O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi teleradioeshittirish sohasida teleradiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibda litsenziyalar berish uchun tanlov e’lon qiladi
Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2016 yil 17 may
Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash sanasi: 2016 yil 21 mart
Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish sanasi: 2016 yil 19 aprel
Tanlov o‘tkazish joyi: Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi manzilida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zalida. Mustaqillik maydoni - Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan.
Buyurtmanomalar qabul qilish manzili: Toshkent sh., Mustaqillik maydoni, Hukumat uyi. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasi ishchi guruhi
Ma’lumot uchun telefon raqamlari: 2398457, 98 1283075
Tanlovga quyidagi radiochastota nominallari qo‘yildi:
Lot
|
Radiochastota nominallari
|
Uzatkich quvvati
|
Tarqatish hududi
|
I. Teledasturlarni tarqatish
|
1
|
26 televizion kanal (510,0-518,0 MGs)
|
100 Vt
|
Qarshi shahri
|
II. Radiodasturlarni tarqatish
|
2
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Toshkent shahri va yaqin atrof tumanlari
|
3
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Buxoro shahri va yaqin atrof tumanlari
|
4
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
200 Vt
|
Samarqand shahri
|
5
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Urgench shahri va yaqin atrof tumanlari
|
6
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Qo‘qon shahri va yaqin atrof tumanlari
|
7
|
101,0 MGs (FM diapazon)
|
300 Vt
|
Navoiy shahri
|
8
|
103,5 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Toshkent shahri va yaqin atrof tumanlari
|
9
|
107,2 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Toshkent shahri va yaqin atrof tumanlari
|
10
|
102,0 MGs (FM diapazon)
|
1 kVt
|
Toshkent shahri va yaqin atrof tumanlari
|
11
|
104,5 MGs* (FM diapazon)
|
100 Vt
|
Samarqand shahri
|
*radiouzatkich RRTM DUKdan ijara sharti asosida ajratiladi
**radiochastotalar MMDS texnologiyasi asosida efir-kabel televideniyesi tarmog‘ini tashkil etish uchun ikkilamchi asosda ajratiladi
Tanlov shartlari:
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta’sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga litsenziya da’vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya da’vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
yuridik shaxs davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun litsenziya da’vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
tegishli organlarning teleradioeshittirishlar ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi normalari va ob’ektni qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).
Ilova: Hujjatlar to‘plami besh ekzemplyarda taqdim etiladi. Litsenziya olish uchun to‘lov bo‘yicha moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.
Litsenziya talablari va shartlari:
Litsenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi litsenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:
faoliyat sohasi bӯyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;
janr va mazmun jihatidan xilma-xil bӯlgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma’naviy extiyojlariga mosligini ta’minlash;
teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;
xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;
telekommunikatsiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob’ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta’minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa litsenziya talab va shartlarining bajarilishi.
Bank hisob raqamlari:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4 uy
Telefon: 99871 238-4107; 99871 238-4123
Faks: 99871 239-8782
G‘aznachilikdagi to‘lov rekvizitlari:
Mablag‘ oluvchi: O‘zRes Moliya Vazirligi G‘aznachiligi
G‘aznachilikning STIRi: 201 122 919
G‘aznachilikning hisob-raqami: 23402 000 300 100 001 010
Banki O‘zR XXKM MB Toshkent shahrida, bank kodi 00 014
G‘aznachilikdagi shaxsiy hisob-varaqlari:
ShHV 4014 1086 0262 7779 5010 0078 001 (zakolat to‘lovi uchun)
ShXV 4001 1086 0262 7779 5010 0078 001 (tanlov takliflari qo‘rib chiqish uchun)
STIR: 201 221 770
OKONX 97 300
OKPO 2422 6559
KFS 212
SOATO 172 6277
OPF 2100
SOOGU 03 593
|