• 12.5.1. Konning ishlatish bosqichlari va tavsifi
  • KONNING ISHLATISH JARAYONIDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK NAZORAT




    Download 11,69 Mb.
    bet187/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    2.5. KONNING ISHLATISH JARAYONIDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK NAZORAT


    Konning ishlatish jarayonining kon-geologik nuqtai nazardan nazorat qilish
    neftni yer qa’ridan chiqarib olish jarayonini o’rganish va tahlil qilishdan, neftni chiqarib olish dinamikasiga va neft uyumining suvlanishiga, zaxiralarni butkul chiqarib olishga ta’sir etadigan omillarni va ishlatish jarayonini to’liq tavsiflaydigan boshqa ko’rsatkichlarni aniqlashdan iborat.
    Konni ishlatishni nazorat qilish samarasi asosan sanoat − tajriba va konchilik tadqiqotlarining hajmi va ularni muntazam ravishda bajarilishiga bog’liq. Bunday tadqiqotlar natijasida neftning yer qa’ridan to’liq chiqarib olinishiga ta’sir etadigan turli omillar aniqlanadi. Bularga quduqlar to’rining zichligining uyumning neft beraolishligiga va neft olish sur’atiga ta’siri, gidrodinamika metodlari bilan yer qa’rining chuqur qismlarida tadqiqotlar o’tkazish, turli konchilik tadqiqotlarini (quduq debitini o’lchash, quduqning qabul qilaolishligi, suvlanganligi va h.k.) amalga oshirish, neft va suvning kimyoviy tarkibini tahlil qilish, radiometrik tadqiqotlar o’tkazish, sarf o’lchagich va miqdor o’lchagichlar yordamida qatlamning ishlatilganlik darajasini aniqlash va b. tadqiqotlar mansub.
    Konda o’tkaziladigan geofizik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bular yordamida turli texnik mustahkamlash (quvurlar birikmasi ortida suyuqliklar harakatlanishi kuzatilganda, mustahkamlash quvurlari birikmasi buzilganda, sementning ko’tarilgan balandligini aniqlashda va sh.o’.) va geologik-kon masalalari (ayniqsa bir va har xil tarkibli qatlamlarga suv bostirishni nazorat qilish masalasi) hal etiladi.
    Qatlamlarga suv bostirish tadqiqotlari majmuasining asosini impulsli neytron metodlari tashkil qiladi. Mazkur metodlarning qo’llanishi qatlamlarga suv bostirishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash, uyumni ishlatishni nazorat qilish imkoniyatini yaratadi va suvlangan qatlamlarni samarali izolyatsiyalashni ta’minlaydi.
    Konni ishlatishning jadal sistemalaridan foydalanishda suv bostirishning o’choqsimon va maydoniy xillarini qo’llash samarali bo’lib, uni nazorat qilishda rang, izotop va b. qo’shilgan suyuqliklar ishlatiladi. Bajarilgan ishlarning natijalari neft konlari geologiyasining bir qator masalalarini hal qilishda va uyumlarni ishlatishning nazorat etishda qayd etilgan metodlarning imkoniyatlari kattaligidan darak beradi.
    Mazkur metodlar ishlatish ob’ektidagi qatlamlar oralig’idagi haydash va ishlatish quduqlari oralig’idagi bog’liqliklarni, shuningdek, gidrodinamik bog’liqliklarni baholash imkonini beradi. Bundan tashqari ular yordamida quduqqa haydalayotgan suvning anomal tezlikda harakatlanayotgan uchastkalarini, qatlamning foydali qalinligini aniqlash, turg’un zonalar va suv bostirilgan zonalarda tegilmagan neft qoldiqlarini topish hamda qatlamlarning to’g’ri taqqoslanganligini va uyumning bostirilgan suv bilan qamrab olinganligini baholash mumkin bo’ladi.
    Shunday qilib, kon-geofizik tadqiqotlarning radiometrik va boshqa metodlaridan olingan ma’lumotlar konda bajarilgan geologik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar bilan birgalikda suv-neft tutash yuzasining holatini aniqlashga va neftlilik chegaralarini muntazam kuzatib borishga, suyuqlikni qatlamdagi harakatlanish yo’nalishini va tezligini aniqlashga imkon beradi. SHuningdek, mazkur metodlar yordamida uyumning ishlatilmayotgan qatlamlari va uchastkalari va neftlilik chegarasi ortiga neftni oqib kelishi belgilanadi. Uyumni ishlatishning turli bosqichlarida uning suv bostirilgan uchastkalarining hajmi va neft beraolishlik koeffitsientini aniqlashga imkon beradigan bir qator parametrlar belgilanadi hamda quduqni texnik holati va uni suvlanganligi bilan bog’liq turli masalalar hal etiladi.
    Qayd etilgan metodlardan atroflicha foydalanib, yer qa’ridan neftni samarali va to’liq chiqarib olish uchun ishlatish sistemasini yaxshilash borasida zarur bo’lgan tadbirlar asoslab beriladi.
    12.5.1. Konning ishlatish bosqichlari va tavsifi

    Konning ishlatish jarayonining quyidagi to’rt bosqichi mavjud:

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KONNING ISHLATISH JARAYONIDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK NAZORAT

    Download 11,69 Mb.