• 13.1. ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI OXIRIGACHA ISHLATISH
  • -bob ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI OXIRIGACHA ISHLATISH, BURG’ QUDUQLARINI TA’MIRLASH VA KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH




    Download 11,69 Mb.
    bet193/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    13-bob ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI OXIRIGACHA ISHLATISH, BURG’ QUDUQLARINI TA’MIRLASH VA KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH



    Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, neft zaxiralarining ancha qismi eski maydonlardagi qatlamlarda qolib ketadi, shuning uchun bu maydonlardagi qatlamlarni oxirigacha ishlatish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlar Ozarbayjon, Grozniy, Krasnodar o’lkasi, Emba, O’zbekiston va b. joylardagi neft konlarida bajarilmoqda.
    Kam debitli (sutkasiga 5 t neft olinadigan quduqlar) konlarni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda muayyan murakkabliklar paydo bo’ladi.

    13.1. ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI OXIRIGACHA ISHLATISH


    Eski, ya’ni avval ishlatilgan konlarni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda, birinchi navbatda undan qanday foydalanilganligini puxta tahlil qilib chiqish kerak (12-bob 12.1 mavzuga qarang). Bunday tahlil asosida qazilgan quduqlarni avval qay darajada ishlatilganligini inobatga olgan holda loyiha tuziladi. Loyihani tuzishda quduqlar fondining xaritasidan foydalaniladi. Xarita qatlamning ustki qismining strukturaviy xaritasi hisoblanib, unda quduqlarning quyidagi toifalari shartli belgilar bilan ko’rsatiladi:

    1. ishlatilayotgan quduqlar;

    2. burg’ilanayotgan quduqlar (shuningdek, chuqurlashtirish va qaytarish ishlari olib borilayotgan quduqlar alohida ko’rsatiladi);

    3. o’zlashtirilayotgan quduqlar (burg’ilangan, ammo xanuzgacha ishga tushirilmagan);

    4. yuqoridagi qatlamdan pastdagi qatlamga tomon chuqurlashtiriladigan quduqlar;

    5. pastki qatlamdan yuqoridagi qatlamga qaytariladigan quduqlar;

    6. konni oxirigacha ishlatish uchun tanlangan sistemaga muvofiq loyihalashtirilayotgan quduqlar.

    Qatlamning ishlatish holatini aks ettiruvchi dastlabki tuzilgan rejadiagrammani nazarda tutgan holda, quduqlar fondi xaritasi tuziladi (12-bob 1-§ ga qarang). Qatlamni oxirigacha ishlatish bo’yicha tuzilgan loyihani amalga oshirishda qazilib bo’lingan quduqlar holatini, neftlilik va gazlilik chegarasining siljish tezligini hamda ayrim uchastkalardagi qatlamlarning geologik xususiyatlarini inobatga olish zarur.
    Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinadi:

    1. qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish mumkinligi va zarurligini inobatga olish;

    2. qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi quduqni burg’ilash;

    3. bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha ishlatilishini hisobga olish;

    4. yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish;

    5. quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini oshirish maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish

    va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak.
    Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:

    1. quduqlarda tiqin hosil bo’lishi va ularning muddatidan ilgari suvlanib ishdan chiqishiga qarshi samarali tadbirlar ishlab chiqish orqali ishlatish quduqlarining mavjud fondini saqlab qolish;

    2. qatlamni litologik-fizik xususiyatlarini inobatga olgan holda qatlamga ta’sir etishning loyihalashtirishni maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqib, agar bunday ishlar bajarilmagan bo’lsa, qoldiq neftni chiqarib olish uchun quduqlar to’rini birmuncha zichlashtirish.

    Uyumni oxirigacha ishlatish loyihasini tuzishda uyumning o’tgan davrlarda ishlatilishidan olingan kon-geologik ma’lumotlarni sinchiklab tahlil qilish lozim. Bunga quyidagilar mansub: qatlamlarni litologik-stratigrafik jihatdan o’zgaruvchanligi, qatlam tarkibining har xilligi (uzuq-uzuqliligi, tabaqalanganligi, qatlanishi, qumliligi), qatlamda neftni joylashish sharoiti (neftga to’yinganligi, zaxiralarni ishlatilganlik darajasi), filtratsion xususiyatlari (o’tkazuvchanlik, suv o’tkazuvchanlik), qatlamlar va suyuqliklarning fizik-kimyoviy xususiyatlari (neftning qovushqoqligi, fazaviy o’tkazuvchanligi, jinslarning xo’llanishi va b.).
    Uyumni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishdan avval qabul qilingan texnologik sxemaga binoan hisoblab topilgan neft beraolishlik koeffitsienti asosida neftning balans va chiqarib olinadigan qoldiq zaxiralarini aniqlash lozim.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob ESKI MAYDONLARDAGI NEFTLI QATLAMLARNI OXIRIGACHA ISHLATISH, BURG’ QUDUQLARINI TA’MIRLASH VA KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH

    Download 11,69 Mb.