QUDUQNI VAQTINCHA TO’XTATISH VA TUGATISH




Download 11,69 Mb.
bet206/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

16.4. QUDUQNI VAQTINCHA TO’XTATISH VA TUGATISH


Quyidagilar vaqtincha to’xtatiladigan quduqlar toifasiga kiradi:

  1. razvedka qilingan maydonlarda yoki konning yangi uchastkalarida sanoat miqyosida neft yoki gaz berayotgan razvedka quduqlari ularni qurish tugallangunga qadar va sanoat miqyosida yoki sinov tariqasida ishlatish boshlangunga qadar;

  2. neftgazlilik chegarasidan tashqarida burg’ilangan razvedka quduqlari, agar ishlatish paytida ulardan haydash (yoki pezometrik) qudug’i sifatida foydalanish mumkin bo’lsa;

  3. uyumning gazsizlanishi yoki muddatidan avval suvlanishi yuz bermasligi uchun foydalanish vaqtincha to’xtatilgan neft va gaz quduqlari;

  4. mazkur uchastkada debiti cheklanganda sifatsiz neft bera boshlagan quduqlar; 5) yong’inga qarshi va sanitariya muhofazasi talablariga rioya qilish maqsadida hamda aholi punktlari yaqinida joylashganligi bois foydalanish to’xtatilgan neft va gaz quduqlari;

  1. foydalanish jarayonida suvlangan neft va gaz quduqlari, agar ular konni keyinchalik ishlatish davom ettirilganda haydash (pezometrik) qudug’i sifatida ishlatiladigan bo’lsa;

  2. yuqori darajada suvlangan va kam debitli, hozirgi paytda foydalanish

samarasiz quduqlar, ularni vaqtinchalik to’xtatish konni ishlatish holatining yomonlashuviga olib kelmagan sharoitda.
Neft va gaz konlarini ishlatishda quyidagi quduqlar tugatiladi:

  1. o’z vazifasini bajargan va burg’ilangandan so’ng samarasiz bo’lib qolgan razvedka va baholash quduqlari;

  2. loyihadagi chuqurlikka etkazilmagan va geologik hamda texnik sabablarga binoan loyihada qayd qilingan intervallarni ochmagan quduqlar;

  3. noqulay geologik sharoitlarda burg’ilangan (ya’ni mahsuldor ob’ekti bo’lmagan yoki yomon kollektorlardan tarkib topgan) ishlatish, haydash va kuzatish quduqlari; 4) razvedka yoki ishlatish qudug’i sifatida rejalashtirilgan, lekin burg’ilash sifati pastligi yoki burg’ilash jarayonida falokat yuz berganligi bois texnik sabablarga binoan tugatiladigan quduqlar;

  1. loyihadagi darajada suvlangan yoki neft debiti minimal (loyihadagi) miqdorgacha pasaygan bo’lib, ulardan boshqa ob’ektda haydash, pezometrik yoki ishlatish qudug’i sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda;

  2. geologik va texnik sabablarga binoan ularni haydash va kuzatish qudug’i sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo’lmaganda.

Neftgazli intervallarni ochgan bo’lsada texnik sabablarga ko’ra tugatilishi lozim bo’lgan quduqlar faqat Davlat kon-texnika nazoratining hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda tugatiladi.
Quduqlarni tugatishdan avval yer qa’rini muhofaza qilish talablariga rioya etish maqsadida izolyatsiya ishlarini amalga oshirish lozim. Mahsulsiz razvedka, izlov, parametrik, tayanch, mustahkamlash quvurlari o’rnatilgan va kesimda suvli qatlamlarni ochgan quduqlardan tashqari barcha toifadagi quduqlardan mustahkamlash quvurlari birikmasi chiqarib olinadi (bu texnik jihatdan mumkin bo’lgan joylarda), so’ng quduq tanasiga sement yoki gil eritma quyiladi, quduq og’zi esa sementlanadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QUDUQNI VAQTINCHA TO’XTATISH VA TUGATISH

Download 11,69 Mb.