BURG’ QUDUG’INI YER OSTIDA KAPITAL TA’MIRLASH




Download 11,69 Mb.
bet195/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

13.3. BURG’ QUDUG’INI YER OSTIDA KAPITAL TA’MIRLASH


Burg’i qudug’ini yer ostida ta’mirlash murakkab jarayon hisoblanadi va bunday ta’mirlash ishlari kapital ta’mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Mazkur idoralar har bir neft konlari boshqarmasida mavjud bo’lib, yuqori malakali ishchilar va uskunalar, kuchli traktor-ko’targichlar, burg’ilash dastgohlari, burg’ilash va tutuvchi asbob, sementlaydigan agregatlar va boshqa zarur asboblar bilan ta’minlanadi.
Kapital ta’mirlash ishlariga quyidagilar kiradi:
1) o’zga (ustki yoki ostki) suvlarni izolyatsiyalash, neftli gorizontni ishlatishni qaytadan tiklash yoki yuqoridagi o’tkazib yuborilgan gorizontlardan birini ishlatishga jalb etish (shuningdek, ostki suvlarni izolyatsiyalash) uchun ta’mirlashizolyatsiyalash ishlari; 2) falokatlarni bartaraf etish maqsadida quduqqa tushib ketgan temir predmetlarni chiqarib olish, qum bilan qisib qolingan quvurlarni bo’shatish va boshqa ishlarni bajarish; 3) ishlatish quvurlar birikmasidagi nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’lgan ta’mirlash-to’g’rilash ishlari; 4) boshqa ish turlari  quduq tubini tozalash, quvurlardan qo’shimcha teshiklar ochish va sh.o’.
Quduqlarni kapital ta’mirlash uchun dastlab ularning geologik-texnik hujjatlari o’rganib chiqiladi, so’ngra bajariladigan ishlar rejasi tuziladi. Falokat yuz berganda ishlatish quvurlari birikmasining holati va shikastlangan jihozlar yoki o’zga predmetlarning joylashgan joyi aniqlanadi. Buning uchun quduq tanasi sinchiklab tekshiriladi. Ko’p paytlarda quduqlarning suvlanib ketishi sodir bo’ladi. Bunday sharoitda darhol ostki yoki begona suvlarning kirib kelayotgan joylari aniqlanadi. Buning uchun quduq kon va kon-geofizik metodlar bilan to’liq tekshirilib va suv namunasi olinib, laboratoriyada tarkibi o’rganiladi.
Quduqqa tushib ketgan narsalarni ilintirish, ta’mirlash-izolyatsiyalash va ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajarish texnikasi bo’yicha zarur ma’lumotlar neft va gaz quduqlarini burg’ilash va ishlatishga bag’ishlangan darsliklarda bayon etilgan.
Quduqni ishlatishning samaradorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni loyihalashtirishda geolog hamma gazneftli mahsuldor gorizontlarning ishlatilish holatini, shuningdek, ayrim quduqlarning geologik-texnik holatini qat’iy tekshirib chiqishi shart. Bunday tadqiqotlar natijasi bo’yicha quyidagi tadbirlar bajariladi:

  1. ishlatilayotgan gorizont zaiflashganda quduqlarni qaytarish uchun yangi ishlatish ob’ektlari tanlanadi;

  2. agar falokatga uchragan ishlatish qudug’ini har xil usullar bilan tiklash uzoq vaqtga cho’zilib ketsa yoki bu ishni amalga oshirib bo’lmasa, ishlatish quduqlari ichidan yangi quduqlarni burg’ilash uchun ob’ektlar tanlanadi;

  3. ostki suvlardan izolyatsiyalanish metodi belgilanadi (bu faqat mahsuldor gorizontning ostki qismida gil qatlami bo’lganda foydali hisoblanadi);

  4. mustahkamlash quvurlari birikmasidagi teshiklar sonini ko’paytirish va zichligini oshirish yoki ishlatish ob’ektini yiriklashtirish maqsadida quvurlar birikmasini perforatsiyalash ishlari bajariladi; 5) quduq tubi zonasiga ishlov beriladi.

Gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash uchun ular dastlab to’xtatiladi8). Bu bilan gaz quduqlarini yer ostida ta’mirlash neft quduqlarini ta’mirlashdan farq qiladi. Quduqni ishlatishdan to’xtatish uchun quvur tashqarisiga gil eritmasi haydaladi (qatlam bosimi katta bo’lmaganda esa suv haydash ham mumkin). Gaz quduqlarini ta’mirlash paytida ostki yoki o’zga suvlar paydo bo’lishi mumkin, ularni yo’qotish uchun quduqni sementlash yoki boshqa qatlamga ko’chirish va ta’mirlashni tugatish zarur bo’ladi. Asosiy vazifa quduqlarni ishlamasdan turib qolish vaqtini kamaytirish va ularni ishlatish koeffitsienti9) miqdorini 0,95 gacha etkazishdan iborat. Ostki yoki ayniqsa ustki suvlar qatlamni yorib chiqqanida neftni siqib qo’yadi va natijada quduqning ishlab chiqarish kuchi ancha kamayadi.
Quduqdagi suvning bosimiga va undagi boshqa sharoitlarga qarab turli xil izolyatsiyalash ishlari bajariladi. Ustki suvlar yorib chiqqanida quvur tashqarisi bosim ostida sementlanadi. Quduqda ostki suvlar mavjud bo’lganda esa turli izolyatsiyalash usullaridan foydalaniladi: quvurning filtrli qismini yuqoridagi qatlarga ko’tarib, quduq tagini sementlash, qatlamga sementli eritmalar yuborish, qatlamni gidravlik yorish, keyinchalik qatlamlarga qovushqoq neft yuborish va gidravlik yorilgan intervallarni sementlash, qatlamga reagentlar kiritish. Reagentlar qatlam suvi bilan reaktsiyaga kirishib, gel hosil qiladi, gel suv o’tkazuvchan zonani jipslab berkitib qo’yadi. Keyingi paytlarda sobiq Ittifoqning sharqiy rayonlarida paker bilan jihozlangan quduqning o’zidan suv va neft namunasini alohida-alohida olishga urinib ko’rilgan. Bunday ishlar turli sharoitlarda har xil samara berishi mumkin. Avvalgi gorizontdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, quduq tubi berkitiladi va quduq avval tashlab ketilgan yuqoridagi gorizontlarning biriga ishlatish uchun o’tkaziladi. Bunday gorizontdan foydalanish mustahkamlash quvurini perforatsiyalash yoki torpedalash orqali amalga oshiriladi.
Ayrim vaqtlarda, ayniqsa filtr o’lchami kichik va depressiya haddan tashqari katta bo’lganda, mustahkamlash quvurlarining sinib va bukilib ketishi kuzatiladi. Bularni ta’mirlash juda murakkab kechadi.
Kapital ta’mirlash bo’yicha bajariladigan ishlarning ko’p qismini ishlamayotgan quduqlarni ifloslantiradigan predmetlardan tozalash, zichlanib qolgan qumli va gilli tiqinlarni bartaraf etish tashkil qiladi.
Odatda neft konlaridagi quduqlar fondidan foydalanish koeffitsientini orttirish va ishlamayotgan quduqlar sonini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Bunday vazifani bajarish uchun quduqlarni kapital ta’mirlash ishlari keng miqyosda olib boriladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BURG’ QUDUG’INI YER OSTIDA KAPITAL TA’MIRLASH

Download 11,69 Mb.