|
Benzinlarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha sifatini aniqlash. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 26,23 Kb. | | #117745 |
Bog'liq 1-labaratoriya atrabotka
BENZINLARNING ASOSIY FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI BO’YICHA SIFATINI ANIQLASH.
Reja :
Benzinlar haqida umumiy ma’lumotlar
Avtomobil benzinlarining fizik – kimyoviy va ekspluatatsion xususiyatlari
Benzinlarga qo‘shilmalar
Avtomobil benzinlari neft, gaz kondensati, tabiiy gaz, ko‘mir, torf va yonuvchi slanetslarni qayta ishlab shuningdek, uglerod oksidi va vodorodni sintez qilib olinadi.
Avtomobil benzinlarini ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo neft hisoblanadi: dunyoda qazib olinadigan neftning salkam 25 foizi benzin qilib qayta ishlanadi.
Benzin qaynash harorati 35-205 0S bo‘lgan uglevodorodlar (CN14, C7N16, C8N18) va yonilg‘ining ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashga mo‘ljallangan qo‘shilmalar aralashmasidir.
Avtomobil benzinlarining asosiy markalari GOST 2084-77 bo‘yicha :
A-76 – oktan soni motor usuli bo‘icha 76 dan kam emas (keyinchalik
tadqiqot usullariga muvofiq AI-80 deb nomlangan);
AI-91 – oktan soni tadqiqot usuli bo‘yicha 91 dan kam emas;
AI-92 – oktan soni tadqiqot usuli bo‘yicha oktan soni 92 dan kam
emas;
AI-95 – oktan soni tadqiqot usuli bo‘yicha 95 dan kam emas;
AI-98 – oktan soni tadqiqot usuli bo‘yicha 98 dan kam emas;
Yonilg‘ilarning bug‘lanuvchanligi fraksiya tarkibi bilan tavsiflanadi.
Dvigatelni yengil ishga tushirish, qizdirish, qizdirilgan dvigatelning har xil rejimlarda ishonchli ishlashi, shuningdek, dvigatel ishlayotganda ta’minlash tizimi va silindrlardagi qatron cho‘kmalarini qisman kamaytirish fraksiya tarkibiga bog‘liq.
Benzinlar uchun belgilangan standartlarga muvofiq, fraksiyalar tarkibi haydash boshi (h.b.) da. Qaynash harorati (10%, 50%, 90%) va haydash oxiri (h.o.) harorati bilan cheklanadi.
Haydash boshi harorati hamma benzinlar uchun 35°C bo‘ladi, yozgi navlar uchun 40-45°C ga ruhsat etiladi.
Dvigatelni yengil ishga tushirish haqida 10% harorat bo‘yicha xulosa qilinadi. Bunday harorat yozgi benzinlar uchun 70% dan, qishki benzinlar uchun 55°C dan oshmasligi kerak. U to‘yingan bug‘lar bosimi (TBB) bilan bog‘liq.
Zichlik
Ko‘p benzinlarning zichlik qiymatlari yaqin bo‘lib, 730-780 kg/m3 (20°C) atrofida bo‘ladi. Yonilg‘ilarning zichligi ularning kimyoviy tarkibi, molekulyar massasi va haroratiga bog‘liq. Zichlik neftedensimetrlar – maxsus areometrlar bilan aniqlanadi (2.4, 2.5-rasm). Zichlik quyidagi formula bilan topiladi:
420 t 4 (t 20C )
bu yerda : t - g/sm3 ni aniqlash haroratida yonilg‘ining zichligi;
- haroratni tuzatish koeffisienti.
|
| |