|
2. Zaxiralarning toifalari va turlarini o’rganish Neft zaxiralarini hisoblash usullari
|
bet | 1/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 222,68 Kb. | | #106505 |
Bog'liq Ma\'ruza №2
Ma’ruza №2. Qoldiq neft zaxiralarini olish muammolari va yechimlari
Reja:
1.Davlat Zaxiralar Komissiyasi (DZK) tomonidan texnik-iqtisodiy hisoblashlar tahlili
2.Zaxiralarning toifalari va turlarini o’rganish
3.Neft zaxiralarini hisoblash usullari
Neft va kondensat chiqarib olish koeffitsientlari «O’zbekneftgaz» MXK da muhokamadan o’tkazilib tasdiqlanishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasi (DZK) tomonidan texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida belgilanishi lozim. Olinadigan va geologik zaxiralar nisbati orqali ham neft chiqarib olish koeffitsientini aniqlash mumkin.
Qo’riqxonalar, suv xavzalari, aholi punktlari, inshoatlar, qishloq xo’jaligi ob’yektlari, tarixiy va madaniy yodgorliklar chegarasida joylashgan neft va gaz konlarining zaxiralari ob’yektlarni ko’chirishga sarflanadigan xarajatlar yoki konlarni ishlatishning maxsus usullaridan foydalanishga sarflanadigan xarajatlarning texnik-iqtisodiy xisoblariga asoslanib balans yoki balansdan tashqari zaxiralarga kiritiladi.
Olinadigan zaxiralar balans zaxiralarning bir qismi bo’lib, ular yer ostidan zamonaviy texnika vositalari va ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanib, sarflanadigan mablag’larni hisobga olib, yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilib chiqarib olinadi.
Geologik zaxiralar, qazib olish imkoniyati bor-yo’qligidan qat’iy nazar, uyumdagi foydali qazilmalarning umumiy miqdorini bildiradi.
ZAXIRALARNING TOIFALARI
Uglevodorod zaxiralarini hisoblashda ular A, B, C1 va C2 toifalarga kiritiladi. Zaxiralarning u yoki bu toifaga mansubligi 1983 yilda qabul qilingan «Neft va yonuvchi gazlarning istiqbolli va bashorat manbalari va konlari zaxiralari tasnifi» va 1984 yilda nashr qilingan yo’riqnoma orqali aniqlanadi.
|
| |