|
2. Zaxiralarning toifalari va turlarini o’rganish Neft zaxiralarini hisoblash usullari
|
bet | 2/4 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 222,68 Kb. | | #106505 |
Bog'liq Ma\'ruza №2Zaxiralarning toifasi- uyumning yoki uning bir qismining o’rganilganlik darajasini va o’zlashtirishga tayyorlanganligini bildiruvchi ko’rsatkichdir.
Zaxiralar qanchalik o’rganilganligiga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi:
A toifadagi zaxiralar. Uyum barcha loyihalash hujjatlari bo’yicha to’liq burg’ilab bo’lingan, kon ishlash jarayonida bo’lib to’liq o’rganilgan.
B toifadagi zaxiralar. Uyum texnologik tarx (sxema) asosida burg’ilab bo’lingan, kon ishlash jarayonida bo’lib, yetarli darajada o’rganilgan.
C1 toifadagi zaxiralar. Qidirish ishlari bo’yicha tasdiqlangan zaxiralar. Uning neftgazliligi qidiruv quduqlari orqali tasdiqlangan bo’lib, uyumning chegaralari yetarli darajada aniqlangan. Uyumga tegishli ma’lumotlar texnologik tarx tuzish uchun yetarli.
C2 toifadagi zaxiralar. Oraliq yoki yuqorida yotuvchi qatlamlardagi uyumlar bo’lib, qidiruv quduqlari orqali aniqlangan, lekin hali sinalmagan uyumlar.
Bunday uyumlar qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlarda ham bo’lishi mumkin. Umumiy holda burg’ulangan quduqlarning geologik va geofizik tahlili asosida aniqlangan bo’lib, texnologik tarx tuzish uchun olingan ma’lumotlar yetarli emas
C3 toifadagi zaxiralar. Qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlardagi ochilishi taxmin qilinayotgan, yaqin atrofdagi boshqa konlarda aniqlangan uyumlar. Asosiy ma’lumotlar yaqin atrofdagi xuddi shu qatlamda ochilgan uyumlarning ma’lumotlariga asoslanib olinadi.
Bulardan tashqari bashorat toifasidagi manbalar ham tasniflangan. Ular ikki toifada bo’lib, quyidagilardan iborat:
D1 toifadagi manbalar. O’lkaviy tuzilmalarning litologik - stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar. Bunday uyumlar juda katta o’lkaviy tuzilmalarda o’z tasdig’ini topgan bo’ladi va manbalarning miqdoriy baxosi geologik, geokimyoviy va geofizik tahlillarga asoslangan bo’ladi.
D2 toifadagi manbalar. O’lkaviy tuzilmalarning litologik-stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar bo’lib, juda katta o’lkaviy tuzilmalarda hali o’z tasdig’ini topmagan bo’ladi. Bunday manbalarning miqdoriy baxosi boshqa shu kabi konlarning ma’lumotlariga qarab, taxminiy asoslanadi.
- sodda tuzilgan konlar − tektonik yoriqlar bilan buzilmagan yoki kuchsiz buzilgan strukturalar; mahsuldor qatlamlar qalinligi va ularning kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab deyarli o’zgarmaydi;
- murakkab tuzilgan konlar − mahsuldor qatlamlar qalinligi va kollektorlik xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab o’zgaruvchan jinslarning qavatlanishi yoki tektonik bo’zilishlar kuzatiladi;
- juda murakkab tuzilgan konlar − ularga litologik qatlanishlar yoki tektonik buzilishlar xos bo’lib, mahsuldor qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari qisqa masofada o’zgaruvchan bo’ladi.
Neft zaxiralarini hisoblash usullari
Neft zaxiralarini hisoblashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
|
| |