KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI




Download 11,69 Mb.
bet186/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

12.4. KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI


Qatlamning ishlatish holatini aniq tasvirlash uchun reja  diagramma tuziladi.
Reja − diagramma qatlamning ustki qismi bo’yicha tuzilgan struktura xaritasi bo’lib, unda shartli belgilar bilan ma’lum sana bo’yicha quduqlarning quyidagi toifasi ko’rsatiladi:

  1. foydalanilayotgan, toza neft va suvli neft berayotgan quduq;

  2. suvlanganligi sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

  3. gaz berishga o’tganligi sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

  4. zaiflashgani sababli ishlatishdan to’xtatilgan quduq;

  5. sinash chog’ida suv bergan quduq;

  6. sinash jarayonida gaz bergan quduq;

  7. qatlamning kollektorlik xususiyatlarining yomonlashishi sababli sinash paytida mahsulot bermagan quduq;

  8. haydash qudug’i;

  9. pezometrik, kuzatish va sh.o’. quduqlar.

Bunday diagrammadan foydalanib qatlamning ma’lum sanadagi ishlash holati to’g’risida to’liq ma’lumot olish mumkin. Uyumni ishlatish holatining o’zgarish dinamikasini aniqlash maqsadida turli sanalar uchun shunday diagrammalar tuziladi.
Qatlamning ishlatish grafigi uyumdan foydalanish dinamikasi va uning ishlatish holatining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. 12.5-rasmda uyumdan foydalanish dinamikasini tavsiflovchi ba’zi bir ko’rsatkichlar uchun sxematik egri chiziqlar aks ettirilgan.
Qatlamni ishlatish jarayonida unda yuzaga kelayotgan o’zgarishlarni grafikda tasvirlab, qatlamning ayrim funktsiyalari o’rganiladi va ularning o’zaro bog’liqligi aniqlanadi.


12.5 rasm. Qatlamni ishlatish grafigi (sxemasi): Qs – shiqarib olingan suyuqlikning jami miqdori, t; Qn – shiqarib olingan neftning jami miqdori, t; r – o’rtasha qatlam bosimi, MPa; qn –shiqarib olingan neftning joriy miqdori, t; qs –shiqarib olingan suvning joriy miqdori, t; r – gaz omili, m3/t; w – shiqarib olingan hamma suyuqliklar miqdoriga nisbatan suvning miqdori, %; n – ishlatilayotgan quduqlar soni; Qo’r – shiqarib olinayotgan neftning bir quduqqa to’g’ri keladigan o’rtasha sutkalik miqdori, t; T1, T vaqt.
Berilgan abstsissa o’qi uchun ayrim funktsiyalar ordinatasini grafikka tushirish (mas.T1vaqt uchun) yo’li bilan bir qator grafiklar hosilalari tuziladi. Bular bosim bilan ayni paytda chiqarib olingan neft orasidagi bog’liqlikni (1 va 3 nuqtalar), bosim bilan qazib olingan neftning umumiy miqdori orasidagi bog’liqlikni (1 va 2 nuqtalar), hozirgi kunda olingan neft miqdori bilan gaz omili orasidagi bog’liqlikni (3 va 4 nuqtalar) va sh.o’. larni tavsiflaydi.
Abstsissa o’qining boshqa ko’pgina nuqtalari (T2 , T3 va sh.o’. nuqtalar) uchun yuqorida qayd etilgan nisbatlarni hisobga olmasdan, qatlamning

ishlatish jarayonida yuzaga keladigan o’zgarishlarni ifodalaydigan qo’shimcha egri chiziqlar chiziladi. Keyinroq, qatlamdagi bosimlarning qanday taqsimlanganligini o’rganish uchun izobara xaritasi tuziladi. Xaritani tuzishda chuqurlik monometri bilan o’lchangan qatlam bosimi, qatlamning suv sathi o’lchovlari, shuningdek, pezometrik va kuzatuv quduqlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Quduqning unumdorligining va suvlanish holatining o’zgarishini tavsiflashda uning boshlang’ich, joriy va umumiy debitini ifodalaydigan xarita tuziladi. Mazkur xaritani tuzish markazi quduq joylashgan nuqtada bo’lgan aylanani chizish bilan boshlanadi. Aylana radiusi (masshtab bo’yicha) r2=Q formula bo’yicha aniqlanadi va bunda aylana maydoni quduqning debiti Q ni ifodalaydi (masshtab bo’yicha). Suvlanishni tavsiflash uchun aylana maydoni 100% suvlangan deb qabul qilinadi.
Masalan, 25% suvlanishga teng bo’lsa unga 900 li yoy to’g’ri keladigan sektor maydoni to’g’ri keladi.
Mazkur xaritalarda neftlilikning boshlang’ich va joriy chegaralari aks ettiriladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KONNING ISHLATISH HOLATINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI

Download 11,69 Mb.