|
UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH
|
bet | 179/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 11.4. UYUMNING NEFT BERAOLISHINI LOYIHALASH
Uyumning neft beraolishi neftning boshlang’ich balans zaxirasidan foizda aniqlanadi, yoinki o’lchamsiz kattalik bo’lib, uyumning neft beraolishlik koeffitsienti orqali aniqlanadi. Neft beraolishlik koeffitsienti qazib olinadigan neft zaxiralari hajmining uning boshlang’ich balans zaxirasi hajmiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Kon sharoitida neft beraolishlikni o’rganishda yer qa’ridan neftni qazib olishning quyidagi ko’rsatkichlari aniqlanadi:
yakuniy neft beraolishlik fan va texnikaning ayni paytdagi rivojlanish darajasi va imkoniyatiga ko’ra qazib olingan neft miqdorining uning balans zaxirasi miqdoriga bo’lgan nisbati;
joriy neft beraolishlik hisoblash sanasi uchun qazib olingan neft miqdorining boshlang’ich balans zaxirasiga bo’lgan nisbati;
qatlamning suv bostirilgan hajmining neft beraolishligi uyumning suv bostirilganligi sababli keyinchalik neft olish to’xtatilgan qismidan qazib olingan neft miqdorining uning shu qismidagi boshlang’ich zaxirasiga nisbati.
Uyumning ishlatish sistemasini loyihalashda uning yakuniy neft beraolishlik koeffitsienti miqdorini tanlash murakkab vazifa hisoblanadi, chunki u ko’pgina omillarning ta’siri bo’yicha aniqlanadi. Ko’pincha yangidan ishga tushirilayotgan uyumlarni neft beraolishlik miqdorini tanlashda, geologik tuzilishi o’xshash ishlatilayotgan yoki ishlatilib bo’lingan uyumlardan olingan ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Bundan tashqari loyihalash bosqichida qatlamni yakuniy neft beraolishlik
imkoniyatini bashoratlash uchun uning qiymatiga ta’sir etadigan turli geologikgeofizik omillarni hisobga olish zarur.
Nisbatan bir tarkibli va har xil tarkibli terrigen kollektorlarning neft beraolishlik koeffitsientini jinslarning o’tkazuvchanligi kna va neftning harakatchanligiga o bog’liqligi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. Qatlamlarni bu yoki boshqa guruhga kiritish mezoni qilib uch ko’rsatkich bo’linish koeffitsienti, qumlilik koeffitsienti va mahsuldor gorizont tarkibidagi xarakterli qatchalar soni olingan. Nisbatan bir xil tarkibli ob’ektlarga bo’linish koeffitsienti 2,1 dan kam, qumlilik koeffitsienti 0,75 dan ortiq va kesimida xarakterli qatchalar soni uchtadan kam bo’lgan gorizontlar kiritilgan. Tuzilishi har xil tarkibli ob’ektlarga esa bo’linish koeffitsienti 2,1 dan ortiq, qumlilik koeffitsienti 0,75 dan kam, kesimida uchtadan ko’p xarakterli qatchalar bo’lgan gorizontlar kiritilgan.
|
| |