- rasm. Uyumni sun’iy «kesish» shiziqlari bo’ylab qatlamga suv haydash
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
«tabiiy kesish» jarayoni jadallashtiriladi. Keyinroq «tabiiy kesish» zonalarida suvlangan chiqarish quduqlarining bir qismi haydash quduqlariga aylantiriladi. Buning natijasida uyumning kam mahsuldor qismlariga kuchli ta’sir etish yo’li bilan zaxiralarni chiqarib olish sur’ati oshiriladi. Ko’p qatlamli ob’ektlar odatda chegara ichkarisiga suv bostirish yo’li bilan ishlatiladi. Bunday ob’ektlarni ishlatishni tartibga solishning eng ma’qul printsipi kesim bo’yicha hamma qatlamlarni bir xil tezlik bilan ishlatish hisoblanadi. Bunda kesim bo’yicha neftlilik chegarasi va uyumga haydalayotgan suv fronti bir me’yorda oldinga surilib boradi. SHuni qayd etish lozimki, ishlatish ob’ektining qatlamlari maydon bo’ylab bir xil tarkibli va mahsuldor bo’lgan taqdirdagina bu printsipni qo’llash imkoniyati yuzaga keladi. Ammo bunday sharoitlar tabiatda kam uchraydi. Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektlarda hamma qatlamlar yoki ularning bir qismining muhim litologik-kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’ladi. Bundan tashqari ular bir-birlaridan o’tkazuvchanligi bilan ham farqlanadilar. Tuzilishi bir xil bo’lmagan shunga o’xshash ob’ektlarni tartibga solishda printsipial yondoshish uchun ularning litologik-kollektorlik xususiyatlari va qatlamlarni tashkil etgan jinslarning geologik jihatdan har xilligi xal etuvchi rol o’ynaydi. Ko’pincha ko’p qatlamli ob’ektning kesimi bo’yicha qatlamlarning qalinligi va o’tkazuvchanlik qobiliyati pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Bunday sharoitlarda pastdagi har qaysi qatlamni uning yuqorisida joylashganiga nisbatan tez ishlatish printsipi ahamiyatga ega. Ya’ni, dastlab ostki qatlamlar ishga tushiriladi, yuqoridagi qatlamlar esa asta-sekinlik bilan jalb etilib, ularni to’liq ishlatish imkoniyati yaratiladi. Suv bostirish jarayonida pastki qatlamdan foydalanishni to’xtatish uchun dastlab chiqarish quduqlari, so’ngra haydash quduqlari to’xtatiladi. Shu yo’l bilan ishlatilayotgan quduq faoliyati to’xtatilib, keyin uning ustidagi qatlamni ildam ishlatishga o’tiladi. Binobarin, shunday usul bilan qatlamni pastdan yuqoriga tomon ishlatish tezligining ortib borishiga erishiladi. Bunday printsip Rossiyadagi Romashkin konida sinab ko’rilgan. Ko’p qatlamli ob’ektlarda mahsuldorligi turlicha bo’lgan qatlamlar kesimda hech qanday qonuniyatga bo’ysinmagan holatda joylashadi. Bunday sharoitda eng mahsuldor va uyumning asosiy zaxirasini o’zida saqlagan qatlam, ob’ekt kesimining qanday qismida joylashganidan qat’iy nazar, oldinroq ishlatish printsipiga amal qilgan holda ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida uyumni ishlatishni tartibga solishdan maqsad asosiy qatlam ostida yotgan qatlamdan foydalanishni imkon boricha jadallashtirishdan iborat. Yuqoridagi asosiy qatlamlarning suvlanishi paytida pastki qatlamlardan imkon qadar ko’proq mahsulot olishga harakat qilish lozim. Chunki ob’ektning yuqorida va oraliqda joylashgan qatlamlarini izolyatsiyalash metodlari unchalik ishonchli bo’lmagani sababli, qatlamni oxirigacha ishlatish murakkablashgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Qayd etilayotgan printsip Romashkin konining D1 gorizontida amalga oshirilgan. Ob’ektning eng yuqorisida joylashgan qatlamning kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lib, u deyarli hamma yerda uchraydi, unda ob’ekt zaxirasining 45 % mujassamlashgan. Pastdagi qatlamlar har xil tarkibli bo’lib, zaxiralari kam va o’tkazuvchanligi yomon. Bunday sharoitda qatlamga yuqori sur’atda ishlov berish va pastki qatlamlardagi zaxiralarni chiqarib olishni jadallashtirish tavsiya etilgan. Neftlilik qavati katta, tuzilishi keng bo’lgan uyumlarda neft asosan ostki suvlar bilan siqib chiqariladigan bo’lsa yoki suv bostirish natijasida suv-neft tutash yuzasi ko’tarilib ketsa, bunday sharoitda ishlatishni tartibga solishning suv-neft tutash yuzasini uyumning hamma maydoni bo’ylab bir me’yorda ko’tarilishini ta’minlaydigan printsipidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu jarayon suvneft tutash yuzasining yuqoriga asta-sekin ko’tarilishi va chiqarish quduqlarining eng ma’qul rejimda ishlayboshlashi paytida quvurni kesim bo’yicha ketma-ket yuqoriga o’tkazib perforatsiyalash orqali amalga oshiriladi (12.3-rasm). Gaz-neft uyumlarini ishlatishni tartibga solish printsiplarini aniqlashda qatlamdagi neftni gazdan ko’ra suv bilan to’liq siqib chiqarish afzalligini hisobga olish zarur. Bunda siqib chiqarish gaz qalpog’ining kengayishi hisobiga bo’ladi. Shuning uchun chegara suvlari tabiiy faol bosimga ega bo’lganda yoki chegara bo’ylab suv bostirilganda gaz-neft tutash yuzasi sathining qo’zg’almasligini, suv-neft tutash yuzasining bir me’yorda ko’tarilishini va neftlilik chegarasining siljishini ta’minlaydigan uyumning ishlatishni tartibga solish printsipi amalga oshiriladi. Gaz-neft tutash yuzasining qo’zg’alib ketmasligini ta’minlash uchun gaz qalpog’idan gaz olish jarayoni tartibga solinadi. Gaz qalpog’idagi bosim hamma vaqt uyumning neftli qismidagi bosimga teng bo’lishi kerak (gazni ortiqcha miqdorda olish gaz-neft tutash yuzasining ko’tarilib ketishiga, ya’ni neftning gaz qalpog’iga kirib kelishiga sabab bo’ladi, keyinchalik esa bunday neftning ko’p qismini gaz qalpog’idan chiqarib bo’lmaydi). Gaz-neftli uyumlarga to’siqli suv bostirish5 qo’llanilganda qatlamning neft va gazga to’yingan qismlari oralig’ida yaxlit suv to’sig’ini barpo etish ishlatishni tartibga solishning tamoyilli yo’nalishi hisoblanadi.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa - rasm. Uyumni sun’iy «kesish» shiziqlari bo’ylab qatlamga suv haydash
|