-rasm. Qatlamning tuzilishi zona bo’yisha har xil bo’lganda uyumni ishlatishda maydonning qamrab olinishi




Download 11,69 Mb.
bet185/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

12.4-rasm. Qatlamning tuzilishi zona bo’yisha har xil bo’lganda uyumni ishlatishda maydonning qamrab olinishi. Quduqlar: 1 – haydash qudug’i; 2 – shiqarish qudug’i; qatlamning yuqori o’tkazuvshan qismlari: 3 – qatlamni ishlatishda qamrab olingan qismi, 4 – qatlamni ishlatishda qamrab olinmagan qismi (A – to’silgan ushastkalar; B – linzalar; V – boshi berk zonalar); 5 – qatlamning kam o’tkazuvshan qismlari

Qatlamning o’tkazuvchanligi kam bo’lgan uchastkalarini ishlatish uchun suv bostirish manbalari tashkil etiladi, zaruriyat bo’lganda esa haydashning yuqori bosimidan foydalaniladi. O’choqsimon suv bostirish uchun qaziladigan quduqlarning joylashadigan joyi uyumning yuqori va past o’tkazuvchan kollektorlar bilan band bo’lgan qismlari o’lchamlarining o’zaro nisbatiga bog’liq holda tanlanadi. Yuqori mahsuldor kollektorlar yaxshi rivojlangan bo’lsa, o’choqsimon suv bostirish quduqlarini ularning atrofida, ya’ni mahsuldorligi kam bo’lgan kollektorlar chegarasiga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq
sanaladi. Agar uchastkada mahsuldorligi kam kollektorlar ko’p bo’lsa, suv bostirish o’choqlari bevosita ular tarqalgan zonalarda tashkil etilishi kerak.
Suv haydash frontidan uzoqda joylashgan maydon uchastkalarini ishlatishni jadallashtirishning bir qancha yo’llari mavjud. Bulardan biri haydalayotgan suv bosimini oshirish orqali haydash va chiqarish zonalari oralig’idagi bosimning farqini ko’paytirishdan iborat. Ikkinchi yo’li chiqarib oluvchi quduqlar tubidagi bosimni kamaytirishdir. Tabiiy yoki sun’iy suv bosimli rejim sharoitida chiqarish quduqlari tubidagi bosimlar qiymati teng bo’lganda katta depressiya hosil bo’ladi, shu sababli tashqi qatorda joylashgan quduqlarning debiti ortiqroq bo’ladi. Navbatdagi qatorda joylashgan quduqlarda maydon markaziga tomon qatlamning dinamik bosimining kamayib borishi sababli depressiya va quduqlarning debiti kamayib boradi. Bu esa ishlatishga kiritilmay qolgan uchastkalarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday uchastkalarni ishlatishga jalb etish uchun tashqi qatordagi quduqlardan flyuid olishni cheklash zarur. Bu o’z navbatida ichki qatorlardagi quduqlarda qatlam bosimining ortib ketishiga imkoniyat yaratadi. Ammo shuni nazarda tutish lozimki, tashqi qatordagi quduqlarda quduq tubi bosimini kamaytirish ob’ekt bo’yicha bir yilda olinadigan neft miqdorini kamaytirib yuboradi. Tashqi qatordagi quduqlarga suvning yaqinlashib kelishi davrida undan suyuqlik olishni cheklash lozim, bunda suvning siljish chegarasini tartibga solish va yo’lakay suvlarni chiqarishni kamaytirish mumkin bo’ladi. Ishlamayotgan ichki uchastkalarni ishga solishning uchunchi yo’li, ular atrofida qo’shimcha kesuvchi qatorlarni yoki suv bostirish o’choqlarini tashkil etishdan iborat.
Ishlatilmayotgan uchastkalarni ishga solishning bunday usullari ko’p hollarda eng samarali hisoblanadi. Chunki bunday usul chiqarish quduqlarining hamma qatorlari tubida past bosimni saqlab turishga imkoniyat yaratadi.
Qatlamlarning quduqlar oralig’idagi ishlamaydigan zonalarini ishga solishning samarali metodlaridan biri filtratsion oqimlarning yo’nalishini o’zgartirishdan iborat. Bunday o’zgartirishlar turli yo’llar bilan amalga oshiriladi: haydash quduqlar guruhiga suvni navbat bilan haydashni cheklab yoki to’xtatib qo’yib, yoinki yo’nalishi turlicha bo’lgan uyumni kesib o’tuvchi qatorlar yordamida maqsadga erishiladi. Agar qo’llanilayotgan ishlatish sistemasini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar qatlamda sodir bo’layotgan jarayonlarni boshqarish uchun etarli bo’lmasa, ishlatish sistemasini tubdan o’zgartirish zarur bo’ladi. Bunday o’zgartirishlar quyidagi tadbirlarni alohida yoki aniq qo’shib bajarishni nazarda tutishi mumkin:

  • quduqlar to’rini har tomonlama zichlashtirish;

  • ko’p qatlamli ob’ektni qalinligi kichikroq ob’ektlarga ajratish; - suv bostirish turini almashtirish;

  • suvni haydash bosimini ancha ko’paytirish va b.


Download 11,69 Mb.
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qatlamning tuzilishi zona bo’yisha har xil bo’lganda uyumni ishlatishda maydonning qamrab olinishi

Download 11,69 Mb.