oralig’i interpolyatsiya qilinadi.
Kollektorlarning neft va gazga to’yingan foydali qalinligini ajratishda kern va geofizika materiallarini muvofiqlashtirish kerak. Bunday muvofiqlashtirish kollektor turini va quduqlar bo’yicha foydali qatlam qalinligini aniqlash hamda bu qatlamdagi qalinlikdan gilli va suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar qalinligini hisobga olmaslik imkonini beradi.
Karbonatli kollektorlarning neftga to’yingan qismining hajmini aniqlash eng murakkab masalalardan hisoblanadi. Hozir mavjud metodlar karbonat kollektorlarda lokal tarqalgan g’ovakli uchastkalarni etarli darajada to’g’ri aniqlanishini ta’minlamaydi, shuning uchun bu maqsadda maxsus izlanishlar o’tkazilishi lozim. Masalan, Ishimboy neft hududidagi rif massivlarining foydali hajmini (ya’ni, neft bor bo’lgan qatlam hajmini) aniqlash uchun kern namunalarini o’rganish ma’lumotlariga asoslanib quduq kesimida g’ovakli va g’ovakli bo’lmagan oraliqlarning o’zaro nisbati (foizda) o’rganilgan.
I.Azamatov va N.M.Svixnushinlar kondagi 20 ta maydonlar bo’yicha jinslarning mahsuldor hajmlarini solishtirish yo’li bilan hisoblab chiqdilar. Unga ko’ra agar litologik xarita usuli bo’yicha hajm hisobini 100% deb qabul qilinsa, u holda o’rtacha arifmetik usulda hisoblangan hajm alohida olingan maydonlar bo’yicha 92-134% ni, chiziqli interpolyatsiyada 84-102% ni, nochiziqli interpolyatsiyada 73-93% ni tashkil qiladi.
SHunday qilib, o’rtacha arifmetik usul bilan hisoblangan hajm qiymati litologik xaritalar yordamida hisoblanganidan 8-34% ga farq qiladi; nochiziqli interpolyatsiyada esa hajm qiymati 7-27% ga, chiziqli interpolyatsiyada 2-16% ga pasayadi.
V.I. Azamatov va V.A.Badyanovlar mahsuldor jinslarning hajmini hisoblashda umumiy-statistik kesimlar tuzish metodini taklif qildilar. Metodning mohiyati quyidagicha: to’g’ri burchakli koordinatalar tizimida ordinata o’qi quduqning mahsuldor qismining chuqurligiga to’g’ri keladi. Abstsess o’qi bo’yicha esa quduqlar soni (foizlarda) qo’yiladi; ularda quduq kesimida joylashgan mahsuldor oraliqlar konditsion (neftga to’yingan) kollektordan iborat bo’ladi.
Umumiy-statistik kesimni tuzishda ordinatalar o’qiga hajmi hisoblanayotgan mahsuldor gorizontning tanlangan qalinligi odatda 1:200 masshtabda qo’yiladi. Mahsuldor qatlamning qalinligi (N) ixtiyoriy olingan teng oraliqlar (b) bo’yicha tanlanadi. SHu oraliqlar bo’yicha quduqlar soni qiymati (n) belgilanib, ular egri chiziq bilan tutashtiriladi. Natijada mahsuldor gorizontning qalinligi bo’yicha kollektorlarning nisbiy miqdorining taqsimlanishini differentsial egri chizig’i yoki umumiy-statistik kesimi tuziladi (18.4rasm).
Tuzilgan egri chiziq bo’yicha har qaysi oraliq uchun konditsion (neftga to’yingan) kollektorlar qalinligining o’rtacha qiymati (h
o’r) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bn 100
h
ur , (18.5)
bunda b oraliq qalinligi, m; n quduqlar soni, kesimdagi oraliq neftga
to’yingan kollektor sifatida qaraladi, %. Barcha oraliqlar yig’indisi (H):
H bn1 bn1002 ... bni 100b 1i ni . (18.6)
Va nihoyat, neftlilik chegarasida mahsuldor maydon yuzasi (F)ni o’lchab, mahsuldor hajm aniqlanadi:
i
ni
V Fb . (18.7)
Bunday umumiy-statistik kesimni qumtosh va alevrolitlar uchun alohida-alohida tuzish kerak.
18.5rasmda tanlangan maydonda mavjud turli tipdagi kollektorlar hajmlarini solishtirma (qiyosiy) hisoblashga misol keltirilgan. Olingan natijalar tahlili kollektorlar hajmlarining eng aniq qiymatlari umumiy-statistik kesim bo’yicha hisoblanganda olinganligini ko’rsatdi.
Bajarilgan hisob-kitob ishlari kollektorlar hajmlarini hisoblashda quyidagi tavsiyanomalarga amal qilishni taqazo etadi:
To’liq burg’ilangan maydonlar uchun deyarli bir xil natijalar beruvchi litologik xaritalardan, chiziqli interpolyatsiyali izopaxit xaritasidan, o’rtacha arifmetik metoddan va umumiy-statistik kesimdan foydalanish mumkin. SHu metodlarning har birini qo’llash mumkin.
Kam burg’ilangan maydonlar uchun:
quduqlar bir me’yorda joylashganda agar qatlamlar qiyiqlansa chiziqli
interpolyatsiyali izopaxit xaritasidan, agar qatlam qalinligi keskin o’zgarsa, u holda o’rtacha arifmetik metoddan yoki umumiy-statistik kesim metodidan foydalanish mumkin.
quduqlar notekis joylashgan bo’lsa va qatlam qalinligi keskin o’zgarsa,
o’rtacha arifmetik metoddan va chiziqsiz interpolyatsiyali izopaxit xaritalaridan, jinslar o’zaro o’rin almashingan hollarda esa, litologik xaritadan foydalanish maqsadga muvofiq.