• VR = 1,033 Т + tk z = 0,00351 Т + tk ; р T + t st р
  • «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




    Download 11,69 Mb.
    bet227/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    18.3. MODDIY BALANS METODI


    Moddiy balans metodi uyumni ishlatishda bosimning o’zgarishiga bog’liq holda qatlamdagi suyuqlik va gazning fizik parametrlarining o’zgarishini o’rganishga asoslangan. Suyuqlik (neft, suv) va gazni qatlamdan chiqarib olish jarayonida undagi qatlam bosimining o’zgarishi hisobiga neft, suv va gazlarning uzluksiz qayta taqsimlanishi (joylashishi) sodir bo’ladi.
    Neft, gaz va suvlarning qatlam chegarasida qayta taqsimlanishidan yuzaga keladigan o’zgarishlar va ular bilan bog’liq holda gaz va neftning fizik holatlarining o’zgarishi neft zaxiralarini moddiy balans tenglamasi bo’yicha hisoblashda foydalaniladi.
    Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida qatlamda mavjud bo’lgan muvozanat keyinchalik buziladi, bu jarayon qatlamda sezilarli fatsial o’zgarishlar bo’lganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu hol qatlam bosimining o’rtacha qiymatini va uning tenglamasi, koeffitsientlarini aniqlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun moddiy balans metodini qo’llaganda hisoblash sanasiga izobaralar xaritasi tuziladi, so’ngra u bo’yicha maydon bo’ylab (yoki qatlam hajmi bo’yicha) qatlam bosimining o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi. Qatlam bosimiga bog’liq bo’lgan barcha parametrlarni aniqlashda ushbu o’rtacha qatlam bosimi boshlang’ich ma’lumotlar vazifasini o’taydi.
    Ma’lumki, qatlam bosimining taqsimlanishida yuzaga keladigan farq katta bo’lsa, o’rtacha qatlam bosimini hisoblashdagi aniqlik past bo’ladi, shunga ko’ra ayrim parametrlarning hisoblangan qiymati ham noaniq bo’ladi.
    Moddiy balans metodining qo’llanilishi uyumni ishlatishning boshidanoq qatlamni sinchkovlik bilan o’rganishni talab qiladi. Buning uchun quduqda chuqurlik manometrlari bilan qatlam bosimini muntazam o’lchash, neft, gaz va suvlardan ishonchli namunalar olib borish, kern va chuqurlikdan olingan neft namunalarini mufassal tekshirish kerak.
    Kondagibarcha geologik tadqiqotlar muntazam ravishda va katta aniqlikda olib borilishi kerak. Moddiy balans tenglamasini chiqarish zaminda bo’lgan uglevodorodlarning birlamchi hajmi bilan qazib olingan va zaminda qolgan uglevodorodlar orasidagi balansni o’rganishga yoki neft, suv va gazlarni qazib olish jarayonida qatlamda bo’shagan g’ovaklar hajmini aniqlashga asoslangan. SHunga ko’ra moddiy balans tenglamasi ikki holat uchun tuziladi: 1) materiyaning saqlanishiga (ya’ni, og’irlik yoki hajm birliklarida ifodalangan qazib olingan va zaminda qolgan uglevodorodlar yig’indisi doimiyligiga) yoki 2) dastlab neft va gaz bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmining doimiyligiga suyanish mumkin.
    Formulani yozishda hisoblash ishlarini soddalashtirish maqsadida jinslar va flyuidlarning qayishqoqlik va taranglik xususiyatlari hisobga olinmaydi, chunki ularning qiymatlari o’zida neft va gaz saqlaydigan tabiiy kollektorning umumiy energetik balansiga nisbatan juda kichik qiymatga egadir.
    Moddiy balans metodi qo’llanganda qatlamning holati, ya’ni suyuqlik, gaz chiqarish va qatlam bosimining pasayish dinamikasi o’rganiladi. Yuqorida qay qilinganidek, zaxiralarni hisoblashda ushbu o’rtacha qatlam bosimi uchun aniqlangan ayrim o’rtacha parametrlardan foydalaniladi.
    Moddiy balans tenglamasida quyidagi belgilar qabul qilingan:
    Q0  standart sharoitdagi neftning balans boshlang’ich zaxirasi (hajm birligida); QN  balans tenglamasi tuzilayotgan vaqtgacha olingan neft hajmi;
    r  ctandart sharoitlarda o’lchangan, o’rtacha qatlam bosimida r (balans tenglamasi tuzilgan sanada) bir hajm birligidagi neftda erigan gaz hajmining miqdori;
    r0  standart sharoitlarda o’lchangan, o’rtacha boshlang’ich qatlam bosimida r0,
    bir hajm birligidagi neftda erigan gaz hajmining miqdori; b  hisoblash sanasiga qatlamdagi bir fazali neftning hajmiy koeffitsienti
    (hisoblash sanasiga r bosimidagi neftda r hajmli gaz eriganda); b0  uyumdan foydalanishgacha bo’lgan qatlamdagi bir fazali neftining hajmiy
    koeffitsienti (r0 boshlang’ich bosimdagi neftda r0 hajmli gaz eriganda);
    VR  hisoblash sanasiga r bosimdagi qatlam gazining hajmiy koeffitsienti

    VR = 1,033 Т + tk z = 0,00351 Т + tk ; р T + tst р


    V0  dastlabki sanaga r0 bosimida qatlam gazini hajmiy koeffitsienti; rR  ctandart sharoitlarda, QN hajmda olingan neftning (ya’ni bosimning r0 dan r
    gacha pasayish davrida) o’rtacha gaz omili. Bu miqdor hisoblash sanasigacha olingan gaz jamg’armasini olingan neft jamg’armasiga nisbati orqali aniqlanadi;
    Qg  standart sharoitlarda gaz qalpog’idagi dastlabki ozod gaz zaxiralari (hajm birligida);
      gaz qalpog’idagi gazli qatlam hajmining (qatlam sharoitida) tarkibida erigan gaz bo’lgan (qatlam sharoitida) neftli qatlam hajmiga nisbati. Qatlam qalinligi o’zgarmas bo’lganda bu nisbat gazlilik chegarasi bilan cheklangan maydonni gazlilik va neftlilik chegaralari oralig’ida joylashgan maydonga nisbati orqali topiladi:
    QgV0
    δ  , (18.23)
    Q0b0
    bundan quyidagini yozish mumkin

    QгV0 δQ0b0 (18.24) va δQ0b0 ; (18.25)
    Qг
    V0 W  standart sharoitlarda o’lchangan bosimning qiymati r0 dan r gacha pasayganda qatlamga oqib kirgan suv miqdori (hajm birligida);
      standart sharoitlarda o’lchangan bosimning qiymati r0 dan r gacha pasayganda qazib olingan suv miqdori (hajm birliklarida); b1 – bosim r0 dan r gacha pasayganda neft hajmidan tutash yuza metodi bilan foydalanilganda uning hajmining o’zgarishini hisobga oluvchi, ikki fazali qatlam nefti va gazi aralashmasining hajmiy koeffitsienti. Bu holda bosim r0 dan r gacha pasayganda neftdan r0-r hajmdagi gaz ajralib chiqadi; ajralib chiqqan gaz neft bilan tutash bo’lib, (r0-r)VP hajmni egallaydi; unda ikki fazali aralashmaning koeffitsienti quyidagi ifodaga ega bo’ladi:
    b1=b+(r0-r)VP , (18.26) b=b1-r0V0+rVP . (18.27)
    Qatlam neftining aniqlangan hajmiy koeffitsientlarining tahlili b koeffitsientini qatlam bosimining o’zgarishiga to’g’ri proportsional holda o’zgarishini, b1 koeffitsientini esa, teskari proportsional holda o’zgarishini (gaz fazasini borligi natijasida) ko’rsatdi, ya’ni uning qiymati bosim ortishi bilan kamayadi va bosim kamayishi bilan ortadi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

    Download 11,69 Mb.