• 12.3. KONNING ISHLATISH SISTEMASINING TAKOMILLASHUVI YOKI O’ZGARISHI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN TARTIBGA SOLISH METODLARI
  • - rasm. Massiv uyumni ishlatish jarayonida perforatsiyalash intervallarini ketma ket ko’shirish




    Download 11,69 Mb.
    bet184/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    12.3 - rasm. Massiv uyumni ishlatish jarayonida perforatsiyalash intervallarini ketma ket ko’shirish. Kollektorlar: 1 – neftga to’yingan; 2 – suvga to’yingan; 3 – perforatsiyalash intervallari; I, II, III – perforatsiyalashning ketma ketlik bosqishlari
    Neft-gazli uyumni gaz bosimli rejimda6 ishlatishda (gaz-neft tutash yuzasini pastga tushirish hisobiga neftni gaz bilan siqib chiqarishda), energiyaning asosiy qismi gaz qalpog’idagi gazning kengayishidan hosil bo’lgan taqdirda ishlatishni tartibga solishdan asosiy maqsad energiyani oqilona ishlatishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ishlatishni tartibga solishning bunday printsipi qatlamdan suyuqlikni, yo’lakay gazlarni chiqarib olishni boshqarish va quvurlarni perforatsiyalash intervallarini oqilona belgilash orqali amalga oshiriladi.
    Gaz konlarini ishlatishni tartibga solishga printsipial yondoshishda uyumni ishlatish mobaynida mavjud bo’lgan rejimga rioya qilinadi. Gaz bosimli rejim sharoitida ishlatishni tartibga solishdan asosiy maqsad uyumdan gaz

    olinmayotgan davrda qatlamdagi bosimning maksimal miqdorda saqlab qolishdir. Mazkur printsipni amalga oshirish uchun uyumning hajmi bo’yicha bosim muvozanatlanadi. Bunday jarayon uyumning turli joylarida joylashgan chiqarish quduqlaridan gaz olish bilan amalga oshiriladi.
    Gaz uyumining suv bosimli rejimda7 ishlatishni tartibga solish printsipi gaz-suv tutash yuzasining bir me’yorda ko’tarilishini va gazlilik chegarasining siljishini ta’minlashga hamda suvning o’tkazuvchan qatchalar bo’ylab ildamroq harakatlanishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Bunday printsip quduqlarning suvlanish dinamikasiga ta’sir etishi orqali amalga oshiriladi, bunda qatlam tuzilishining har xilligi hisobga olinadi.

    12.3. KONNING ISHLATISH SISTEMASINING TAKOMILLASHUVI YOKI O’ZGARISHI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN TARTIBGA SOLISH METODLARI


    Konni ishlatishni loyihalashtirishda uni geologik tuzilishining xususiyatlari etarlicha o’rganilmagan bo’lsa, uyumdan bir qancha vaqt foydalanilgandan so’ng uning texnologik ko’rsatkichlari loyihadagidan ancha farq qilishi mumkin. Qabul qilingan texnologik qarorlar ob’ektning ayrim uchastkalarining va qismlarining tuzilishiga to’liq javob bermasligi oqibatida shunday tafovutlar kelib chiqadi. Masalan, mahsuldor qatlamlarning tuzilishi va tarkibining har xilligi sababli ob’ektning katta uchastkalari yoki ayrim qatlamlari ishlatishga butunlay jalb qilinmay qoladi. Ularga linzasimon va boshi berk zonalar, kam mahsuldor qatlamlar, haydash quduqlaridan ancha uzoqda joylashgan uchastkalar, quduqlar oralig’idagi uchastkalarda mavjud tortiluvchi qatorlar va b. (12.4-rasm) misol bo’laoladi.
    Bunday holda uyumni ishlatishni tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi, ayrim hollarda esa, avval qabul qilingan ishlatish sistemasini tubdan qayta o’zgartirish zarur bo’ladi. Ishlatish sistemasini takomillashtirish choralari maxsus ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va loyiha hujjatini tayyorlashda mualliflik nazorati orqali asoslab beriladi; agarda sistemani tamomila o’zgartirish zarur bo’lsa, qo’shimcha loyiha hujjati tuziladi.
    Uyumni ishlatish sistemasini takomillashtirish tadbirlariga quyidagilar mansub:

    • loyihada qayd etilgan quduqlar zaxirasi hisobiga ayrim uchastkalarda quduqlar to’rini zichlashtirish;

    • qatlamga haydalayotgan suv frontini chiqarish quduqlariga yaqinlashtirish maqsadida yangi haydash quduqlarini burg’ilash yoki ayrim suvlangan quduqlardan suv haydash qudug’i sifatida foydalanish;

    • o’choqsimonx) suv bostirishni tashkil etish;

    • filtratsiya oqimlari yo’nalishini o’zgartirish va davriy suv bostirish.

    Uyumni ishlatishni tartibga solishning aniq sharoitlari uchun eng samarali tadbirlarni tanlashda ob’ektning geologik tuzilishini o’ziga xos xususiyatlariga va uning ishlatishni joriy holatiga e’tibor beriladi.
    Yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kollektorlarning linzasimon uchastkalarini ishga tushirish uchun suv bostiriladigan joylar yaratiladi. Bunda ayrim chiqarish quduqlaridan haydash quduqlari sifatida foydalaniladi yoki zaxiradagi maxsus quduqlar burg’ilanadi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Massiv uyumni ishlatish jarayonida perforatsiyalash intervallarini ketma ket ko’shirish

    Download 11,69 Mb.