tarzda joylashtiriladi, ish rejimi va quduqlarni ishga tushirish tartibi belgilanadi.
Masalan, AQShda gaz olish normasi quduqlar orasidagi masofaga qarab belgilanadi; quduqlar orasidagi masofa 150-1000 m bo’lganda debit normalari 7-25% chegarada o’zgarib turadi.
Gaz-neft uyumining gaz qalpog’ini asosiy neft zaxirasini chiqarib olmasdan turib ishlatishga kirishish tavsiya etilmaydi. Agar gaz qalpog’i haddan tashqari katta, neft hoshiyasi esa kichik bo’lsa, gaz qalpog’idan neft bilan bir paytda gaz chiqarib olish mumkin. Kondan bunday foydalanishda gaz qalpog’idagi gaz bilan neftning aralashib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ko’p qatlamli gaz konlarida ishlatiladigan quduqlar miqdorini kamaytirish maqsadida bir quduqda ikkita va undan ko’proq gaz gorizontlari ayrim-ayrim ishlatiladi va bunda ular bir-birlaridan paker bilan ajratiladi.
Uyumni ishlatish jarayonida gaz uyumi holatini o’rganishda suv bosimi bor yoki yo’qligini hisobga olish kerak, sababi, ishlatish jarayonida uning ta’sirida qatlam bosimida biron-bir o’zgarish sodir bo’lishi mumkin. Gaz uyumini ishlatishda tahlilni grafik yordamida amalga oshirish qulay. Bunda gazning siqiluvchanligi hisobga olinadi va u yoki bu sanada amalda o’lchangan qatlam bosimi o’rniga grafikda r/z miqdorni, ya’ni r ni ko’rsatish lozim (7 bob, 1-§ ga qarang). SHunda uyumni ishlatish grafigi 14.1-rasmda ifodalangan ko’rinishga ega bo’ladi.
Bu grafikda ordinata o’qiga r/z ning MPa dagi miqdori, abstsissa o’qiga esa kondan gaz olish boshlangandan beri yig’ilgan miqdori (V mln.m
3da) yoziladi; shuningdek, T sanasida oy yoki yil davomida qazib olingan gaz miqdorini ham ko’rsatish mumkin.
Gaz rejimi uchun bosim qazib olingan gaz miqdori orasidagi bog’liqlik (14.1rasm, 1-egri chiziq) to’g’ri chiziq bilan ifodalanadi, uning ekstrapolyatsiyasi so’nggi amaldagi (E) nuqta tashqarisida abstsissa o’qi bilan kesishguncha davom ettiriladi. Uning yordamida gazning dastlabki sanoat zaxirasini aniqlash mumkin bo’ladi (A nuqtada). Bu holatda (ya’ni suv bosimi yo’q sharoitda) bosim pasayishi 0,1 MPa bo’lganda gaz chiqarib olishning o’zgarish egri chizig’i (14.1-rasm, 1 egri chiziq) uyumni ishlatishning to’liq davrida abstsissa o’qiga parallel ravishda davom etadi (bu esa uyumda gaz rejimi mavjudligining isboti hisoblanadi). 2- egri chiziq turli sanalarda bosim 0,1 MPa ga kamayganda qazib olingan gaz miqdoriga qarab hisoblash yo’li bilan tuziladi.
Agar uyumni ishlatish jarayonida suvning harakati kuzatilsa, bu holda bosim gaz chiqarish egri chizig’i to’g’ri chiziqdan iborat bo’lmaydi va gaz zaxirasini aniqlash uchun ushbu egri chiziqni abstsissa o’qigacha to’g’ri chiziq bo’yicha ekstrapolyatsiya (E nuqtasidan so’ng) qilish mumkin bo’lmaydi. Ayni paytda 2- egri chiziq hamisha abstsissa o’qiga parallel bormaydi, balki yuqoriga og’ishga moyil bo’ladi. Masalan, S nuqtasidan boshlab (V sanasida) shunday bo’ladi. Demak, V sanasigacha uyumda gaz rejimi mavjud bo’lgan, undan narida (2- egri chiziq CD yo’nalishi bo’yicha davom etadi, 1- egri chiziq esa EF yo’nalishi bo’yicha ketgan) qatlam bosimi pasayishiga qarab suvning faollashuvi kuzatiladi.
Uyumni ishlatishni tahlil qilish uchun bir qator boshqa grafiklar tuzish foydali, ularda ordinata o’qi bo’yicha MP dagi r/z qo’yiladi, abstsissa o’qi bo’yicha esa quyidagi miqdorlardan biri qo’yiladi:
1) gazni qazib chiqarish boshlangandan beri olingan gaz hajmini qatlam sharoitiga keltirish yo’li bilan (qatlam gazining hajmiy koeffitsientini hisobga olgan holda) tog’ jinsining bo’shab qolgan hajmi; 2) qatlamda qolgan gaz band qilgan qatlam hajmi, (hajmiy koeffitsientini hisobga olgan holda); 3) qatlam gazining hajmiy koeffitsientining o’zgarishi; 4) kundalik qazib olingan gaz.
Qatlamda qolgan gaz bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmi V(m
3 da) tegishli sanada quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Vbosh Vqaz
V= , (14.1) р jorα jor
bunda V
bosh standart sharoitlardagi gazning boshlang’ich sanoat miqyosidagi
zaxiralari, m
3; V
qaz standart sharoitlarda tegishli sanada qazib olingan gaz miqdori, m
3; r
jor shu sanada qatlamning o’rtacha bosimi, MPa;
jor qatlam bosimi uchun
(rjor) shu sanada gazning ideal gaz qonunlaridan og’ishiga tuzatish.
Gaz uyumiga suv kirib kelishi bilan uning hajmi kichrayadi. SHu munosabat bilan ko’pincha
o’rnini to’ldirish koeffitsienti (q. 8 bob, 5-§) tushunchasi kiritiladi, bunda ma’lum vaqt oralig’ida gaz uyumiga kirgan suv hajmining xuddi shu paytda uyumdan chiqarib olingan (qatlam sharoitiga keltirilgan) gaz hajmiga nisbati tushuniladi. O’rnini to’ldirish koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi:
W
К
z , (14.2)
VqazVr
bunda W ushbu sanada qatlamga kirib kelgan suv miqdori, m
3; V
qaz standart sharoitlarda shu sanada qazib olingan gaz miqdori, m
3; V
r shu sanaga tegishli o’rtacha qatlam bosimi uchun qatlam gazining hajmiy koeffitsienti.
Qatlamga kirib kelgan suv miqdori quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
V
bosh V , (14.3)
W
pboshα
bosh
bunda bosh rbosh uchun gazning ideal gaz qonunlaridan og’ishiga tuzatish.
O’rnini to’ldirish koeffitsientining miqdori kollektorning litologik-fizik xususiyatlariga, suv bosimi sistemasining tavsifiga va gaz olish sur’atiga bog’liq. Gaz oz miqdorda olinganda u boshqa teng sharoitlarda ko’payadi, gaz uyumida bosimning ortishiga olib keladi; gaz olishning bundan yuqoriroq sur’atlarida o’rnini to’ldirish koeffitsienti kamayadi, qatlamning o’rtacha bosimi biroz pasayadi. Uyumni ishlatish jarayonida o’rnini to’ldirish koeffitsientining o’zgarishini kuzatish orqali suv bosimli sistemaning xususiyatlari haqida fikrlash va gaz uyumini ishlatishni tartibga solish bo’yicha tadbirlar belgilash mumkin bo’ladi.
Gaz uyumini o’rganish orqali uning geometrik hajmini aniqlash, so’ng gaz uyumi joylashgan kollektordagi jinslarning o’rtacha ochiq g’ovakliligini baholash mumkin. 14.1-rasmdagi grafik yordamida gazning sanoat miqyosidagi boshlang’ich zaxiralarini (V
bosh) aniqlab, o’zida gazni joylashtirgan kollektorning geometrik hajmini va uning o’rtacha ochiq g’ovakliligini hisoblash mumkin.
Uyumning geometrik o’lchami 16.1 formula bo’yicha aniqlanadi. Agar burg’ilash natijasida gaz uyumining geometrik o’lchami yaxshi o’rganilgan bo’lsa, u holda 16.1 formulada oddiy o’zgarish yasab, gaz kollektori uchun o’rtacha ochiq g’ovaklilikni topish mumkin.
Suv bosimli rejim mavjud bo’lsa, gazning boshlang’ich sanoat miqyosidagi zaxirasini (V
bosh) 14.1-rasmda ko’rsatilgan grafik bo’yicha aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Bunday holatda V
bosh ni uyumni ishlatishning boshlang’ich davrida, uyum gaz rejimida ishlayotganda, masalan, bosim pasayishi metodi bo’yicha belgilash lozim bo’ladi.
14.2. GAZKONDENSAT KONLARI
Tabiiy gaz va neft qatlam sharoitida nisbatan past bosimda flyuidlar ko’rinishida bo’lib, ularning har biri ma’lum xususiyatlari bilan ajralib turadi. CHuqurlik ortgan sari qatlam bosimining ortishiga qarab neft uyumlaridagi gaz neftda eriydi, gaz uyumlaridagi yuqori darajada qaynovchi uglevodorod fraksiyalari gazda eriydi va flyuid bir fazali sistema xususiyatiga ega bo’ladi. Chuqur yer qa’rida yotgan, 25-30 MPa dan ortiq bosimga, 90S va undan ortiq temperaturaga ega bo’lgan qatlamda flyuid bir fazali holatda bo’ladi va xususiyatlariga qarab uni neft yoki gaz hisoblash ba’zida qiyin kechadi.
Ma’lumki, gazning alohida olingan uglevodorodli komponenti bosim ortganda yoki temperatura pasayganda suyuq holatga o’tishi mumkin: bunday o’zgarish temperatura va bosimning kritik nuqtasigacha davom etishi kuzatiladi. Ayni paytda kritik nuqta chegarasidan tashqarida, yuqori bosim va temperatura jabhasida suyuqlik va bug’ o’rtasidagi farq yo’qoladi va olingan uglevodorod modda bir fazali gazsimon holatda bo’ladi.
Sof uglevodorodning to’g’ridan-to’g’ri bug’lanishi bosim pasaygan va temperatura ko’tarilgan sharoitda yuz beradi, bunda kondensatsiyalashish va bug’lanish, ikki fazali holatni chetlagan holda, sakrash tarzida o’tadi.
Shunga o’xshash kritik nuqtagacha bo’lgan maydonlarda to’g’ridan-to’g’ri kondensatsiyalanish hodisasi uglevodorod aralashmasiga ham daxldor. Ushbu holatda bosimning izotermik ortishi sharoitida bu jarayon oddiy izchillikda (14.2rasm), ya’ni bug’dan (1-2 nuqtalar) ikki fazali holat orqali (2-3 nuqtalar) suyuqlikka tomon (3-4 nuqtalar) yo’nalgan bo’ladi.
Temperaturaning izobarik ortishida teskari yo’nalishda to’g’ridan to’g’ri bug’lanish jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni (a - v nuqtada) suyuqlik ikki fazali holatga o’tadi, so’ngra (v - s nuqtalarda) bug’ga aylanadi. Temperaturaning izobarik ortish va bosimning izotermik ortish zonasida uglevodorodlar holati o’zgacha ko’rinish oladi.
Bu holatda quyidagilar kuzatiladi:
Qarama-qarshi kondensatsiyalanish bosimning izotermik ortishida bug’dan (5-6 nuqtalar) ikki fazali holat orqali (6-8 nuqtalar) yana bug’ga tomon (8-9 nuqtalar) yo’nalgan bo’ladi;