-rasm. Uyumni bo’laklarga bo’lib, navbati bilan chegara ishiga va tashqarisiga suv bostirish




Download 11,69 Mb.
bet164/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

10.7-rasm. Uyumni bo’laklarga bo’lib, navbati bilan chegara ishiga va tashqarisiga suv bostirish. 1 – neftlilik chegarasi; 2 – haydash quduqlari, 3 – ishlatish quduqlari

ayrim maydonlarga, bloklarga va uzunchoq bo’laklarga bo’lib, mustaqil ishlatishda keng qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning bu metodi neftli hamma maydonni bir yo’la samarali ishlatish imkonini beradi.

Neft uyumini kesib suv bostirish ko’p
afzalliklarga ega, bu metod konning markaziy qismlarini ishga tushirishda ahamiyatli. Uyumni ishlatishning ushbu sistemasining samaradorligi uyumning haydash quduqlari qatori bilan kesishgan joyini to’g’ri tanlashga bog’liq. Ular yo’nalishini tanlashda, mahsuldor jinslarning litologik tarkibining regional o’zgarish qonuniyatlarini va ularning kollektorlik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Kollektorlik xususiyatlari yo’l-yo’l ko’rinishda o’zgarsa, haydash quduqlari qatorini ularni to’liq qamrab olish uchun ko’ndalang yo’nalishda joylashtirish kerak.
Agar mahsuldor qatlam yirik regional zonalarda qiyiqlansa yoki kollektor zich jinslar bilan o’rin almashsa, u holda uyumni kesuvchi quduqlar qatorini qiyiqlanish zonasi yoki kollektorlardagi o’rin almashish chegaralariga perpendikulyar joylashtirish lozim. Agar qatlamning litologik-kollektorlik xususiyatlari o’zgarishida aniq qonuniyatlar kuzatilmasa, kesuvchi quduqlar qatori strukturaning uzun o’qiga ko’ndalang yoki neftlilik chegarasi uzunligining asosiy yo’nalishiga perpendikulyar joylashadi.
Haydash quduqlari qatorini juda qalin qatlamli, yaxshi kollektorlik xususiyatiga ega bo’lgan erlarga joylashtirish lozim, bunday qilganda haydash quduqlarini o’zlashtirish jarayoni engillashadi hamda katta hajmdagi suvni qatlamga haydash mumkin bo’ladi. Uyumni ishlatish jarayonining samaradorligi asosan qatlamga haydalayotgan suv hajmi bilan belgilanadi.
Ishlatish quduqlari qatorini shunday joylashtirish kerakki, toki haydalayotgan suv egallagan maydon suv chiqarish maydoniga ro’para tursin. Ishlatish quduqlari qatori orasidagi va quduqlar oralig’idagi masofalar kollektorlarning geologik tuzilishi va ularning fizik tavsifiga ko’ra belgilanadi. Uyumlarni ishlatish amaliyotidan kelib chiqqan holda neft uyumlarini 5-6 km kenglikdagi bo’laklarga kesish va har bir bo’lakda ishlatish quduqlarining beshtagacha qatorini joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Konlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi past bo’lganda ishlatish quduqlari uch qatorli qilib joylashtiriladi, kesilgan bo’laklar kengligi 3 km dan oshmaydi.
Uyumning qirqish bo’laklari kengligini belgilashda neftning harakatchanlik (Kh/μ) miqdori muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Neft harakatchanligi 0,1·10-12 m2/(mPa·s) bo’lganda, qirqish bo’laklari kengligi 4-5 km li ishlatish quduqlari besh qatorli qilib joylashtiriladi. Neft harakatchanligi past (0,05÷0,1)·10-12 m2/(mPa·s) bo’lsa, qirqish bo’laklari kengligi va ishlatish quduqlari qatori soni kam bo’ladi.
Uyumni kesish va birinchi ishlatish quduqlari oralig’igacha bo’lgan masofa qatlamning kollektorlik xususiyatlariga ko’ra tanlanadi va uning qiymati 1000-1300 m ga teng bo’ladi.
Demak, chegara ichra suv bostirish turli geologik-geofizik sharoitlardagi uyumlarni ishlatishda samara beradi, bu metodni faqat kollektorlar o’tkazuvchanligi juda past yoki qatlam nefti qovushqoqligi yuqori bo’lganda qisman qo’llash mumkin. Mahsuldor qatlamlarning litologik-kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligiga va ular tarkibining har xilligiga, neftning o’tkazuvchanlik va qovushqoqlik tavsifiga bog’liq holda uyum bloklarga va uchastkalarga ajratiladi. Blokli sistemani neft uyumi kengligi 4-5 km ni tashkil etganda, uyum jinslari o’tkazuvchanligi past va kengligi kamroq hamda kollektorlar tarkibi har xil va neft qovushqoqligi yuqori bo’lganda qo’llash mumkin.
Uyumlarni bloklarga va uchastkalarga bo’lishdan tashqari, chegara ichra suv bostirishning boshqa variantlari ham mavjud, ularga: chegara ichi markazidan, gumbaz (o’q) bo’ylab, o’choqsimon, maydoniy va tanlab suv bostirishlar kiradi.
Chegara ichi markazidan suv bostirish – V.N.Shelkachev taklif etgan metod bo’lib, unda uyum markazida haydash quduqlari halqasimon joylashtiriladi, suv bostirish uyumning 5% gacha bo’lgan maydonini ishg’ol qilishi lozim. Bu metoddan chegara tashqarisida va chegara ichki qismlarida qatlamning o’tkazuvchanligi past bo’lganda foydalansa bo’ladi. Bunday holda chegara ichi markazida suv bostirishni mustaqil ravishda qo’llash mumkin. Juda yirik neft uyumlarini ishlatishda bu metod uyumning ishlatish muddatini qisqartirish imkonini beradi va neft zaxirasini samarali chiqarib olishga sharoit yaratadi.
Uyumni ishlatishda haydash quduqlarini halqasimon joylashtirish sistemasini
qo’llashda uyumning umumiy maydonini 5% dan ko’pi ishg’ol qilinsa, bu metod samara bermaydi, chunki bunda haydalayotgan suv ikki tomonlama harakat qilib, nazoratni qiyinlashtiradi.



Download 11,69 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Uyumni bo’laklarga bo’lib, navbati bilan chegara ishiga va tashqarisiga suv bostirish

Download 11,69 Mb.