|
Benzinlarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha sifatini aniqlash. Reja
|
bet | 2/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 26,23 Kb. | | #117745 |
Bog'liq 1-labaratoriya atrabotkaQovushqoqlik
Qovushqoqlik – bu, molekulyar ishqalanish kuchlari. Dinamik va kinematik qovushqoqlik farqlanadi. Dinamik qovushqoqlik birligi sifatida shunday suyuqlikning qovushqoqligi qabul qilinganki, uning yuza birligi surilish tezligi gradienti birga teng bo‘lganda, o‘zining siljishi uchun kuch birligiga teng bo‘lgan kuchni talab qiladi. Dinamik qovushqoqlik birligi Pa *c.
Detonatsiya bardoshlilik, oktan soni
Yonilg‘ilarning detonatsiya bardoshligi oktan soni bilan baholanadi. Benzinlarning detonatsiya bardoshliligi – dvigatelning ruhsat etilgan siqilish darajasiga ta’sir qiluvchi, uning quvvat iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlovchi omil. Yonilg‘ilarning detonatsiyali yonish yuz berishiga bardoshliligi uning guruhli kimyoviy tarkibiga, antidetonatsion qo‘shilmalar miqdoriga bog‘liq.
Kimyoviy barqarorlik
Kimyoviy barqarorlik benzinlarning uglevodorod tarkibiga bog‘liq.
Kimyoviy barqarorlik miqdorini induksion davr bilan, ya’ni vaqtning daqiqalar bilan ifodalangan oralig‘i bilan baholanadiki, bunda yonilg‘i 0,7 MPa bosim va 100 0C harorat bilan sof kislorodli atmosferada maxsus germetik idishda turganda kislorod bilan oksidlanish reaksiyasiga kirishmaydi.
Kimyoviy birikmalar
Korroziyaga boriluvchan moddalarning eng aktivi oddiy oltingugurt, vodorod sulfidi va merkantlardir. Ular katta idishlarga taralar va dvigatellarning yonilg‘i uzatish tizimalarini korroziyalaydi.
Oltingugurtli birikmalar miqdori mis plastinka yordamida rangning o‘zgarishiga qarab baholanadi
Suv va mexanik qo‘shilmalar miqdori
Benzin tarkibida suv va mexanik unsurlar bo‘lishi ruxsat etilmaydi. Mexanik unsurlar dvigatellarda jiddiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: karbyurator jiklerlarini, porshen xalqalarini, silindr yuzalarini yemiradi, filtrlarni, yonilg‘i naychalarini tiqiltiradi va x.k.
Karbyuratorlar va dvigatelning kiritish yo‘llari kirlanib qolmasligini ko‘zlab, AQSHda birinchi bo‘lib yuvadigan moddalar benzinga qohimcha sifatida qo‘llana boshladi. Chiqindi gazlar bilan atmosferaga zararli moddalar qo‘shilib ketishini kamaytirish maqsadida shunday zaruratni tug‘dirgan. Amaliyot ko‘rsatishicha, salt yurish rejimida, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori bo‘yicha nazoratdan qoniqarli o‘tgan avtomobillar ma’lum bir yo‘lni o‘tgandan keyin aynib qoldi. Buning sabablari – so‘rish sistemasida cho‘kmalar hosil bo‘lishi, havo ta’sirida oksidlanishlar va qizigan yuzalarda beqaror olefin-uglerodlarning, shuningdek, karter gazidagi reaktv birikmalarning polimerlanishidir; karter gazlari odatda, uglevodorodlar emissiyasini kamaytirish uchun so‘rish sistemasiga yo‘naltiriladi.
Yuvadigan moddalar yordamida karbyuratorni ifloslanishdan saqlaganda karbyuratorning zavoddagi rostlanishi buzilmaydi, demak, benzin sarfi kam bo‘ladi, chiqindi gazlarning zararlari, karbyuratorni rostlash bilan bog‘liq ta’mirlar kam bo‘ladi.
Benzinga qo‘shiladigan qo’shimchalarning eng mukammali karbyuratorda, kiritish klapanlarida, forsunkalarda va dvigatelning boshqa detallarida qatlamlanish jarayoniga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, yonish kamerasida qurum (so‘xta) hosil bo‘lishini kamaytiradi, natijada benzinning detonatsiya xususiyatlariga talablar ham pasayadi. Shu sabablarga ko‘ra, qo’shimchalarning ahamiyati oshdi. AQSH va Evropaning ba’zi mamlakatlarida benzinga yuvish vositalarini qo‘shish shart. Ularni “Shell”, “BASF”, “Lubri-zol”, “Etil” va boshqa firmalar ishlab chiqaradi.
|
| |