NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI




Download 11,69 Mb.
bet167/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

10.5. NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI


Gaz qalpoqli mahsuldor qatlamlar va neft uyumlari qatlamga ta’sir etish yo’li bilan ishlatilganda gaz qalpog’i va neft uyumi hajmlari nisbatiga hamda neft uyumining balandligiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Uyumni tabiiy sharoitlarda (bosimni saqlash ishlarini bajarmasdan) ishlatishda gaz-neft tutash yuzasi holatini saqlash muhim tadbirlardan hisoblanadi, unga erishish uchun chiqarib olinayotgan gaz va neft debiti boshqarib turiladi.
Neft uyumining hajmi nisbatan katta bo’lsa, uni ishlatish jarayonida gaz qalpog’idan gazning yorib chiqishining oldini olish maqsadida to’siqli suv bostirish amalga oshiriladi. Bunday holda gazlilikning chegarasi ichi bo’ylab yoki uning yaqinida chiziqsimon joylashtirilgan haydash quduqlari orqali suv yuboriladi, natijada qatlamda suv to’sig’i hosil bo’ladi. U gaz shapkasini neft uyumidan ajratadi va neftning muvaffaqqiyatli chiqarib olinishini ta’minlaydi.
Agar neft va gaz uyumida neft faqat yirik gaz uyumi bo’ylab neft hoshiyasini hosil qilsa, uni yer yuzasiga chiqarib olish juda qiyin kechadi. Bunday holda uyumning ishlatish samaradorligi ishlatish quduqlarining (gazlilik va suvlilik chegaralariga nisbatan) to’g’ri joylashtirilishiga bog’liq. Neft uyumidan neftni chiqarib olmasdan turib, gaz shapkasidagi gazni cheklanmagan miqdorda chiqarib olish yomon oqibatlarga olib keladi.
Neft va gaz zaxiralari katta bo’lsa, ularni ishlatish masalasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hal qilinadi va navbat bilan amalga oshiriladi. Bunda gaz shapkasidan gaz olish chog’ida neft yo’qotilishini baholash muhimdir.
Shuningdek, neft va gaz uyumlarini ishlatishda qatlam bosimini saqlash va gazneft tutash yuzasi holatining harakatsizligini ta’minlash maqsadida chegara tashqarisiga suv bostirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.


Download 11,69 Mb.
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI

Download 11,69 Mb.