ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH




Download 11,69 Mb.
bet207/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

16.5. ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH


Neft va gaz konlarini ishlatishda atrof muhitni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor berish kerak (16.1.-mavzuga qarang).
Neft va gaz konlarini ishlatish kon atrofi hududidagi tabiiy resurslarning holati bilan mustahkam bog’liq. Konni ishlatishda qishloq xo’jaligi va o’rmonzorlarga qarashli o’nlab, yuzlab, ba’zida minglab kvadrat kilometrdan iborat bo’lgan katta maydonlar ajratib beriladi. Konni ishlatish ehtiyojlari uchun har yili tabiiy suv havzalari (asosan daryolar)ning million, ba’zida yuzlab million kubometr suvlaridan foydalaniladi. Kon to’la qurib bitkazilmagan sharoitda, ayniqsa uni o’zlashtirish bosqichida, havoga chiqarilgan gazni va yo’lakay (neft) gazini masha’la qilib yoqqanda atmosferaning zararli gazlar bilan bulg’anishi hollari ro’y beradi. Ko’pincha yer yuzasi (va tabiiy suv havzalari) quduq va boshqa kon inshootlari atrofi qatlam (oqava) suvlari va neft bilan kuchli ifloslanishi mumkin. Neft konlarining
ishlatilishi natijasida yer yuzasini cho’kishi ham kuzatiladi (Kaliforniya, Grozniy).
Shunday qilib, neft va gaz konlarini ishlatishda tabiatni muhofaza qilish
bo’yicha quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirish zarur:

  1. kon inshootlari uchun yer maydonlari hajmini iloji boricha kamaytirish;

  2. atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft, qatlam suvi va boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg’anishiga qarshi tadbirlar belgilash;

  3. tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni kamaytirish;

  4. kondan foydalanishda yer yuzasining cho’kish jarayonini nazorat qilish va bu jarayonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar belgilash.

Bu vazifalarni amaliy hal qilish uchun quyidagilar zarur:

    1. kon ob’ektlari, neft va gazni yig’ishning bir quvurli sistemasini va blokli avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan blokli metodlarining tez joriy etilishini ta’minlash;

    2. hamma joyda kon ob’ektlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarini, neft va gazni yig’ish va jo’natishni, suvni nasos yordamida haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini joriy etish;

    3. qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa suvli intervallarning suvidan to’la foydalanish;

    4. neft bilan yo’l-yo’lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan to’la foydalanilishini ta’minlash.

Jumladan, O’zbekiston neft konlarida kon qurilishining yangi metodlaridan foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini so’nggi besh yilda ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Erning unumdor qatlamini tiklash bo’yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi o’n yilda 200 km2 erni qishloq xo’jaligiga qaytarildi. Suvni tozalaydigan inshootlar qurish, suv bostirishda qatlam suvidan to’la foydalanish, kompressor stantsiyalari va boshqa texnologik ob’ektlarni havo bilan sovitishga o’tkazish suv sarfini yiliga qariyb 180 mln.m3 ga kamaytirilishini ta’minladi.
Neft va gazni yig’ish, jo’natish, saqlash, tozalash va topshirishning germetizatsiyalashgan sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq yo’qolishini 2, 4 baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan foydalanishni 92% ga etkazish imkonini berdi. Shu yo’l bilan atrof muhitning neft, gaz, oqava suvlar bilan ifloslanishining oldini qariyb butkul olish uchun sharoit yaratilmoqda.
Yuqorida qarab chiqilgan omillar shundan dalolat beradiki, atrof muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning umumiy muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog’liqdir.

Download 11,69 Mb.
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   252




Download 11,69 Mb.