|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 222/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 18.2. STATISTIK METOD
Quduq debitining pasayishini ko’rsatuvchi egri chiziqni o’rganishga asoslangan neftning yer osti zaxiralarini hisoblash metodi. MDH da debitning pasayishi egri chizig’ini tuzishda matematik statistika qo’llanilgandan boshlab, u statistik metod deb nomlandi.
Statistik metodning rivojlanishiga V.V.Bilibin (1930) ishlari yordam berdi; ularda neft zaxiralarini hisoblash uchun matematik statistika metodlarini qo’llanishi ko’rilgan. Matematik statistika metodlari debitning pasayishi egri chiziqlarini tuzishda ma’lumotlarni katta aniqlikda hisoblash imkonini berdi.
Har xil turdagi egri chiziqlarni chizishda dastlab olingan va keyin bo’ladigan o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va ekstrapolyatsiya qilish usullaridan foydalaniladi. Egri chiziq yordamida yoki matematik hisoblashlar orqali uyumdan olinadigan zaxiralar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda statistik metod konni ishlatishning so’ngi bosqichidagi zaxirasini aniqlashda qo’llaniladi.
18.2.1. Mahsuldorlikning ehtimoliy egri chizig’i
Ma’lum bir sharoitda quduqlar yordamida ishlatilayotgan qatlamning tabiiy neft beraolishini ifodalovchi daliliy ma’lumotlar mavjud bo’lganda statistik metoddan foydalanish mumkin. Qatlamga ta’sir etish tadbirlari o’tkazilayotganda esa zaxiralarni hisoblash uchun statistik egri chizig’ini qo’llash maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari, egri chiziqni tuzishda vaqti-vaqti bilan hamda debiti chegaralab ishlatilayotgan quduqlardan olingan ma’lumotlarga asoslanish mumkin emas. Shuningdek, samarador suvbosimli rejimda ishlatilayotgan qatlamlar uchun ham statistik metodni qo’llashdan ma’no yo’q. Demak, statistik metodni erigan gaz rejimidagi qatlam uchun gaz-bosimli (gaz qalpog’i rejimida) va istisno tariqasida, suv bosimli rejimdagi mahsuldor bo’lmagan qatlamlar uchun qo’llash mumkin.
Quduq debiti yig’indisi miqdori, uning boshlang’ich debiti qiymati va debitni vaqt davomida o’zgarish dinamikasi bilan aniqlanadi, shu sababli chizilgan barcha egri chiziqlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: 1) boshlang’ich debit egri chizig’i va 2) unumdorlik egri chizig’i. Boshlang’ich debit egri chizig’i hali burg’ilanmagan quduq uchun dastlabki debitni aniqlashga xizmat qiladi. Unumdorlik egri chizig’i quduq «umri» oxirigacha qandaydir ma’lum debitni (boshlang’ich yoki kundalik) pasayish sur’atini o’rnatishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda quduqlarni ishga tushirishda qo’shni uchastkada joylashgan quduqlarning kundalik debitlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Agar qatlamlar yangi, hali burg’ilanmagan bo’lsa, u holda yangi burg’ilanadigan quduqlarning boshlang’ich debitini aniqlash uchun eng yaqinda joylashgan, geologik tuzilishiga ko’ra o’xshash bo’lgan burg’ilangan qatlamlar ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Quduqda boshlang’ich o’rtacha sutkalik debit (birinchi oy ishlatishda) aniqlangandan so’ng yil davomida boshlang’ich debitning pasayish sur’ati kuzatib boriladi va ushbu quduq bo’yicha neft zaxirasini hisoblashda unumdorlik egri chizig’ining ayrim oraliqlari bo’yicha olingan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Statistik metodni qo’llaganda boshlang’ich ma’lumotlar sifatida quduq bo’yicha neft debiti hisoblanadi. Statistik egri chiziqlarni tuzishda odatda har oy bo’yicha aniqlangan o’rtacha sutkalik debitlardan foydalaniladi. SHu munosabat bilan har qaysi tekshirilayotgan qatlam uchun boshlang’ich daliliy ma’lumotlar jadvali tuziladi (18.1-jadval).
Neft zaxiralarini hisoblashda ikkita eng yaqin debitlarning o’zaro bog’liqligini aniqlash uchun korrelyatsiya jadvallaridan foydalaniladi. Bu jadvallar egri chiziqlarni tuzishda mavjud bo’lgan ixtiyoriylikni bartaraf qilish va matematik statistika metodlari yordamida debitlar orasidagi bog’liqlik shakli haqida fikrlash imkonini berdi. Korrelyatsiya jadvallaridan foydalanish o’rganilayotgan qonuniyatlarni yaqqol tasvirlashni ta’minlaydi.
Tuzilgan korrelyatsiya jadvallarida nuqtalar joylashishining umumiy
holatidan chetga og’ayotgan ayrim nuqtalar belgilanadi va sinchkovlik bilan geologik-texnik tahlil qilinadi. Bunday tahlil orqali keyingi egri chiziqlarni tuzishda hisobga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha omillar aniqlanadi hamda nuqtalar joylashishining umumiy holatiga javob bermaydigan nuqtalar ma’lumotlari hisobdan chiqariladi.
Mahsuldorlikning ehtimollik egri chiziqlaridan foydalanishda qiymati eng yaqin ikkita debit taqqoslanadi, bunda asosan quduq ishlatilgan oylar bo’yicha hisoblangan o’rtacha sutkalik miqdordan foydalaniladi. Masalan, o’rganilayotgan qatlamning quduqlar bo’yicha debiti quyidagichadir (18.2-jadval):
Korrelyatsiya jadvallariga yoziladigan debitlar qiymatidan foydalanishni osonlashtirish uchun ular logarifmlarda ifodalanadi (18.3-jadval). Logarifmlardagi debitlar oralig’i odatda 0,1 ga teng deb qabul qilinadi.
Maksimal va minimal debitlar logarifmlari orasidagi farqni logarifmlardagi 0,1 oraliqqa bo’lish orqali jadvaldagi ustunlar soni aniqlanadi. Ushbu holda 1,4-0,5=0,9; 0,9:0,1=9 ustun. Aniqlangan debitlar korrelyatsiya jadvaliga har qaysi quduq bo’yicha alohida yozib chiqiladi (masalan, 5-quduq uchun oldingi debit 10,2; keyingi 9,9; oldingi debit 9,9, keyingi 9,6 va h.k.).
18.1-jadval
|
|
Quduqni ishga tushirishdan olingan ma’lumotlar
|
|
|
Yil va oy
|
|
|
|
|
2007
|
|
2009
|
I
|
II
|
V
|
XII
|
Jami
(1 yilda)
|
|
|
1 oyda qazib olingan neft miqdori
Quduq ishlatilgan kunlar soni 1 oyda o’rtacha sutka-lik qazib olish
|
|
|
|
|
|
|
18.2-jadval
Quduq nomeri
|
Ishlatish yili va oyi
|
O’rtacha sutkalik debit, t
|
Quduq nomeri
|
Ishlatish yili va oyi
|
O’rtacha sutkalik debit,
t
|
5
|
2002 y.
II-III
IV
V
|
110,2
9,9
9,6
|
19
|
2005 y.
IV
V
VI
|
13,0
12,6
12,2
|
|
VI
|
9,0
|
|
VII
|
11,8
|
|
VII-VIII
|
8,8
|
|
VIII
|
11,5
|
|
IX
|
8,4
|
|
IX
|
11,2
|
7
|
2003 y.
III-IV
V
VI
|
21,8
20,9
20,1
|
6
|
2006 y.
IV
V
VI
|
4,2
4,1
4,0
|
|
VII
|
19,0
|
|
VII
|
3,9
|
|
VIII
|
17,0
|
|
VIII
|
3,8
|
|
IX
|
18,0
|
|
IX
|
3,5
|
14
|
2004 y.
III-IV
V
VI
|
8,0
7,7
7,5
|
|
|
|
|
VII
|
7,3
|
|
|
|
|
VIII
|
7,1
|
|
|
|
|
IX
|
6,9
|
|
|
|
18.3-jadval
Keyingi debit, Qx
|
O’rtacha logarifm
|
1,35
|
1,25
|
1,15
|
1,05
|
0,95
|
0,95
|
0,75
|
0,65
|
0,55
|
|
Tegishli chastotalarga o’rtacha logarifmlarni
ko’paytirilganining yig’indisi
|
Keyingi
o’rtacha debit, lgQx
|
Oldingi debit, Qy
|
Logarifm chegarasi
|
1,40
1,30
|
1,30
1,20
|
1,20
1,10
|
1,10
1,00
|
1,00
0,90
|
0,90
0,80
|
0,80
0,70
|
0,70
0,60
|
0,60
0,50
|
O’rtacha logarifm
|
Logarifm chegarasi
|
Sonlar
|
25,1
20,0
|
19,9
15,9
|
15,8
12,6
|
12,5
10,0
|
9,99
7,94
|
7,93
6,31
|
6,30
5,01
|
5,00
3,98
|
3,97
3,16
|
1,35
|
1,40
|
25,1
|
II(2)
|
I(1)
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
3,950
|
1,317
|
|
1,30
|
20,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1,25
|
1,30
|
19,9
|
|
II(2)
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
2,500
|
1,250
|
|
1,20
|
15,9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1,15
|
1,20
|
15,8
|
|
|
I(1)
|
I(1)
|
|
|
|
|
|
2
|
2,200
|
1,100
|
|
1,10
|
12,6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1,05
|
1,10
|
12,5
|
|
|
|
III(3)
|
I(1)
|
|
|
|
|
4
|
4,100
|
1,025
|
|
1,00
|
10,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0,95
|
1,00
|
9,99
|
|
|
|
|
IIII(4)
|
I(1)
|
|
|
|
5
|
4,650
|
0,930
|
|
0,90
|
7,94
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0,85
|
0,90
|
7,93
|
|
|
|
|
|
IIII(4)
|
|
|
|
4
|
3,400
|
0,850
|
|
0,80
|
6,31
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0,75
|
0,80
|
6,30
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0
|
|
(0,733)*
|
|
0,70
|
5,01
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0,65
|
0,70
|
5,00
|
|
|
|
|
|
|
|
II(2)
|
I(1)
|
3
|
1,850
|
0,616
|
|
0,60
|
3,98
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0,55
|
0,60
|
3,97
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II(2)
|
2
|
1,100
|
0,550
|
|
0,50
|
3,16
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Chastota Ru
|
2
|
3
|
1
|
4
|
5
|
5
|
0
|
2
|
3
|
25
|
|
|
* Agar quduqlar debiti o’lchanmagan bo’lsa, ikkita qo’shni, yonma-yon joylashgan quduqlar debitining o’rtacha qiymati aniqlanadi va qavs ichiga yoziladi, masalan,
K orrelyatsiya jadvaliga debitlar miqdori yozib chiqilgandan so’ng keyingi debitlarning o’rtacha qiymati hisoblanadi, masalan:
1,317
birinchi gorizontal ustun uchun va h.k. SHunday qilib, ehtimoliy unumdorlik egri chizig’i ko’rinishini aniqlovchi oldingi va keyingi debitlar belgilanadi (18.6-rasm).
|
| |