|
SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI
|
bet | 215/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi SANOAT AHAMIYATIGA MOLIK NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI
18.1. HAJMIY METOD
Neft zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodi keng tarqalgan bo’lib, undan neft qatlamining ishlatishning turli rejimlarida va uni razvedka qilishning har qanday bosqichida foydalanish mumkin.
Asosiy hajmiy metoddan tashqari, hozirgi vaqtda uning amalda kam qo’llaniladigan turli variantlari mavjud bo’lib, ularga hajmiy- statistik, hajmiyog’irlik, maydoniy va izochiziqli variantlardir.
Hajmiy-statistik variant kam miqdorda neft berayotgan (nefti tugayotgan) qatlam bo’yicha neft beraolish koeffitsientini neftga to’yinganlik koeffitsientiga ko’paytirilganidan foydalanishga asoslangan. Bu ko’paytma g’ovak hajmidan foydalanish koeffitsienti deb ataladi va u neftga to’yinganlik koeffitsienti va neft beraolish koeffitsientlarini alohida aniqlash qiyin bo’lgan, geologik tuzilishi bo’yicha shunga o’xshash yangi konlarda neft zaxiralarini hajmiy metodda hisoblash uchun qabul qilinishi mumkin.
Hajmiy-og’irlik varianti neft shaxta usuli bilan qazib olinayotgan, gravitatsiya rejimida bo’lgan qatlamlar hamda ochiq usul bilan ishlanayotgan neftli qatlamlar uchun qo’llaniladi. Bunday hollarda nefti bor bo’lgan qatlam hajmini va qatlam hajmi birligida neft miqdorini bilaturib neft zaxirasini aniqlash mumkin.
Maydoniy variant mazmuni nefti kamayib borayotgan mahsuldor maydonning birlik ulushidan va neftga to’yingan 1 m qalinlikdan olingan zaxiralarni aniqlash va olingan qiymatlarni geologik tuzilishi bir xil bo’lgan maydonga ekstrapolyatsiya qilishdan iborat. Bu variant neft zaxiralarini bashorat qilish (ya’ni, neft zaxiralari toifasiga kirmaydiganlarini hisoblash) uchun qo’llaniladi.
Izochiziqli variant hajmiy metod formulasining asosiy ko’rsatkichlaridan foydalanishdan iborat. Bunday ko’rsatkichlar yoki alohida, yoki ularning ayrimlarini ko’paytmasidan foydalaniladi va burg’ quduqlar joylashgan planda grafik usulda foydali qazilma miqdorini tavsiflovchi izochiziqlar bilan tasvirlanadi.
Masalan, hajmiy metod formulasidan quyidagi ko’rsatkichlar guruhi olinadi: ushbu burg’ quduq uchun qiymatlar ko’paytmasi hm va q (belgilarni pastroqdan ko’ring), shu bilan birga q mahsuldor qatlam uchun doimiy qiymat hisoblanadi. Keyin hm qiymatning izochiziqlari chiziladi va izochiziqlar orasidagi o’rtacha qiymatni () tegishli maydon f va q qiymatga ko’paytiriladi.
Natijada zaxiralar kelib chiqadi
Q=qf . (18.1)
Izochiziqlar varianti neft zaxiralarini hisoblash ishlarida keng qo’llanilmadi.
Hajmiy metoddan foydalanishda neft qatlam g’ovaklarida joylashganligi asos qilib olinadi. Qatlam g’ovaklarining hajmini neftli qatlamning geometrik o’lchamlari va ularni tashkil qiluvchi jinslarning g’ovakliligi orqali aniqlash mumkin.
Neft zaxiralarini hisoblash uchun quyidagi formula qo’llaniladi:
Q=Fhm , (18.2)
bunda Q olinadigan neft zaxirasi, t; F neftli maydon yuzasi, m2; h neftga to’yingan qatlamning qalinligi, m; m neftli jinslarning ochiq g’ovaklilik koeffitsienti; neft bera olish koeffitsienti; yer yuzasiga chiqarilgan neftning zichligi, t/m3; neft kirishishini qayta hisoblash koeffitsienti: =1/b (b qatlam neftining hajmiy koeffitsienti). Neft zaxirasini hajmiy metod bilan hisoblashda quyidagi ma’lumotlar zarur:
belgilangan zaxiralar toifalarini asoslash, ya’ni gorizontning ustki qismi bo’yicha hisoblash planida struktura xaritasida zaxiralar chegarasini belgilash, quduqni sinash yoki quduqni sinov ishlatish natijalarini shartli belgilarda planda tasvirlash;
gorizontning yoki qatlamning foydali qalinligi va uning g’ovakliligi hamda hisoblash uchun qabul qilingan dastlabki va o’rtacha qiymatlar olinishi va asoslanishi metodikasi haqida burg’ quduqlar bo’yicha daliliy ma’lumotlar;
v) neft tahlili va uni yer yuzasiga olib chiqilganda neftning kirishishi hamda gaz
omili haqidagi ma’lumotlar;
g) qatlam bosimi, to’yinish bosimi va kondagi gorizont temperaturasi haqidagi
daliliy ma’lumotlar:
d) gorizont rejimi, kollektor tipi va uning xossalari haqidagi ma’lumotlar.
|
| |