi bosimlaridan birgalikda foydalanib uyumni ishlatish sistemalari. Bu sistema gaz-neft uyumining neftli qismini ishlatishda uning aralash rejimidan foydalanishni va neftni chegara suvi hamda gaz qalpog’i gazi bilan siqib chiqarishni nazarda tutadi. Ishlatish quduqlari bir maromda joylashtiriladi va neftga to’yingan qalinlikning suv-neft tutash yuzasidan uzoqroqdagi qismigina teshiladi.
Suv gazga nisbatan yaxshi yuvish xususiyatiga ega bo’lgani uchun bu sistemani gaz qalpog’i nisbatan kichik uyumlar uchun qo’llash afzalroqdir. A.V.Afanaseva tomonidan bajarilgan hisob-kitoblarga ko’ra suv va gaz bilan neftni siqib chiqarish jarayoni uyumning neftli va gazli qismlarining hajmlari (V
n/V
g) nisbatiga bog’liqdir (10.2-jadval).
10.2-jadval Qatlamga suv(Q
c) va gaz(Q
g) haydab chiqarib olinadigan neft(%)
-
Vn/Vg
|
Qc
|
Qg
|
3/1
1/3
1/7
|
74,3
51,2
33,5
|
15,5
38,5
56,5
|
Uyumning neftli qismining hajmi gaz qalpog’inikiga nisbatan katta bo’lsa, suv bosimining ta’siri samaraliroq bo’ladi, gaz qalpog’idagi gaz bosimining kamayishi esa qatlamlarning yotish burchagi va uyumning neftli qismining balandligi katta, qatlam bosimi va jinslarning o’tkazuvchanligi qiymati yuqori hamda jinskollektorlarning suv singdirishi kuchli bo’lganda kuzatiladi. Bunday sharoitlarda uyumni ishlatish suv va gaz konuslarining hosil bo’lishi bilan murakkablashadi.
Gaz-neft tutash yuzasi holati qo’zg’almas bo’lganda qatlam suvi bosimidan foydalanib uyumni ishlatish sistemalari. Sistema neft-gaz uyumidan (aralash tabiiy rejimda) neftni gaz qalpog’i hajmi o’zgarmas bo’lganda qatlamga suv haydash orqali chiqarib olishga mo’ljallangan. Gaz-neft tutash yuzasini uning boshlang’ich holatida barqarorlashuvini ta’minlash uchun gaz qalpog’idagi bosim boshqariladi, undan maxsus qazilgan quduqlar orqali ma’lum bir hajmdagi gaz chiqarib olinadi, uning miqdori uyumning neftli qismidagi bosimni pasayish sur’atiga mos kelishi kerak.
Uyumni ishlatishning bunday sistemasida quduqlarni perforatsiyalash oralig’i gaz-neft tutash yuzasiga yaqinroq bo’lishi mumkin. Lekin perforatsiyalash oralig’ini tanlashda suv va gaz konusining hosil bo’lish imkoniyatini hisobga olish hamda suvneft tutash yuzasi sathining ko’tarilish sharoitida ishlatish quduqlarining suvsiz ishlaydigan davrini uzaytirishga harakat qilish lozim. Gaz-neftli uyumlarning neftli qismini ishlatishda eng qulay perforatsiyalash intervallarini asoslash metodi tegishli bobda berilgan.
Gaz qalpog’i energiyasi ta’sirini yo’qotib, uyumni ishlatish sistemasi uyumning neftli qismi balandligi katta, neft qovushqoqligi past, qatlamning o’tkazuvchanligi yuqori va qatlam kesimida suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar mavjud bo’lganda muvaffaqiyatli qo’llaniladi.