-rasm. Haydash qudug’i termogrammasi




Download 11,69 Mb.
bet191/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

12.9-rasm. Haydash qudug’i termogrammasi.
Shartli belgilar 12.7-rasmda berilgan

tomon neftning Knyusi asta-sekin kamayib boradi. Masalan,

Romashkin koni strukturasining
gumbaz qismidagi kesimning eng pastki qatlamida neftning Knyu miqdori goho 250300 birlikka etadi.
Demak, uyumni ishlatishda aslida «belgilangan», ya’ni ma’lum bir xususiyatga ega bo’lgan neft olinadi. Bunday holat neft uyumlarini ishlatishda Knyu miqdoridan foydalanib ba’zi bir masalalarni nazorat qilishga imkoniyat beradi.
Quduqqa kirib kelayotgan neftning Knyu xarakterini o’zgarib turishi to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib qatlamdagi suyuqlikning oqim yo’nalishini va uning harakatlanish tezligini aniqlash mumkin. Bunday holat faqat bir qatlamli konlarga xos bo’lib, bunda Knyuning miqdorini maydon bo’ylab o’zgarishi kesim bo’ylab o’zgarish miqdoridan ancha yuqori bo’ladi. Bitta yoki ikkita qatlam ishlatilayotgan quduqlarda Knyu orqali ayrim qatlamlar debitining taqribiy miqdori aniqlanadi.
Demak, neft fotokolorimetriyasi metodi ishlatish quduqlari yordamida qatlamlarning ishlash rejimi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bunda mazkur metodning samaradorligi asosan neftning Knyuni konning maydoni bo’ylab va kesimi bo’yicha o’zgarish xarakteriga bog’liq.
Qatlamlarning ishlatilishi to’g’risidagi ma’lumotlarni kon geofizikasi metodlari yordamida olish mumkin. Bu maqsadda neyron-gamma (NGM) va neytron-neytron
(NNM) metodlar bilan bajarilgan o’lchov natijalaridan foydalanish mumkin.
Qayd etilgan metodlarni qo’llash quduqlar tanasining pastki qismida minerallashgan suv ustunining mavjudligiga asoslangan. Quduqqa kelayotgan oqimning tezligi etarli darajada bo’lsa, ishlatilayotgan quduqning tanasidagi oqimning suv-neftga ajraluvchi qismi qatlamning pastida teshilgan neft beruvchi qismiga to’g’ri keladi (12.10-rasm). Shu bilan bog’liq holda oqimning suv-neftga ajraluvchi qismidan yuqoriroqda suyuqlikning yuqoriga qarab harakatlanuvchi oqimi vujudga keladi, pastida esa harakatlanish bo’lmaydi va bu joyda minerallashgan qatlam suvlari to’planadi. Demak, agarda quduq tanasining suv-neftga ajraluvchi qismining ostida teshilgan qatlamlar bo’lsa, u holda quduqning ishlashida ular butunlay ishtirok etmaydilar va neft bermaydilar yoki quduqni ishlashida juda kam qatnashadilar.
Q uduq tanasining suv-neftga ajraluvchi qismi rezistivimetr bilan etarlicha yaxshi aniqlanadi. Rezistivimetr asbobi quduq tanasi bo’ylab harakatlanganda suyuqlikning qarshiligining keskin (sakrab-sakrab) kamayishini qayd etadi.
Qatlamlarning ishlatilishi to’g’risidagi ishonchli


Download 11,69 Mb.
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Haydash qudug’i termogrammasi

Download 11,69 Mb.