|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 217/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiQatlamning mahsuldor qismining hajmi (Fh) eng muhim parametr hisoblanadi. Uyumning hajmini to’g’ri aniqlash uchun neft va gazi bor bo’lgan kollektorlarning tarqalish chegaralarining ishonchli aniqlanishi zarur; bu vazifa ayniqsa har xil
litologik tarkibli qatlamlar bilan bog’liq uyumlar uchun murakkabdir.
Mahsuldor qatlam hajmini aniqlash arifmetik usulda, izopaxit xaritalar va litologik xaritalardan foydalanib hamda umum-statistik kesim tuzish yo’li bilan bajariladi.
Qatlam hajmini arifmetik usul bilan aniqlash eng oddiy usul bo’lib, tuzilish shakli oddiy, jinslarning fatsial tarkibi ma’lum darajada bir xil va qalinligi deyarli o’zgaruvchan bo’lmagan monolit qatlamlar uchun qo’llaniladi. Uning mohiyati shundayki, bunda qatlamni neftga to’yingan foydali qalinligining o’rtacha qiymati quduqlar bo’yicha aniqlanadi va bu o’rtacha qiymatni quduqlar joylashgan plandagi qatlam proektsiyasi maydoniga ko’paytiriladi.
Qatlam quduqlar bilan etarli darajada qazilganda mahsuldor hajmni aniqlash uchun izopaxit xaritalaridan foydalanish kerak. Izopaxit xaritalarini oddiy usul bilan tuzish tarkibi va tuzilishi har xil qatlamlarning borligi bilan metodik jihatdan murakkablashadi. Bunday hollarda qo’shni burg’ quduqlar orasidagi kollektorlarning tarqalish chegaralarini belgilash usuli qanday kechadi, degan savol paydo bo’ladi. Bu chegaralar turli metodlar: qo’shni quduqlar orasidagi qalinlik qiymatini oddiy interpolyatsiya qilib, keyinchalik izopaxit xaritalarini tuzish yo’li bilan; kongeofizika ma’lumotlari bo’yicha qatlamning kollektorlik xususiyatlari va potentsial qarshilik (PS) anomaliyasi orasidagi korrelyatsion bog’liqlik asosida qatlamning geoelektrik tavsifidan foydalanish yo’li bilan; qatlam qalinligi qiymatining o’zgarish qonuniyatidan foydalanish yo’li bilan o’tkaziladi.
Izopaxit xaritalarini tuzish uchun qalinlik qiymatini oddiy interpolyatsiya qilish qo’llanilganda interpolyatsiyaning ikkita usulidan foydalaniladi: chiziqli va nochiziqli (18.1rasm).
Chiziqli interpolyatsiyada izopaxitlar qiymati quduqlarni joylashish nuqtalari orasida bir tekisda interpolyatsiya qilinadi (hattoki ikkinchi qo’shni quduqda qalinlik nol bo’lganda ham).
Nochiziqli interpolyatsiyada (ikkinchi qo’shni quduqda qalinlik nol bo’lganda) nol 18.1-rasm. Quduqlar oralig’idagi izopaxit shartli ravishda quduqlar oralig’ining qatlam qalinligi qiymatini o’rtasi qabul qilinadi va qalinlik interpolyatsiyalashga misollar: 1 – interpolyatsiyasi shu joydan o’tkaziladi shiziqli; 2 – shiziqsiz (o’rtasiga interpolyatsiya qilish).
Aytaylik, burg’ quduqlar orasida shunday A nuqtani qabul qildik (18.1rasmga qarang); bu nuqtada qalinligi N ga teng bo’lgan (birinchi quduqda) qatlam qiyiqlanadi. Chiziqli interpolyatsiyada qatcha kesimining maydoni quyidagicha aniqlanadi:
H
S1 (l1 l2 ) ,
2
nochiziqli interpolyatsiyada esa,
H
S1 l1 .
2
Bu kesimlar maydoni orasidagi farq
H H H
S1 S2 (l1 l2 ) l1 l2 ,
2 2 2
chiziqli interpolyatsiyada qatcha kesimi maydonining ortganligi aniqlanadi. Ko’rsatilgan maydonlarning nisbati quyidagicha:
S1 1 l2 .
S2 l1
Shunday qilib, chiziqli interpolyatsiyada maydonning orttirilganligi asosan qatchalar tarqalgan uchastkaning cho’ziqlik nisbati bilan aniqlanadi. Quduqdagi mahsuldor qatchaning qalinligi qancha katta bo’lsa, uning shu quduqdan yaqinroqda qiyiqlanishi sodir bo’lsa va foydali qalinlik interpolyatsiya qilinayotgan quduqlar orasidagi masofa qanchalik katta bo’lsa, maydonning orttirilganligi va demak, uyum hajmining orttirilganligidan darak beradi.
Ma’lum darajada bir xil tarkibli yaxlit qatlam uchun neft va gazga to’yingan hajmning izopaxit xaritasi bo’yicha hisoblash quyidagi formula bo’yicha olib boriladi:
V f1h1 f2h2 ...fnhn , (18.4)
bunda V qatlam hajmi, m3; f1, f2, ..., fn ikkita qo’shni izopaxitlar orasidagi uchastkalar maydoni, m2; h1, h2, ..., hn qo’shni izopaxitlar yig’indisining yarmi sifatida aniqlanadigan neft yoki gaz bilan to’yingan o’rtacha qalinlik, m.
Gorizontni qatlamlarga yoki qatlamni qatchalarga ajratganda kollektorlar hajmini alohida qatchalar bo’yicha qalinlikni chiziqli interpolyatsiyalash asosida, ularni tashkil qiluvchi o’tkazuvchan qatlam yoki qatchalarning qalinligi yig’indisini izopaxit xaritalar bo’yicha o’tkazish kerak (18.2rasm).
Alohida izopaxitlarni qatlamlar (qatchalar) bo’yicha bir-birini ustiga qo’yish mumkin, agar:
bu qatlam (qatcha)lar bir xil kollektorlik xususiyatlariga ega bo’lsa;
qatlam (qatcha)lardan biri qalinligi bo’yicha o’tkazmaydigan jinslar bilan fatsial o’rin almashinmasa va qatlam (qatcha)lar uyumning barcha maydoni bo’ylab tarqalgan bo’lsa;
v) qatlam (qatcha)lar o’zida umumiy suv-neftli tutash yuzasi yagona uyumga ega bo’lsa.
|
| |