«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet212/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

17.3. ZAXIRALARNING TOIFALARI


Uglevodorod zaxiralarini hisoblashda ular A, B, C1 va C2 toifalarga kiritiladi. Zaxiralarning u yoki bu toifaga mansubligi 1983 yilda qabul qilingan «Neft va yonuvchi gazlarning istiqbolli va bashorat manbalari va konlari zaxiralari tasnifi» va 1984 yilda nashr qilingan yo’riqnoma orqali aniqlanadi. Ularning mazmuni va mohiyati «Zaxiralarni hisoblash metodi, neft va gaz manbalarini hisoblash» fanida kengroq yoritilgan.
Neft va gaz zaxiralarining tasnifi O’zbekiston Respublikasi va MDH da quyidagicha ta’riflanadi:
Zaxiralarning toifasi uyumning yoki uning bir qismining o’rganilganlik darajasini va o’zlashtirishga tayyorlanganligini bildiruvchi ko’rsatkichdir. SHu sababli zaxiralarni u yoki bu toifaga mansubligini aniqlash uchun uyumning miqdori va sifati to’g’risida to’plangan ma’lumotlarni va uyum holatini belgilovchi sharoitlarni xolisona baholash zarur.
Sanoat miqyosiga molik neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi komponentlar zaxiralari o’rganilganlik darajasiga ko’ra razvedka qilingan − A, B va C1 toifalarga hamda dastlabki baholangan − C2 toifaga bo’linadi. Shuningdek, neft va gaz manbalari ularning asoslanganligiga ko’ra istiqbolli − C3 toifaga hamda bashorat D1 va D2 toifalarga bo’linadi.

  1. toifadagi zaxiralarga neft va gaz zaxiralarining mukammal o’rganilganligi, neft(gaz)li qatlamlarning yotish holati, geologik tuzilishini, uyum tipi, shakli, o’lchami, qatlamning neft va gazga to’yingan foydali qalinligi, kollektor tipi, jinslarning kollektorli xususiyatlarining o’zgarishi, samarali qatlamlarning neft va gazga to’yinganligi, neft, gaz va kondensat tarkibi va xususiyatlarining o’zgarish tavsifini hamda uyumlarning ishlatish sharoitlarining (ishlash rejimi, quduqning mahsuldorligi, qatlam bosimi, neft, gaz va kondensat sarfi, gidro- va pezoo’tkazuvchanlik va b.) asosiy xususiyatlarini to’liq belgilash orqali aniqlangan zaxiralar kiradi.

  2. toifadagi zaxiralarga neft-gazliligi mufassal tekshirilgan qatlamlarning yotish holati, geologik tuzilishi hamda turli gipsometrik sathlarda joylashgan neft va gaz quduqlaridan olingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida aniqlangan uyumlarning zaxiralari kiradi. Uyumning katta-kichikligi, shakli va tipi, qatlamning neft va gazga to’yingan foydali qalinligi, kollektor turi, jinslarning kollektorli xususiyatlari, mahsuldor qatlamning neft va gazga to’yinganligi, qatlam sharoitidagi neft, gaz va kondensatning tarkibi va xususiyatini o’zgarish tavsifi hamda uyumning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganilganlik darajasi uyumning ishlatish loyihasini tuzish uchun etarli bo’lishi lozim.

C1 toifadagi zaxiralarga neft(gaz)li qatlamlarning geologik tuzilishi, yotish holati va tarqalish maydoni umumiy holda o’rganilgan hamda maydonni neft-gazliligi quduqlardan olingan sanoat miqyosidagi oqimlar asosida belgilangan zaxiralar kiradi. Uyumning katta- kichikligi, shakli, tipi, neft va gazli qatlam-kollektorlarning yotish sharoiti razvedka va ishlatish quduqlarining burg’ilash ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibi, kollektor tipi, kollektorlik xususiyatlari, neft va gazga to’yinganligi, neft va gazga to’yingan qatlamlar qalinligi kern va burg’ qudug’ida bajarilgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida o’rganiladi. Quduqlarni sinash ma’lumotlari yordamida neft, gaz va kondensatlarning qatlam sharoitidagi tarkibi tahlil qilinadi. Neft-gaz quduqlari bo’yicha neftli hoshiyani sanoat miqyosidagi ko’lami baholanadi. Quduqlarning mahsuldorligi, qatlamni gaz- va pezoo’tkazuvchanligi, qatlam bosimi, temperaturasi, neft, gaz va kondensat sarfi quduqda bajarilgan sinash va tadqiqotlar natijasida aniqlanadi. Maydonni gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoitlari burg’ilangan quduqlar yordamida va aniqlangan konlardan olingan ma’lumotlar asosida belgilanadi.
C2 toifadagi zaxiralar maydonning umumiy geologik ma’lumotlari va neft-gazli qatlamning ayrim joylarida bajarilgan sinov ishlariga asoslanib aniqlanadi.
SHuningdek, yuqori toifaga mansub zaxiralari bo’lgan uchastkalarga ulanib ketadigan, uyumlarni tekshirilmagan qismida bo’lishi mumkin bo’lgan neft va gaz zaxiralari hamda o’rganilgan konlardagi uyumlar ustida va oralig’ida joylashgan, sinash ishlari bajarilmagan qatlamlar zaxiralari geologik va geofizik tadqiqotlar asosida aniqlanadi. Uyumning shakli va katta-kichikligi, qatlamlarning kollektorlik xususiyati va qalinligi, neft, gaz, kondensatlarning tarkibi va xususiyatlari umumiy geologik va geofizik tadqiqotlar natijasida o’rganilgan bo’ladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.