-rasm. Ikki o’tkazuvshan qatchalarning foydali qalinligi yig’indisi xaritasini foydali qalinlik xaritasi ustiga qo’yib tuzish metodikasiga misol
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
A gar yuqorida ko’rsatilgan shartlardan bittasiga rioya qilinmaganda ham, kollektorlar hajmlarini har qaysi qatlam (qatcha) bo’yicha alohida hisoblash kerak. Gorizont (qatlam) tarkibidagi kollektorlar hajmlarini alohidaalohida hisoblanganda, qatlamlarning neftgazliligini, quduqlarning mahsuldorligini, suvneftli va gaz-neftli chegaralarning mutlaq balandliligini aniqlash maqsadida, sinash ishlarini rejalashtirishga diqqat bilan yondoshish zarur. Bunday hollarda uyumning turli qismlaridagi suv-neft tutash yuzasi zonasining mutlaq balandligini aniqlash maqsadida sinov ishlarini sinchkovlik bilan Jinslarni fatsial o’rin almashinishida, nochiziqli interpolyatsiyani qo’llash zarur. Umuman olganda, qatlamning tuzilishida qatlamning qiyiqlanishi bilan bog’liq bo’lgan linzasimonlik ustun bo’lsa, kollektorlarning tarqalish chegaralarini aniqlashda chiziqli interpolyatsiyadan foydalanish kerak bo’ladi. Qatlamlarning o’ziga xos geoelektrik tafsilotlaridan foydalanib, kollektorlarni tarqalish chegaralari holatini aniqlash mumkin. Bu usul kollektorlarning potentsial qarshiligi (PS)ni nisbiy anomaliyasi (APQ), g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi oralig’idagi korrelyatsion bog’liqlikka asoslanadi. Qatlam qarshiligi anomaliyasi PS litologik tarkibining doimiyligi va eng qulay kollektorlik xususiyatlari bilan tavsiflanuvchi reper gorizontning mutlaq anomaliyasining nisbati bilan ifodalanadi. Masalan, Rossiyaning Kumaoldi neft-gaz hududidagi quyi bo’r yotqiziqlarining g’ovakliligi 12% dan kam va o’tkazuvchanligi 1,0210-15 m2 bo’lganda kollektorlik xususiyatlarini yo’qotadi va shu qiymatlarga mos ravishda nisbiy anomaliya (APQ) 0,5 ni tashkil qiladi. SHunga ko’ra, o’rganilayotgan qatlam o’tkazmaydigan jinslar bilan litologik o’rin almashinganda nisbiy anomaliya PS qiymati 0,5 dan kam, kollektorlar tarqalgan zonada esa 0,5 dan ko’p ekan. Quduqlar orasidagi APQ parametr qiymatini interpolyatsiya qilaturib, ulardan bittasida bu qiymat 0,5 dan ortiq (qatlam kollektor bo’lganda), ikkinchisida esa bu qiymat 0,5 dan kam (kollektorlar fatsial almashinganda) ekanligi topiladi, ulardan foydalanib APQ=0,5 qiymatli nuqtani topish mumkin; bu nuqta ko’rilayotgan burg’ quduqlar orasidagi kollektorlarning tarqalish chegarasi holatini aniqlaydi. Demak, kollektorlarning tarqalish chegarasi parametr qiymati APQ=0,5 bo’lgan nuqtadan o’tishi haqqoniy bo’ladi, chunki bu nuqtaning holati qatlamning kollektorlik xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan geoelektrik tafsilotlarining o’zgarishini hisobga olib aniqlangandir. Yuqorida bayon etilgan metod karbonatsiz terrigen jinslardan tarkib topgan qatlamlar uchun qo’llanganda eng yaxshi natijalar beradi; bu qatlamlarda nisbiy qarshilik anomaliyasi va kollektorlik xususiyatlari orasidagi bog’liqlik eng aniq namoyon bo’ladi. Karbonatliligi yuqori yoki darzli kollektorlarda bu metodikadan foydalanib bo’lmaydi, chunki bu qatlamlarning salbiy qarshilik PS anomaliyasi jinslarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlovchi miqdoriy o’lchovi (mezoni) bo’laolmaydi. Agar kollektor qalinligining o’zgarishida qonuniylik aniqlangan bo’lsa, unda qalinlik qiymati o’zgarishi ma’lumotlaridan foydalanib, interpolyatsiyani qonuniylik aniqlangan uchastkadan boshlash kerak. Bu usul, ya’ni qalinlik o’zgarishidagi qonuniylikni hisobga olib interpolyatsiya qilish eng ishonchli hisoblanadi. Qalinlik o’zgarishi qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar yo’qligida maydonni razvedka qilinganlik darajasini hisobga olish kerak. Uni razvedka qilish bosqichida (hattoki maydonni razvedka qilishning yakuniy bosqichida) faqat nochiziqli interpolyatsiyani qo’llash kerak. Razvedka ishlari tamom bo’lgandan so’ng (ishlatish quduqlarini burg’ilash bosqichida) chiziqli interpolyatsiyani (nolga) yoki maydon bo’ylab qatlamning kollektorlik xususiyatlarini o’zgarish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar bo’yicha interpolyatsiyani o’tkazish kerak. Jinslar fatsial o’zgaruvchan bo’lganda va kollektorlar kollektor bo’lmagan jinslar bilan fatsial almashinganda (18.3rasm), yuqorida ko’rsatilganidek, nochiziqli interpolyatsiyani o’tkazish kerak. Agar jinslar nisbatan fatsial va o’zgaruvchan qatlam aralash-quralash tuzilishga ega bo’lsa (kollektorlar joylashishiga nisbatan) u holda litologik xarita tuziladi. Bu holda har qaysi quduq ma’lumotlari bo’yicha kollektorning joylashish chegarasi o’tkaziladi, bunda kollektor qalinligi qo’shni quduqqacha bo’lgan masofaning yarmisigacha ekstrapolyatsiya qilinadi yoki qatlam qalinligining o’zgarish gradienti hisobga olinadi. Natijada ushbu quduq atrofidagi yoki bir necha quduqlar guruhi atrofidagi kollektorning tarqalishini ifodalovchi lokal maydonlar chegaralanadi. Har qaysi bunday maydon uchun o’rtacha arifmetik qalinlik aniqlanadi (agar uchastka o’lchamlari katta bo’lsa, u holda bunday maydon uchun izopaxit xaritasi tuziladi va ushbu uchastka maydoni bo’yicha kollektor qalinligi o’rtacha qiymati aniqlanadi). Maydon yuzasi qiymatini o’rtacha qalinlikka ko’paytmasi ushbu uchastkadagi qatlam hajmini aniqlashga imkon beradi. Ayrim uchastkalar hajmlarining yig’indisi litologik xaritada qayd qilingan qatlamning to’liq hajmini ifodalaydi.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa -rasm. Ikki o’tkazuvshan qatchalarning foydali qalinligi yig’indisi xaritasini foydali qalinlik xaritasi ustiga qo’yib tuzish metodikasiga misol
|