«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet213/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

C3 toifadagi zaxiralarga chuqur burg’ilashga tayyorlangan istiqbolli neft va gaz manbalari mansub bo’lib, ular neft-gazli rayon chegarasida joylashgan va shu rayon uchun belgilangan geologik va geofizik tadqiqotlar metodi yordamida chegaralangan bo’ladi. Shuningdek, razvedka qilingan konlarda burg’ quduqlari bilan ochilmagan, lekin mahsuldorligi rayondagi ochilgan boshqa konlarda belgilangan zaxiralar ham shu toifaga kiradi.
Uyumning shakli, o’lchami va yotish sharoiti geologik va geofizik tadqiqotlar asosida umumiy tarzda aniqlangan bo’lib, qatlamning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari, neft va gazning tarkibi va xossalari razvedka qilingan konlarnikiga o’xshash qilib olinadi.
Neft va gazning istiqbolli manbalaridan C1 va C2 toifalardagi zaxiralarning o’sishini ta’minlashda hamda izlov va razvedka ishlarini loyihalashda foydalaniladi.
D1 toifadagi zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning bashorat manbalari bo’lib, yirik regional struktura chegarasida neft-gazliligi sanoat miqyosida isbotlangan bo’ladi. D1 toifadagi neft va gazlarning bashorat manbalarini miqdoriy baholash o’rganilayotgan region chegarasida razvedka qilingan konlarnikiga o’xshash qilib olinadi va bajarilgan regional geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar natijasiga ko’ra amalga oshiriladi.
D2 toifadagi zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning bashorat manbalari bo’lib, yirik regional strukturalar chegarasida ularning neftgazliligi sanoat miqyosida isbotlanmagan bo’ladi. Ushbu komplekslarning neft-gazga istiqbolliligi geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar ma’lumotlari asosida bashorat qilinadi. D2 toifadagi bashorat manbalarning miqdoriy baholash umumiy geologik tasavvurlar asosida aniqlangan taxminiy parametrlar qiymatiga asoslanadi.
Shuningdek yaxshi o’rganilgan va neft-gaz konlari razvedka qilingan regionlardan olingan ma’lumotlardan bu toifani tavsiflashda foydalaniladi. Bulardan tashqari cho’kindi jins havzalarining isbotlangan va taxmin qilinadigan neft-gazliligi quyidagicha aniqlanishi mumkin: 1) tutqichlardagi, sonini oldindan aniqlash qiyin bo’lgan mahsuldor va taxmin qilinadigan gorizontlar; 2) burg’ilash yordamida ochilgan jinslar ichida bor bo’lishi mumkin bo’lgan istiqbolli gorizontlar; 3) burg’ qudug’i yordamida ochilgan, katta chuqurlikda joylashgan va bo’lishi mumkin bo’lgan mahsuldor gorizontlar.
Neft va gaz konlari zaxiralarini boshlang’ich miqdoriga qarab tasniflash bo’yicha sobiq Ittifoqning Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasiga ko’ra quyidagi tasnif qabul qilingan (1983 y.):
17.1-jadval

Konlar

Olinadigan neft zaxiralari, mln.t

Gazning balans zaxiralari, mlrd.m3

Noyob

300

500

Yirik

30-300

30-500

O’rtacha

10-30

10-30

Kichik

10

10

Konlardan chiqarib olinadigan zaxiralarning eng ko’p miqdori neft uyumlarida 30-50 %, gaz uyumlarida 80-90 % ga etadi.
Geologik tuzilishining murakkabligiga, joylashish sharoitiga, mahsuldor qatlamning izchilligiga ko’ra (zaxiralar miqdoridan qat’iy nazar) kon (uyum)lar quyidagi xillarga bo’linadi:

  • sodda tuzilgan konlar − tektonik yoriqlar bilan buzilmagan yoki kuchsiz buzilgan strukturalar; mahsuldor qatlamlar qalinligi va ularning kollektorlik

xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab deyarli o’zgarmaydi;

  • murakkab tuzilgan konlar − mahsuldor qatlamlar qalinligi va kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab o’zgaruvchan jinslarning qavatlanishi yoki tektonik buzilishlar kuzatiladi;

  • juda murakkab tuzilgan konlar − ularga litologik qatlanishlar yoki tektonik buzilishlar xos bo’lib, mahsuldor qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari qisqa masofada o’zgaruvchan bo’ladi.

Konlarning geologik tuzilishining murakkablik darajasi zaxiralarning 70 %ni
o’zida jamlagan asosiy uyumlarning tavsifi bilan belgilanadi. Konlarni o’rganishda yuqori samaradorlikka erishish uchun geologik qidiruv ishlari bosqichlari va etaplariga qat’iy rioya qilish lozim. Konlarning o’rganilganlik darajasi uni to’liq o’zlashtirish imkonini ta’minlashi va shu bilan birga atrof muhitni muhofaza qilish talablariga javob berishi kerak.
Maydonda izlov burg’ilashini loyihalash uchun geologik-geofizik tadqiqotlar natijasida aniqlangan va chuqur burg’ilashga tayyorlangan strukturalar (tutqichlar) belgilangan, shuningdek S3 toifadagi istiqbolli manbalar hisoblangan bo’lishi lozim. Tutqich maydonida burg’ilanadigan quduqlar izlov ishlari loyihasida ko’rsatilgan to’r bo’yicha joylashtiriladi. Izlov quduqlari chuqurligi neft-gazga istiqbolli maydon kesimini burg’ilash texnikasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda to’liq o’rganishni ta’minlashi kerak.
Ulkan va yirik neft-gaz konlarini bosqichma-bosqich o’zlashtirishda mufassal razvedka ishlari birinchi navbatda o’zlashtirilishi belgilangan uyumlarda yoki uning bir qismida olib boriladi. Razvedka quduqlarining miqdori, joylashish tizimi, burg’ilash ishlarining ketma-ketligi, mahsuldor qatlamlarning geologik tuzilishi, ularning qalinligining o’zgarish qonuniyatlari, kollektorlik xususiyatlari, neft, gaz va suv bilan to’yinish xarakteri hamda konning tektonik xususiyatlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar to’plash imkonini berishi kerak.
Kon(uyum)ni mufassal o’rganish, uning hajmini baholash, zaxiralarini hisoblashni asoslash va ob’ektni sanoat miqyosida o’zlashtirishga tayyorlash uchun burg’ilanadigan razvedka quduqlari oralig’idagi masofa uyumning o’lchami va uning geologik tuzilishini murakkabligiga qarab aniqlanadi. Quyida 17.2-jadvalda neft va gaz konlarini razvedka qilishda sobiq Ittifoqda qabul qilingan quduqlar oralig’idagi o’rtacha masofalarning umumlashtirilgan ma’lumotlari berildi. Bu ma’lumotlardan geologik qidiruv ishlarini loyihalashda foydalanish mumkin. Har bir kon uchun to’plangan geologik va geofizik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida razvedka quduqlari joylashishining oqilona sistemasi tanlanadi.
17.2-jadval

Konlar

Olinadigan neft zaxiralari, mln. t

Kon
(uyum) maydoni, km2

Quduqlar oralig’idagi o’rtacha masofa, km; konlar

Gazning balans zaxira-
lari, mlrd. m3

Mahsuldor qatlam
qalinligi, m

sodda tuzilgan

murakkab tuzilgan

juda
murakkab tuzilgan

Ulkan

 300

 500

100

10 15

10−12

8−10

5−8

Juda yirik



100

10 15

4,0 (3,5−4,5)

2,9 (2,7−3,2)

1,8 (1,5−3,0)

Yirik

30−100



3,0 (2,7−3,3)

2,1 (1,8−2,5)

1,2 (0,8−1,5)

O’rtacha

10−30



2,2 (1,5−2,5)

1,5 (1,2−1,7)

1,0 (0,8−1,3)

Mayda

10 gacha



1,5 (1,2−1,7)

1,5 (1,2−1,7)

1,0 (0,5−1,5)

Neft va yonuvchi gazlar zaxiralarini, ularni o’rganilganlik darajasi bo’yicha toifalarga ajratish shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasi bilan aniqlanadi.
Alohida konlar va maydonlar bo’yicha hisoblanadigan neft, yonuvchi gazlar va ularda uchraydigan yo’ldosh komponentlarning A, B, C1 va C2 toifali zaxiralaridan tashqari, neft-gazli provintsiya, region, zona va hududlarning potentsial imkoniyatlarini umumiy geologik tasavvurlar asosida baholash uchun bashoratli zaxiralar (D guruhi) aniqlanadi. Bu zaxiralar «O’zbekneftegaz» MXK da muhokamadan o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar
Komissiyasiga tasdiqlash uchun neft va gaz zaxiralarini hisoblash bo’yicha taqdim etiladigan materiallarning mazmuni, ko’rib chiqish va rasmiylashtirish tartibi, neft va yonuvchi gaz konlarining zaxiralari tasnifini qo’llash maxsus Yo’riqnoma bilan belgilanadi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.