|
-rasm. Qatlamga haydalayotgan suvning ta’sir sxemasi
|
bet | 189/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi1 2.6-rasm. Qatlamga haydalayotgan suvning ta’sir sxemasi. (I.P.SHolovskiy bo’yisha) O’tkazuvshanligi yuqori bo’lgan ushastkalar: 1 – neftning favvora bo’lib shiqishini ta’minlaydigan ta’sir, 2 – neftning mexanizmlar yordamida shiqishini ta’minlaydigan ta’sir, 3 – haydalgan suvdan ta’sirlanmaydigan ushastka; 4 – haydalgan suv bilan qamrab olingan maydon; 5 – o’tkazuvshanligi past bo’lgan maydon; 6 – jins nokollektorlar; ularni oshgan ishlatish quduqlarida: 7 – qatlam teshilmagan, 8 – qatlam teshilgan, lekin neft bermaydi, 9 – qatlam nasos yordamida ishlatiladi, 10 – neft favvora bo’lib shiqadi; ularni oshgan haydash quduqlarida: 11 – qatlam teshilmagan, 12 – qatlam teshilgan, ammo suv qabul qilmaydi, 13 – suv qabul qiladi.
neftning favvora bo’lib chiqishi uchun etarli darajada haydalgan suv ta’sirida bo’lgan uchastkalar;
qatlam bosimi barqarorlashgan sharoitda mexanizatsiyalashgan usulda suyuqlikni chiqarib olish uchun kifoya qiladigan va haydalgan suv ta’sirida bo’lgan uchastkalar; 3) haydalgan suv ta’siri sezilmaydigan uchastkalar.
Uchastkalarni u yoki bu tipga mansubligini aniqlashda har bir quduqda ishlayotgan qatlamlar asos qilib olinadi.
Haydash quduqlaridan suv kirib borayotgan qatlamlarni aniqlash eng muhim (birinchi darajali) masala hisoblanadi. Buning uchun quyidagi tadqiqot turlaridan foydalaniladi: radioaktiv izotoplarni qatlamga haydash va ayniqsa quduqlarda chuqurlik sarf o’lchagichi bilan qatlamlarni suyuqlik qabul qilaolishligini aniqlash; pakerlar yordamida qatlamlarni bir-biridan izolyatsiyalash to’g’risida va gidrouzilishlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va sh.k. Mazkur tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, ma’lum vaqt davomida (uyumni ishlatish boshlanganidan beri, bir yilda va sh.o’.) qanday qatlamlarga qancha miqdorda suv haydalgani aniqlanadi.
Faqat shundan so’ng ishlatish quduqlari ma’lumotlaridan foydalanib, qatlam qanday ishlayotganligini tahlil qilish mumkin. Bunda har bir qatlamdan qaysi usul bilan, qancha miqdorda neft olinayotganini bilish juda muhimdir. SHuningdek, qatlamlarni ishlatilishi to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar konda bajarilgan tadqiqotlar natijalaridan ham olinadi: birinchi o’rinda chuqurlik debito’lchagichi bilan bajarilgan tadqiqotlar, qazib olinayotgan neftning fotokalorimetriyasi, gidrodinamika metodi bilan bajarilgan tadqiqotlar, qatlamlarning teshilgan vaqti to’g’risidagi ma’lumotlar va b.
Qatlamga haydalayotgan suvning ta’sir etish xaritasi 12.6-rasmda keltirilgan. Quduq va qatlamlarda yuqorida qayd etilgan usullarga o’xshash tadqiqotlarni Rossiyadagi Romashkin konida bajarish asosida M.M.Ivanova va I.P.CHolovskiylar quyidagi fikrga kelishdi: oltita ob’ektning 75% dan ko’proq maydoni, 29 ta ob’ektning roppa-rosa 50% maydoni va 23 ta ob’ektning har birining 25% maydoni haydalgan suvning faol ta’siri bilan qamrab olingan. Ishlatish ob’ekti bir-biridan izolyatsiyalangan bir necha ayrim qatlamlarga ajratilgan bo’lsa, haydalgan suv bilan ularning har biriga ta’sir etilganda ularni qamrab olish darajasi turlicha bo’ladi.
Q atlamlarning
o’tkazuvchanligi turlicha bo’lganligi sababli kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lgan qatlamlardan neftni suv tez siqib chiqaradi, kollektorlik xususiyatlari yomon bo’lgan qatlamlardan esa neftni suv deyarli siqib chiqarmaydi. Buning natijasida qatlamlardan neftni chiqarib olishning jadalligi turlicha bo’ladix).
Bunday sharoitda ayrim qatlamlarning ishlatilganlik
|
| |