KON VA UYUMLARNING SANOAT MIQYOSIDA O’ZLASHTIRISH UCHUN TAYYORLANGANLIGI




Download 11,69 Mb.
bet214/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

17.4. KON VA UYUMLARNING SANOAT MIQYOSIDA O’ZLASHTIRISH UCHUN TAYYORLANGANLIGI


Neft va neft-gaz konlarini ishlatish loyihalarini tasdiqlash, kon ob’ektlari, sanoat inshootlari qurilishiga kapital mablag’larni ajratish kon (uyum) bo’yicha neft va yonuvchi gazlarning B va C1 toifali zaxiralari Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlangandagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda konning ayrim guruhlari uchun qayd qilingan toifalarning quyidagi o’zaro nisbati belgilanadi.
I guruhga geologik tuzilishi oddiy, maydon va kesim bo’ylab mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining turg’un (yaxshi saqlangan)ligi bilan tavsiflanuvchi konlar kiradi. Bu guruhdagi konlar uchun B toifa bo’yicha yangi rayonlarda kamida 30%, neftgaz qazib olish sanoati rivojlangan rayonlarda kamida 20% zaxiralari razvedka qilingan bo’lishi kerak.
B toifadagi razvedka qilingan zaxiralarni belgilangan foizlarga nisbatan asossiz ko’p bo’lishi maqsadga muvofiq emas.
II guruhga geologik tuzilishi murakkab, maydon va kesim bo’ylab mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruvchanligi bilan tavsiflanuvchi konlar kiradi.
Bu guruhdagi konlar uchun B toifali zaxiralarni aniqlash razvedka ishlarining narxi qimmatligiga ko’ra maqsadga muvofiq emas. Loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat inshootlarining qurilishiga kapital mablag’larni ajratish S1 toifali zaxiralar asosida ruxsat etiladi.
Ikkala guruhga tegishli konlarni ishlatish va ularni jihozlash Davlat Zaxiralar
Komissiyasi bilan kelishilgan holda «O’zbekneftgaz» MXK da tasdiqlangan va tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga oshiriladi.
Ishlayotgan neftuzatgichlar, gazuzatgichlar va neft konlari yaqinida joylashgan va olinadigan zaxiralari 5 mln. tonnagacha bo’lgan neft va neft-gaz konlari Davlat Zaxiralar Komissiyasi bilan kelishilgan holda tezkor hisoblangan zaxiralar asosida uch yil muddatga ishga tushirilishi va keyinchalik zaxiralarni hisoblab, ularni Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatilishi zarur.
Sanoat miqyosidagi neft zaxiralariga ega bo’lmagan gaz konlari (uyumlari) bo’yicha:

  1. yangi rayonlarda joylashgan kon ob’ektlari va sanoat inshootlarining qurilishi

bo’yicha loyihalash va qidiruv ishlarini bajarish hamda kon(uyum)lardan tajribasanoat miqyosida foydalanish loyihasini tuzish tezkor hisoblangan B+C1 toifadagi gaz zaxiralari va C2 toifadagi zaxiralarning 50 % asosida bajariladi.

  1. kon(uyum)larni ishlatish loyihalarini tasdiqlash, kon ob’ektlari va sanoat inshootlari qurilishiga kapital mablag’larni ajratish faqat Davlat Zaxiralar Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan B+C1 toifali zaxiralar mavjudligida amalga oshiriladi. Bunda geologik tuzilishi oddiy, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgarmas bo’lgan, I guruhga mansub konlar uchun kamida 20% zaxirasi B toifa bo’yicha razvedka qilingan bo’lishi, geologik tuzilishi murakkab, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lgan, II toifaga mansub konlar uchun loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat inshootlarini qurilishiga kapital mablag’ ajratish C1 toifali zaxiralar asosida ruxsat etiladi.

v) ishlab turgan gazuzatgichlar yaqinida joylashgan kon(uyum)larni uch yil
muddatga tezkor hisoblangan zaxiralar asosida ishga tushirish va keyinchalik ularning zaxiralarini hisoblab Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatish zarur.
I guruhga mansub konlardagi B toifali zaxiralar miqdori, neft va yonuvchi gazlar
zaxiralari tasnifida (1983 y.) ko’rsatilgan zaxira miqdoridan kam bo’lganda neft yoki gaz qazib olish korxonalarini loyihalash va qurish ehtimoli Davlat Zaxiralar
Komissiyasida zaxiralar tasdiqlangandan so’ng hal qilinadi.
Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlangan neft va yonuvchi gazlar zaxiralari asosida foydalanishga topshirilgan ko’p qatlamli konlarda yangi intervallar va yuqorida yotuvchi qatlamlarda zaxiralar aniqlangan bo’lsa, ulardan foydalanishda kon ob’ektlarini va sanoat inshootlarini qayta tiklashga katta hajmdagi qo’shimcha kapital mablag’lar ajratilishi shart emas. Uyumlarni ishlatish quduqlarni burg’ilash ma’lumotlari bo’yicha bajarilgan tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ishga tushirilgan neft va gaz kon(uyum)lari bo’yicha zaxiralarni yanada yuqoriroq toifalarga o’tkazish foydalanish quduqlarini burg’ilash va ularda tadqiqotlar o’tkazish chog’ida to’plangan ma’lumotlar, zarur hollarda esa qo’shimcha burg’ilangan razvedka quduqlari ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. 18-bob

Download 11,69 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KON VA UYUMLARNING SANOAT MIQYOSIDA O’ZLASHTIRISH UCHUN TAYYORLANGANLIGI

Download 11,69 Mb.