Dastlabki ma’lumotlarni aniqlash metodikasi va tavsiflari




Download 11,69 Mb.
bet216/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Dastlabki ma’lumotlarni aniqlash metodikasi va tavsiflari


Neftli maydon yuzasi (F) qazilgan burg’ quduqlar va ularni sinash ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Neft zaxiralarini hisoblashda mahsuldor maydon hisoblash planlarida o’lchanadi.
Hisoblash plani konning o’lchamlariga ko’ra 1:5000 dan 1:50000 gacha masshtablarda tuzilgan, mahsuldor gorizontning ustki qismi bo’yicha chizilgan struktura xaritasidir. Bu xaritada hisoblash sanasiga qazilgan barcha burg’ quduqlarni sinash natijalari shartli belgilar bilan ifodalanadi. Planda quyidagilar ko’rsatiladi:

  1. suvsiz neft yoki gaz bergan burg’ quduq belgisi yonida kasr suratida neft yoki gazning boshlang’ich o’rtacha sutkalik debiti, suv paydo bo’lgan hollarda uning paydo bo’lgan kuni va shu sanaga foizlarda uning miqdori ko’rsatiladi; mahrajida joriy sutkalik o’rtacha debiti va hisoblash sanasi (kuni)ga foizlarda suvning miqdori ko’rsatiladi;

  2. neft yoki suvli gaz bergan burg’ quduq belgisi yonida kasr suratida neft yoki gazning boshlang’ich o’rtacha sutkalik debiti va foizlarda suvning miqdori ko’rsatiladi, mahrajida joriy o’rtacha sutkalik debit va hisoblash sanasiga suvning miqdori foizlarda ko’rsatiladi;

v) suv yoki gaz bergan quduqlar;
g) sinalganda neft pardasi bilan suv bergan quduqlar;

  1. burg’ilash jarayonida neft yoki gaz oqimini uchratgan quduqlar;

  2. sinalgan, lekin karotaj diagrammasi bo’yicha neft-gazlilikka ijobiy belgilari

mavjud quduqlar.
Mahsuldor maydon o’lchamlarini aniqlash uchun quduqni sinash dalillarini sinchkovlik bilan tahlil qilish, olingan natijalarni quvurlar birikmasini teshish oraliqlari, kernni o’rganish ma’lumotlari va quduqlarda kon-geofizik tadqiqotlar materiallari (elektr va radioaktiv karotaj, yonlama zondlash karotaji va b.), quduq
konstruktsiyasining texnik tavsifi va h.k.lar bilan taqqoslash zarur bo’ladi.
Neftlilik va mahsuldor maydonlar chegaralarini aniqlashda suv-neft tutash yuza xaritasidan foydalanish kerak.
Neftga to’yingan qatlam qalinligi (h)  odatda qatlamning og’ish burchagiga tuzatish kiritmasdan, qatlamning vertikal qalinligi aniqlanadi (chunki qatlam hajmini hisoblaganda odatda maydonning gorizontal tekislikka proektsiyasining vertikal qalinlikka ko’paytmasi olinadi).
Neftga to’yingan qalinlikni to’g’ri aniqlash muhim masala hisoblanadi. Buning uchun kernni tahlil qilish, elektr va radioaktiv karotaj ma’lumotlaridan hamda suvneft tutash yuzasi va neftga to’yingan foydali qalinlik chegaralarini o’rnatish imkonini beruvchi quduqni sinash materiallaridan foydalaniladi. Ayniqsa karbonat jinslarda neftga to’yingan qalinlikni aniqlash murakkabdir. Bu holda ushbu qiymatni aniqlashda tadqiqotlar majmui (kernlarni o’rganish, elektr va radioaktiv karotaj, mexanik karotaj)dan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Neftga to’yingan qalinlikning pastki chegarasini aniqlash oraliq zonaning mavjudligi bilan murakkablashadi; odatda oraliq zona o’tkazuvchan kollektorlarda 0,3 m gacha, yomon o’tkazuvchan kollektorlarda 8 m va undan ko’pni tashkil etadi.
Qatlamning neftga to’yingan qalinligini alohida burg’ilangan quduqlar bo’yicha to’g’riroq aniqlash uchun yonlama elektr zondlash ma’lumotlaridan foydalanish kerak.
Agar kollektor birin-ketin almashinuvchi yupqa qumtosh, qum, gil va h.k. qatlamchalardan tashkil topgan bo’lsa, mavjud kern materiallari bo’yicha qatlamning haqiqiy qalinligini aniqlash qiyin kechadi, chunki kernning chiqishi o’zgaruvchan bo’lib, odatda 50-60% dan oshmaydi.
Neft bilan to’yingan qalinlikning haqiqiy qiymatini aniqlashda kuzatuvlar majmuasidan (kernni o’rganish, quduqni sinash, elektr va radioaktiv karotaj) hamda quduqning texnik ma’lumotlaridan (quduq tubi holati, teshiklarni otish oraliqlari va b.) foydalaniladi.
Qatlamning o’rtacha neftga to’yingan foydali qalinligi turli usullar: o’rtacha arifmetik qiymat yoki maydon bo’yicha o’rtacha me’yordagi kattalik bilan hisoblanishi mumkin.
Odatda qazilgan quduqlar soni juda kam va bu quduqlar bo’yicha aniqlangan qalinliklar qiymati bir-biridan anchagina farqlansa, u holda o’rtacha arifmetik qiymat hisoblanadi. Agar qazilgan quduqlar soni ko’p bo’lib, ularda qatlam qalinligi bir tekis o’zgarsa, u holda o’rtacha qalinlik izopaxit xaritasini tuzish va shu asosda maydon birligiga mos keluvchi o’rtacha me’yordagi qalinlikni hisoblash mumkin:

h  h1f1  h2f2 ... hnfn , (18.3) f1 f2 ...fn


bunda f1, f2..., fn  qo’shni izopaxitlar bilan chegaralangan qatlamning ayrim uchastkalarining maydoni, m2; h1, h2, ..., hn  ko’rsatilgan uchastkalarga mos keluvchi va ikki qo’shni izopaxitlar orasidagi o’rtacha qiymat tarzida aniqlanadigan o’rtacha izopaxitlar, m.

Download 11,69 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dastlabki ma’lumotlarni aniqlash metodikasi va tavsiflari

Download 11,69 Mb.